1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

baxt-saodat nimaligini tushungan bо‘lsayu, unga erishishni maqsad qilib olmasa
g‘oya va xohishiga aylantirmagan bо‘lsa, unga nisbatan ozgina bо‘lsada, shavq va 
zavq sezmasa, istak va mulohazasini, kuch va quvvatini boshqa narsalarga 
sarflasa, bu qilmishlari noо‘rindir. Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga 
erishuv ekan, inson bu maqsadni о„zining oliy g„oyasi va istagiga aylantirib, bu 
yо„lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi. Inson avvalo 
baxt-saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni о„ziga 
g„oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bо„lishi kerak. 
Keyin bu baxt-saodatga olib boradigan amal va vositalarning nimalardan iborat 
ekanligini bilib olishi zarur. Sо„ngra esa baxt-saodatga eritiradigan ishlarni shaxsan 
bajarishga kirishmog„i lozim bо„ladi. Forobiyning ushbu fikrlari bugungi kunda о„z 
milliy g„oyasining pirovard maqsadi sifatida fuqarolik jamiyatini barpo etishni 
kо„zlayotgan jamiyatimizning maqsadlariga hamohang ekanligini anglash mushkul 
ish emas.
Xullas, farovon jamiyat g„oyasi mustaqil va barqaror taraqqiyot yо„liga 
kirayotgan jamiyatlar uchun ikki hissa qadrlidir. Shu ma‟noda uning umuminsoniy 
jihatlariga, demokratik mohiyatiga ulkan e‟tibor berilayotganligi tabiiydir. 
Prezident Islom Karimov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda 
ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat qurish jarayoniga davlat siyosati 
darajasida e‟tibor qaratayotganligi ham shundan. Zero, mamlakatimizda farovon, 
ilg‘or jamiyat barpo etish - maqsad, amalga oshirilayotgan islohotlar - vosita 
bо‘lib, jamiyatimizda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik о‘z navbatida 
islohotlar uchun shart-sharoitdir. 
2. Milliy g„oya - erkin va farovon hayot qurish omili sifatida. 
Mamlakatimizda demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati asoslarining 
shakllanishi haqida fikr yuritar ekan, Prezident Islom Karimov jamiyatning 
demokratiyalashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi, demokratiya 
g„oyalarini shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz 
hayotiga singdirib bо„lmasligini uqtiradi. «Demokratiya, - deb ta‟kidlaydi 
I.A.Karimov, - jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog„i 
kerak. Bu esa bir zumda bо„ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy 
ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bо„la olmaydi. Bu 
tayyorgarlik kо„rish va demokratiya tamoyillarini о„zlashtirishdan iborat ancha 
uzoq muddatli jarayondir»
9

Demokratiyani jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barqaror taraqqiyoti 
omiliga aylantirish demokratik rivojlanish an‟analarini avaylab о„stirish, jahon 
xalqlari demokratik an‟analarini, adolatli jamiyat orzusi yо„lida insoniyat tо„plagan 
tajriba va amaliyotni muttasil о„zlashtirish zarur. Bunda sharqona demokratiya 
tamoyillari tayanch bо„lib xizmat qiladi.
Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bо„lgan 
intilishlarga ega bо„lishi va shu vaqtning о„zida о„zgalar bilan hamkorlikka moyil 
bо„lishi mumkin. Inson tabiatiga xos ana shu qarama-qarshilik uning jamiyatdagi 
hayoti va hatti-harakatlarini ham belgilaydi. Odamlar bir tomondan shaxsiy 
erkinlikka intilsalar, ikkinchi tomondan ijtimoiy tenglikni talab qilishga moyil 
bо„ladilar. Odamlar о„z manfaatlarini kо„zlashlari bilan birga umumiyijtimoiy 
manfaatlarga ham intiladilar. Ammo bu qarama-qarshi tendensiyalarni, shaxsiy 


82 
manfaat bilan jamiyat manfaatlarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin? 
Jamiyat bu muammoning yechimiga demokratiya mexanizmlarini ishga solish
orqaligina kela oladi. Aynan demokratiya va umumiy manfaatlar vobastaligi 
ijtimoiy munosabatlarni muvozanatga keltirishga xizmat qiladi. Demokratiya 
doimiy qutb - «ziddiyat - kelishuv - birdamlik» orqali о„ziga yо„l ochar ekan, 
kishilarning о„zaro roziligi, kelishuviga tayanadi. Gap shundaki, demokratiya - bu 
yolg„iz о„z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bо„lmay, balki о„zaro 
munosabatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan 
demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g„oyasi ana shu qutbiy 
intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni о„zida ifoda etadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling