1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet24/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Qulupnay (Fragaria L.) O’zbekistonda ekiladigan rezavor mevalar ichida birinchi o’rinda turadi. Mevasi tarkibida 4,5-11 % gacha shakar, 0,28-1,5 % gacha turli kislotalar, 0,12 – 0,41 % oshlovchi va bo’yoq moddalar mavjud. Bulardan tashqari temir, fosfor, kaliy, kalsiy tuzlari, 50-75 mg % A, V, S vitaminlari bo’ladi. Qulupnay mevasi tashishga va saqlashga yaramaydi.
Bizning sharoitimizda qulupnayning 4 ta turi mavjud: Yirik mevali bog’ qulupnayi, Ananas, Muskat qulupnay va Ko’kish qulupnay (o’tloqlarda, turli xil o’tlar yon bag’irlarda, o’rmon chekkalarida yovvoyi holda o’sadi).
Yirik mevali bog’ qulupnayi eng keng tarqalgan bo’lib, uning 1500 dan ortiq navi bor. Poyasi qisqa, o’tchil, 4-5 yil va undan ko’proq yashaydi, ildizlari popuk ildiz bo’lib, 60-70 sm chuqurlikkacha o’sadi, ekilgandan so’ng 2-3 yili ildiz poyasining pastki qismi quriy boshlaydi.Shuning uchun, qulupnay bir yerda 2-3 yilgacha o’stiriladi.
Qulupnay asosan gajaklaridan ko’paytiriladi, lekin uni poyasidan, yangi navlar chiqarishda esa urug’idan ko’paytirish mumkin.
Qulupnay erta, martning oxiri aprelning boshlarida gullaydi. U gullash muddatiga qarab, erta gullaydigan va kech gullaydigan navlarga bo’linadi. Gullash davri 20-45 kunga cho’ziladi. Gullash boshlangandan mevasi pishib yetilguncha 20-35 kun o’tadi.
O’zbekistonda kuz iliq kelib, uzoqqa cho’zilganda qulupnayning ba’zi navlari ikkinchi marta hosil beradi. Gektaridan 8-10 tonnagacha va undan ortiq qulupnay hosili olish mumkin.
Meva ekinlari o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi ko’p jihatdan tashqi muhit omillariga bog’liq bo’ladi. Ayniqsa, iqlim va tuproq omillari meva ekinlarini o’sishiga va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu talab o’simlik yoshining har xil davrlarida (yoshlik, hosil berish va qarish) o’sish va tinim fazalarida yil davomida ( bahor, yoz, qish, kuz) turli xil bo’ladi.
O’simliklarni o’tkazish hamda ularni parvarish qilishning agrotexnika tadbirlari yo’li bilan noqulay sharoitlarni yumshatish yoki yo’q qilish hamda ularning o’sishi va hosil berishi uchun optimal sharoit yaratish mumkin.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling