1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet33/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Mahalliy Sivers olmasi. Uning ko’pgina tur xillaridan Olmaota va Chimyon olma xillari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Ular kuchli o’sadigan payvandtaglarga kiradi va payvandi yaxshi tutadi, urug’dan ko’payishidan tashqari ildiz bachkisidan ham ko’payadi, sovuqqa va qurg’oqchilikka ancha chidamli bo’ladi. Bu payvandtaglarning kamchiligi shuki, ularning popuk ildizlari kam bo’lib, o’q ildizlari ko’p bo’ladi. Ular polimorf bo’lib, g’oyat xilma-xil payvandtag beradi. Shu boisdan urug’ tayyorlashda bu tur – xillarning eng yaxshilarini tanlash zarur.
Madaniy nav urug’ ko’chatlari – Rozmarin belыy, Kandil sinap olma navlarining urug’ ko’chatlari baland bo’yli bo’lib, sovuqqa chidamli va nisbatan bir xil o’xshash payvandtag berishini ko’rsatdi. U oson kurtak payvand qilinadi va yaxshi tarmoqlangan popuk ildizli ko’chat beradi.
Turkman olmasi – Uning ikki xil – Boboarab va Hazorasp turlarini sizot suvlar yuza joylashgan, sho’rlangan yerlarda (Xorazm, Qoraqalpog’iston, Buxoro viloyati, Mirzacho’l va Qarshi dashti va boshqa joylarda) o’stirish tavsiya etiladi. Ildiz bachkilaridan, parxishlardan va kamdan-kam urug’dan ko’paytiriladi. U o’rtacha bo’yli payvandtaglar guruhiga kiradi. Uni qurg’oqchilikka nisbatan chidamli tur sifatida tog’li, tog’ oldi hududlarda va shag’al tuproqda o’stirish uchun sinab ko’rish lozim.
Vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladigan klon payvandtaglar. Pakana va yarim pakana bo’yli payvandtaglar vegetativ yo’l bilan (ildiz otgan qalamcha, yog’ochlangan qalamcha, yashil qalamcha, ildiz bachki kabilar) ko’paytiriladi. Shuning uchun ular klon payvandtaglar guruhiga kiradi. Bu payvandtaglarga paradizka va dusen kiradi. Payvandtaglarning ko’pgina tiplari bo’lib, ularga payvand qilingan barcha madaniy navlar yaxshi tutadi. Ulardan deyarli barcha mamlakatlarda, jumladan Kavkaz orti va Markaziy Osiyo davlatlarida keng foydalaniladi.
O’zbekistonga 1902 yilda R.R.Shreder tomonidan dusen III, parodizka VIII turlari olib kelingan. 1912 yili Buyuk Britaniyaning Ist-Molling tajriba stansiyasida R.G.Xetton xodimlar bilan birga payvandtaglarning turli davlatlardan keltirilgan turlarini to’plab, ularni birinchi bo’lib tizimga soldi. U 16 turdagi olma payvandtaglarini ajratib, I dan XVI gacha bo’lgan rim raqamlari bilan belgilaydi. Bir vaqtda nokning ham vegetativ ko’payadigan klon payvandtaglarini ajratib, ularni A dan S gacha bo’lgan harflar bilan belgiladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling