1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet27/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Behi - olma va nokka nisbatan issiqqa ko’proq talabchan, - 27oC gacha chidaydi. Kechroq gullaganligi sababli bahorgi sovuqlardan kamroq zararlanadi.
O’rik – O’zbekistonda erta gullaydi va shuning uchun gullarini ko’pincha bahorgi sovuqlar urib ketadi. Yog’ochligi yaxshi pishgan bo’lsa, - 30oC gacha chidaydi. Issiqqa chidamli.
Shaftoli – sovuqka chidamsiz. Bir yillik novdalari va gul kurtaklari -22-26oC da nobud bo’ladi. Bahorgi sovuqlardan gullari kam zararlanadi, chunki o’rikdan kech gullaydi.
Bodom - 22-25oC sovuqqa chidaydi, ammo bu sharoitda meva kurtaklarini sovuq uradi. Tinim davri qisqa, erta gullaydi (fevral – mart boshlarida) va shuning uchun ko’pincha bahorgi sovuqlardan zararlanadi.
Jiyda - issiqqa chidamli-30oC va undan ham past haroratga chiday oladi.
Olxo’ri - sovuqqa chidamli, - 30oC dan past haroratga ham chiday oladi. Yevropa olxo’rilari sovuqqa chidamsiz. Kech gullaydi va bahorgi sovuqlardan kam zararlanadi.
Olcha – issiqlik omiliga nisbatan ancha plastik o’simlik. Yozgi jazrima issiq uning o’sishi va hosil berishiga uncha ta’sir ko’rsatmaydi. Gullari boshqa meva daraxtlariga nisbatan sovuqqa kam ta’sirchan bo’ladi. Nisbatan sovuqqa chidamli.
Gilos - issiqsevar o’simlik, sovuqqa chidamsiz, - 28oC da sovuq uradi.
Yong’oq - issiqsevar o’simlik, ammo qishda ba’zan 27-28oC gacha pasayadigan joylarda ham o’stiriladi. -25oS bir yillik yangi novdalarini sovuq uradi. -25-26oC da bir yillik ko’chatlari nobud bo’ladi.
Anor - issiqsevar o’simlik, harorat 12-15oC gacha pasayganda bir yillik novdalari, 15-16oC da shox-shabbalari qattiq zararlanadi, 18 –20oC da barcha yer ustki qismi nobud bo’ladi.
Anjir - issiqsevar o’simlik, harorat 15oC da bir yillik yangi novdalarini, - 16oC da ko’p yillik shoxlarini, -18oC da esa o’simlikning ildiz bo’g’zigacha bo’lgan yer ustki qismini sovuq uradi.
Xurmo - sovuqka chidamligi jihatdan subtropik o’simliklardan ustun turadi - 18-20oC gacha boradigan qisqa muddatli sovuqlarga bardosh bera oladi, lekin bunda shox-shabbasi anchagina zararlanadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling