1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja


Download 288.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi288.11 Kb.
#1488696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 мавзу

Korxona iqtisodiyoti - mustaqil iqtisodiy fan hisoblanadi. 
Iqtisodiyot fani xo„jalik yuritishning bayoniy nazariy, amaliy va me'yoriy masalalari bilan 
shug„ullanadigan ilmiy sohadir. Iqtisodiyot ko„p qirrali murakkab tizim, shu sababli u ikki 
mustaqil ilmiy sohani: milliy xo„jalik to„g„risidagi fan bilan korxona iqtisodiyoti to„g„risidagi 
fanni o„z ichiga oladi. 
Korxona deganda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish jamiyat talabini 
kondirish uchun foyda olish usulida tadbirkorlar yoki tadbirkorlar birlashmasi tomonidan tashkil 
qilingan mustaqil xo„jalik yurutuvchi sub‟ekti tushuniladi. 
Ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita aloqasi korxonalarda mahsulot ishlab 
chiqarish jarayonida sodir bo„ladi. Mustaqil sanoat korxonasi deganda, ishlab chiqarish texnik 
birligigaa, tashkiliy-ma'muriy va xo„jalik mustaqilligiga ega bo„lgan ishlab chiqarish bo„g„ini 


tushuniladi. Korxona o„z faoliyatini mustaqil uyushtiradi, mahsulot ishlab chiqarishni, soliq va 
boshqa majburiy to„lovlardan keyin xosil bo„lgan foydani boshqaradi. Bozor munosabatlari 
sharoitida tadbirkor xal etuvchi shaxs rolida bo„ladi. Korxona davlat ro„yxatidan o„tishi bilan 
tadbirkorlik faoliyatiga ega bo„ladi. Bunda aloxida fuqaro, haq fukarolar birlashmasi 
tadbirkorlik faoliyati sub‟ekti bo„lishi mumkin. 
Yuqorida aytib o„tilganidek, korxona faoliyatining maqsadi – aholini ijtimoiy ehtiyojni 
kondirish va foyda olish.
Taraqqiy etgan bozor munosabatlari sharoitida ikkala maqsadni oqilona birga olib borishni 
talab qiladi. Albatta, biznes – bu tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyati, ularning san'ati hamda 
foyda miqdorini oshirish, rentabellik darajasini oshirishdagi qobiliyati ekanligini tan olish kerak. 
Shu bilan birga, ochiq iqtisodiyot sharoitida biznesning rivojlanishi iste‟mol bozorini tovar va 
xizmatlar bilan to„ldirishga ko„maklashadi, iqtisodiyot tizimining tarkibiy o„zgarishlarini 
faollashtiradi, ilmiy-texnik yutuqlarni tadbiq etishni rag„batlantiradi, ishlab chiqarish 
samaradorligini har tomonlama oshirishga yordam beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib «Korxona iqtisodiyoti» fanini o„qitishdan asosiy maqsad 
ta‟lim oluvchilarga amaliy iqtisodiy bilimlarni, shuningdek mustaqil fikrlash hamda olingan 
axborotlar va mustaqil o„rganish yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari bo„yicha qaror 
qabul qilish ko„nikmalarini singdirish hisoblanadi, ya'ni mutahasislarni ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda xal qilish, korxonaning harajatlari 
va daromadlarini yuzaga kelish tartiblari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo„llari 
mavjud imkoniyatlarini topish tushuniladi. 

Download 288.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling