1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja


Tahlil etish usullarini ham quydagilarga bo„lib o„rganishimiz mumkin


Download 288.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana16.06.2023
Hajmi288.11 Kb.
#1488696
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1 мавзу

Tahlil etish usullarini ham quydagilarga bo„lib o„rganishimiz mumkin


Guruhlash usuli korxonalarni faoliyatiga baho berishda keng foydalaniladi. 
Gruhalashning mezoni keng qamrovli bo„lib, ularga faoliyat turi, ishlab chiqargan mahsulotlar 
hajmi, ishchilar soni, joylashgan hududi texnologik darajasini olishimiz mumkin, ya'ni 
o„rganilayotgan ob‟ektni taluqli belgilari bo„yicha sifat jihatdan bir xil bo„lgan guruhchalarga 
ajratish tushiniladi. Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtai nazardan guruhlashlar 
tipologik, strukturali va analitik turlarga bo„linadi. 
Tipologik guruhlash deganda to„plamni sifat jihatdan bir xil bo„lgan guruhlarga ajratish 
tushiniladi. 
Strukturali guruhlash deganda ko„rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini 
o„zaro nisbatlarini o„rganish maqsadida guruhlarga ajratish tushiniladi. 
Analitik guruhlash deganda esa ko„rsatkichlar orasidagi bog„lanishlarni o„rganish 
maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlar tushiniladi. Analitik guruhlash asoslanadigan 
belgilar harakteriga ko„ra, guruhlashlar sifat (belgi miqdoriy ifodaga ega bo„lmaganda) va 
miqdoriy bo„lishi mumkin. 
Tuzilishining murakkabligi jihatdan guruhlashlar ikki turga bo„linadi: oddiy guruhlashlar
va kombinatsiyali guruhlashlar. 
Bitta belgi bo„yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. 
Agar guruhlashlar dastavval bitta belgi bo„yicha amalga oshirilsa so„ngra bu guruh 
ichida boshqa bir belgisi bo„yicha yana boshqa guruh xosil kilinsa bunday guruhlash
kombinatsiyali guruhlash deyiladi. 
Taqqoslash usuli- korxonalarni samaradorligini aniqlashda juda keng qo„llanilib uning
asosiy mezoni bo„lib, iqtisodiy ko„rsatkichlar xizmat qiladi. Ya'ni, ishlab chiqarilgan mahsulot, 
qilingan harajat (kapital sarfi), olingan umumiy foyda, rentabellik darajasi va boshqa 
ko„rsatkichlardan foydalaniladi. 

Download 288.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling