Nazorat uchun savollar:
1. 0‘rta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatishda tarbiyachi qanday ishlarni amalgam oshiradi?
2. Qaychini va qog‘ozni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatish usuli haqida tushuncha bering.
3. 0‘rta guruhda bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish usuli qanday?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006
25-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta guruhlarida applikatsiya ishlari
Reja:
1. Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
2. Katta guruhda bolalar o‘z ixtiyorlari bilan ham applikatsiya ishlarini bajarishlari.
3. Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslash.
Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Katta guruhlarda ko‘pincha mashg‘ulotning ma’lum bir qismini ikki va undan or- tiq bolalar bilan birga ishlaydigan jamoa ishi sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldinda turgan vazifani muhokama qiladilar, ish tartibini rejalashtiradilar, bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar. Applikatsiya mashg'uloti shartsiz ravishda bolalarda ijodiy qobi- liyatlarning o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi.
Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, o‘yin sensor tarbiyaning ta’siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari to‘g‘risida bilim va tasawurlari shakllana boradi. Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy uquvi va texnik usullari mav- jud bo‘ladi, qo‘l muskullari rivojlangan bo‘lib, qaychi bilan qila- digan harakatlari ancha aniq va ishonchli bo‘ladi, bu esa o‘z- o'zidan applikatsiyaga o‘rgatishning ancha murakkab vazifalari- m hal etishni taqozo etadi. Applikatsiya mashg‘ulotlari jarayoni- ila predmet to‘g‘risida xilma-xil ma’lumotlar berib boriladi. Bo- lular xilma-xil shakllarni atashga, kvadrat, to'rtburchakni bir-biri-
Do'stlaringiz bilan baham: |