1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Dusen – o’rtacha past bo’yli payvandtag, paradizka yoki rayka


Download 292.88 Kb.
bet34/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Dusen – o’rtacha past bo’yli payvandtag, paradizka yoki rayka - eng past bo’yli pakana payvandtagdir. VIII tip paradizkaning vatani – Armaniston, IX tip paradizkaning vatani – Gruziyadir. VIII tipdagi payvandtaglar Marga Xindzor degan pakana olma daraxtidan kelib chiqqan, IX tip esa Xamanduli degan Gruziya olmasining kloni hisoblanadi.
Nok uchun payvandtaglar – mahalliy yovvoyi, o’rmon noki. Bu nokning ko’p tur xillari Chimyon tog’laridagi o’rmon massivlarida o’sadi. Bu payvandtag kuchli o’sadigan, qishga chidamli, ildiz tizimi yerga chuqur kiradigan o’q ildizli madaniy navlar payvand qilinganda yaxshi tutib ketadi va uzoq yashaydi. Uning ayrim turlari ildiz bachkisidan ko’payadi.
Mahalliy madaniy nav urug’ ko’chatlari kuchli o’sadigan yaxshi payvandtaglar hisoblanadi.Mahalliy navlardan Toshkent – nok va Kulola navlarini ko’rsatib o’tish mumkin. Bu ikkala nav kuchli va bir tekis payvandtaglar beradi va bularni Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya etish mumkin.
Samarqand viloyati uchun qurg’oqchilikka g’oyat chidamli payvandtaglar tariqasida mahalliy noklarning Shakar-Murut va Noring navlari eng yaxshi payvandtaglar hisoblanadi; Xorazm viloyati uchun sho’rga chidamli, sizot suvlari yuza bo’lgan yerlarda ham o’sa oladigan mahalliy Almurut nav nok daraxti tavsiya etiladi; tog’ sharoitida payvandtag sifatida Tyan-shan guruhiga kiruvchi (har xil bargli) nokni ekish mumkin.
Behi – nok uchun o’rtacha pakana payvandtagdir. Behi urug’idan va vegetativ yo’l bilan (qalamcha va parxishdan) ko’paytiriladi. Nokning bir qancha navlari bilan behi fiziologik jihatdan to’g’ri kelmasligi kuzatilgan. Behiga ulangan nok yaxshi tutishi uchun oraliq payvand usuli qo’llaniladi. A tipidagi behi, shuningdek, behi mahalliy navlarining ko’chatlari payvandtaglar uchun eng yaxshi tip hisoblanadi.
Behi uchun payvandtaglar. Mahalliy tur behining urug’ ko’chatlari – behi uchun eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Bulardan Namangan viloyati uchun Shirin va Nordon, Farg’ona viloyati uchun oddiy Quva (Chilgi behi), Buxoro viloyati uchun Turush, Xorazm viloyati uchun Almurut behi, Samarqand viloyati uchun yirik mevali Samarqand navlari tavsiya etiladi. Ularning ildiz tizimi popuksimon, yuza joylashgan bo’lib, nam tuproqda yaxshi o’sadi. Respublikaning qolgan boshqa viloyatlari uchun eng yaxshi mahalliy navlarning urug’ ko’chatlaridan foydalanish mumkin. A tipidagi behi eng yaxshi payvandtag hisoblanadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling