1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja


Download 288.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi288.11 Kb.
#1488696
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1 мавзу

 
 
Yuqoridagilardan kelib chiqib fanni o„rganishni quyidagi usullarini keltirib o„tamiz. 

Aniq usullar 

Tahlil etish usullari 
Aniq usullarni quydagilarga bo„lib o„rganamiz: 
Balans usuli- asosan o„zaro bog„langan va tenglashtirilgan hamda jami o„zaro teng 
bo„lgan ikki guruh iqtisodiy ko„rsatkichlarining proportsiyalarini aks ettirishga xizmat qiladi.
Bu usul buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan bo„lib, iqtisodiy tahlil 
jarayonida ham ma'lum rol uynaydi. 
Balans usuli korxonani mehnat va moliyaviy resurslar, xomashyo, yokilg„i, materiallar, 
asosiy vositalar bilan ta'minlanaganligini tahlil qilishda, shuningdek ulardan foydalanish 
holatini tahlil qilishda va samarali foydalanish yo„nalishlarini belgilashda foydalaniladi.
O„rganiladigan ko„rsatkichlar orasida funktsional bog„lanishlar mavjud bo„lgan hollarda ham 
qo„llaniladi, korxonalarni moliyaviy holati, mulki, majburiyatlari kabi ko„rsatkichlarni 
o„rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda bir qator balanslardan (material balans, 
bugalteriya balansi, mehnat resurslari balans iva boshqalardan) foydalanadi. 
Normativ usul – tadbirkorlik sub‟ektlari va barcha turdagi korxonalarni boshqarishda 
ilmiy jihatdan asoslangan me'yorlardan foydalanishdir. Normalar o„z navbatida material, mehnat, 
ish haqi, ish vaqti, yoqilg„i va energiya sarfi bo„yicha bo„lishi mumkin. Shuni esda tutmoq 
lozimki, norma va normativlar har doim, ularni doimo ishlab chiqarishda erishilgan yutuq va 
ilg„or tajribalarga asoslangan holda qayta ko„rib boriladi. 
Maqsadli programmalashgan usul- korxonalarni rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan 
bir qator muammolarni zarur dasturlar asosida hal etilishiga asoslanadi. Bu esa o„z navbatida 
yuqoridagi usul mohiyatini anglatadi.
Iqtisodiy-matematik usullar kichik va o„rta biznes sub‟ektlari muammolarini modellarda 
ifodalanishida namoyon bo„ladi. Yuqoridagi modellarning bir qator ko„rinishlari mavjud: 
korxonalarni rivojlanishining asosiy yo„nalishlarini ifodalovchi modellar; 
korxonalarning sohalar bo„yicha modellari
korxonalarning rivojlanishining hududlararo modellari; 
korxonalarni iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatini jadallashtirish modellari va hokazo. 
Zamonaviy kompyuterlar va axborot vositalariga tayangan holda iqtisodiy-matematik 
usuldan foydalanish quyidagi ijobiy natijalarni berishi mumkin: 
korxonalarning samarali yo„nalishi va sohalarini aniqlash; 
yuqori foyda beruvchi sohalarni aniqlash
mahsulotlar assortimentini shakllantirish; 
imkoniyatli hamkor (sherik)lar tanlash. 

Download 288.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling