1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1


Download 178.61 Kb.
bet33/41
Sana16.10.2023
Hajmi178.61 Kb.
#1704715
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn-hozir.org

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet

24-Mavzu: MTTning o`rta guruhida ijodiy rivojlanish markazlarida applikatsiya ishlarini o`rganish va rejalashtirish
Reja:
1. Bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o’rgatish
2. Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish
3. Bolalar ishi­ni ko‘rib chiqish


Bu guruhda bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatamiz. Ma­salan, katta gilam yoki sabzavot mevalardan tashkil topgan vitri- nani yoki havoda, osmonda samolyotlarni tasvirlashlari mumkin. Bundan tashqari, bolalar o‘z xohishlari bo‘yicha xilma-xil appli­katsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, Onam uchun sovg‘a, tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin: fartuk, qo'lqop, shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish mumkin. Tarbiyachi bu guruhda ham xilma-xil metod va usullardan foydalanadi. Muhim bo‘lgan metodlardan biri — informatsion-retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo‘lgan predmetni har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlilni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko‘proq bolalar­ning o‘zlariga tasvirlanayotgan predmetga haqida gapirib berish, uning sifati, belgisini aniq aytib berishga, tasviriy yo‘llarini mus­taqil bilishga o‘rgatib boradi. Bolalar predmetning tasvirini tuz- ish orqali, o‘sha predmet shaklini qirqishga, uning tuzilishining to‘g‘ri tasviriga, qismlarning kattaligini to‘g‘ri berishga o‘rganib boradilar. Bu guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. Shuning uchun eng muhimi, diqqat-e’tibor qaychini uslilashga, qirqish us­ullarini ko‘rsatishga bog‘Iiq bo‘ladi. Dastlabki niashg‘ulotlarda tar­biyachi qaychi bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatib beradi (qanday ochib yopishni, qayerdan ushlashni ko‘rsatib beradi). Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychining qanday qilib harakat qilishini ko‘rsatadi. Bolalarga kvadratlar- dan doiraviy shakllar qirqishni, ularning faqat burchaklarini qir­qish kerakligini ko‘rsatish kerak va qog‘ozni qo‘lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi. Bu usulda bolalarga oq qog‘oz, so‘ng rangli qog‘oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi ta­nish bo‘lgan qirqish usullarini birorta bolani cliaqirib, bolalar uc­hun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin- Har bir harakat- ni tarbiyachi so‘z bilan tushuntirib borishi kertik. Agarda murak­kab applikatsiyani tuzish kerak bo‘lsa, tarbiyachi flanigrafdan o‘sha narsani illyustrativ rasmlarni ko‘rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan, qo‘ziqorin, uning oyoqchasi va shapkachasi bor, oyoq- chasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan. So‘ng tarbiyachi bo­lalarga savollar beradi, obrazli so'zlardan foydalanadi, qo‘l bilan shakl ko‘rinishini tasvirlovchi harakatlarni bajarishlari mumkin. Shuningdek, tarbiyachi namuna ko‘rsatishda foydalanadi. Namu- na, shuningdek, predmetning o‘zi ham topilmagan taqdirda foy­dalanish mumkin. Mashg‘ulotda eng muhim metodlardan biri yopishtirishni ko‘rsatish va tushuntirish hisoblanadi. Yopishtirish i nayonini hamma bolalarga ko‘rinadigan qilib, namoyish qilish lozim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish mumkin. Shuningdek, yopishtirish jarayonida ketma-ketlikni bolalar yaxsh- lab o‘zlashtirib olishsa, uni bolalarning o‘zlariga taklif etish mum­kin yoki ko‘rsatish o‘rniga, faqatgina og‘zaki tushuntirish bilan ki- foyalanib qolisli mumkin. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda o‘yin usulidan keng foydalanish mumkin va lozim. Chunki bu usul bola­larni mashg'ulotga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, ularni faollashtira- di. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda individual ishlash, muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiyachi bir bolaga yopishtirishni ko‘rsatsa, ikkinchisiga ni- mani davom ettirish kerakligini tushuntirib beradi. Bolalar ishi­ni ko‘rib chiqish ham muhim metod va usullardan biri bo‘lib hi­soblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko‘rib chiqish va tahlil qi­lish faqatgina barcha bolalarning ishini maqtash lozim. Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda bajarilganligi, rangning to‘g‘ri tanlanganligi va qog‘ozda to‘g‘ri joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi va bolalar­ni .ham shunga o‘rgatib boradi. Masalan, bolalar tursa yiqilmas qo‘g‘irchog‘ini ichida chiroyli, singanlari va xafalari ham borligini aytishga o£rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II yarmi­dan boshlab o‘rgatib boradi.
0‘rta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga o‘zlari ham mustaqil qirqib yopishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarning diqqati faqatgina rang va shaklga tortil- may, balki qismlarning o‘lchami va soniga ham tortiladi. Masalan, tursa yig‘ilmas qo‘g‘irchoq sharchalardan katta, o‘rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar. Murakkab topshiriqlarni bajarish jarayonida ularga material alohida beriladi. Masalan, uyni yopish­tirish. Uning devor, tom va oynaga mos bo‘lgan razmerdagi rangli qog'ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko‘rib chiqish namuna bi­lan birga olib borilishi shart emas. Namuna tahlilining o‘zi yetarli bo‘ladi. Namuna qurib chiqishda tarbiyachi bolalarning diqqati­ni uni yaxshilab qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: predmet qanday shakllardan tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar.
Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh elementlarini yo­pishtirish tartibini ko‘rsatib beradi. Bu guruhda tarbiyachi faqatgi­na ma’lum qismini ko‘rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan, uyni yopishtirishda uning tomini qirqishni ko‘rsatib beradi xolos, qolganini bolalarning o‘zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida aha- miyat qaychi bilan ishlashga beriladi. Tarbiyachi bolalarga qay­chi bilan ishlash texnikasini ko‘rsatib, tushuntiradi. Qo‘lni qaychi- ning richagini qanday harakatlantirishini o'rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni, yaxshisi 8—10 bola bilan o‘tkazgan ma’qul, chunki ularni kuzatish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkoniya- ti ko‘proq bo‘ladi.
Mashg‘ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ba­jarilgan applikatsiyani ko‘rib chiqadi: predmetga o‘xshaydimi, shakllar toza yopishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab, yaxshi ishlarga bolalarning diqqatini jalb etadi.

Download 178.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling