1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 3.Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon 
bо„lishi. 
Ma‟lumki mustaqillik tufayli bо„lgan boshqa xalqlar qatori biz ham о„z 
milliy tabiatimiz va ming yillik an‟analarimizga, urf-odatlarimizga zid bо„lgan 
soxta kommunistik g„oyadan voz kechdik. Lekin insoniyat tarixi shu narsani qat‟iy 
ravishda isbotlaganki, mafkura dunyosida bо„shliqqa yо„l qо„yib bо„lmas ekan. 
Qayerda shunday holat yuz bergan taqdirda bо„sh qolgan mafkura maydonini bizga 
begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g„oyalar egallashga urinishi ham tarixan 
isbotlanganligi shubhasiz. Agarda yon-atrofimizdagi voqelikka teranroq nazar 
tashlaydigan bо„lsak, tabiiy zaxiralarga boy, geopolitik nuqtai nazardan g„oyat 
qulay hududda joylashgan yurtimizga kо„z olaytiradigan, bizga ta‟sirini о„tkazishni 
istaydigan turli nosog„lom kuchlar mavjudligini inkor etolmaymiz. «Ular - deb 
ta‟kidlaydi - Prezident Islom Karimov - о„z niyatlarini amalga oshirish uchun hech 


94 
narsadan tap tortmasligi bugungi kunda ayon bо„lib qoldi. Bu kuchlar katta 
mablag„ va zamonaviy qurol-aslahalarga ega. Lekin ularning eng yovuz quroli – 
milliy qadriyatlarimizga tо„g„ri kelmaydigan, eng yomoni, ertaga о„rnimizni 
egallashi lozim bо„lgan yosh avlodning qalbi va tafakkurini zaharlaydigan 
buzg„unchi mafkuradir. 
Hozirgi paytda rо„y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojо„ya hatti-
harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bо„shliq tufayli sodir bо„lmoqda». Shu 
о„rinda nega aynan g„animlarimiz hali hayotiy tajribaga ega bо„lmagan, oq-qorani 
tanib ulgurmagan yoshlarga qaratmoqda degan savol tug„iladi. Chunki aynan 
yoshlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda asosiy tayanch kuch. Ayni 
paytda, yoshlarimizning kо„ngli ochiq, sodda, ishonuvchan. 
Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon bо„lish 
jarayoni о„zining bir qator xususiyatlariga ham ega. Ular quyidagilardan iborat. 
· Bugungi kunda odamzod ma‟lum bir davlatlar va siyosiy 
kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan 
tarqaladigan, turli ma‟no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta‟sirini doimiy 
ravishda sezib yashashi. Axborot asri, elektronika asri deb atalayotgan XXI asrning 
bugungi kunida bu ta‟sirlardan xoli bо„lish deyarli imkonsizdir. Demak, bugungi 
kunda «mafkura poligonlari yadro poligonlari»ga nisbatan ham kо„proq kuchga 
ega. Bu uning xususiyatlaridan biridir.
· Agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо„lsa, buni sezish, kо„rish, oldini 
olish mumkin. Ammo mafkuraviy tazyiq, uning ta‟siri va oqibatlarini tezda ilg„ab 
yetish nihoyatda qiyin. 
· Milliy g„oya - millat tafakkuri va ongining mahsuli. Lekin ayni vaqtda 
siyosiy ong darajasi har bir millatning rivojini belgilaydigan omil hamdir. Demak, 
ongni, tafakkurni о„zgartirmasdan turib esa hech bir jamiyat о„zining oliy 
maqsadiga erisha olmaydi. Biz ham kishilar ongi va tafakkurini о„zgartirmasdan 
turib ozod va obod jamiyatni barpo etolmaymiz. 
Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon 
bо„lishida u о„zida nimalarni mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob 
berishi muhim. 
Milliy mafkura, - avvalambor, о„zligimizni, muqaddas an‟analarimizni 
anglash tuyg„ularini, xalqimizning kо„p asrlar davomida shakllangan ezgu 
orzularini, jamiyatimiz oldiga qо„ygan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi 
shart. 
· Jamiyatimizda bugun mavjud bо„lgan xilma-xil fikrlar va g„oyalar, erkin 
qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har 
qanday insonning e‟tiqodi va dunyoqarashidan qat‟iy nazar, ularning barchasini 
mushtarak milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning 
daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan 
milliy istiqlol g„oyasi - mafkura bо„lishi kerak. 
· Milliy mafkura har qanday tajavvuzkor millatchilik va shunga о„xshagan 
unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va 
qarashlaridan mutlaqo xoli bо„lib, qо„shni davlat va xalqlar, umuman jahon 
hamjamiyatida, xalqaro maydonda о„zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda 
poydevor va rahnamo omilidir . 


95 
· Milliy g„oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-
yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga milliy-ma‟naviy qadriyatimizga 
mos insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob 
ishlarimizda madadkor bо„la oladi. 
Milliy g„oya Vatanimizning shonli о„tmishi va buyuk kelajagini uzviy 
bog„lab turishga, о„zimizni ulug„ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari 
deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga 
erishmoqqa yо„l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da‟vat qiladigan 
g„oyadir. 
Demak, milliy g„oya, milliy iftixor kundalik mashaqqatli ishlarimizda va 
bunyodkorlik faoliyatimizda kuchimizga kuch, g„ayratimizga g„ayrat qо„shib, 
haqiqatan ham kelajagi buyuk davlat qurayotganimizga mustahkam ishonch 
bag„ishlaydi. 
Mustaqil О„zbekiston uchun, uning taraqqiyoti va buyuk kelajagi uchun 
endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolarni hal etish asosiy masalalardan 
biri bо„lib qolmoqda. Ana shunday vazifalardan biri milliy istiqlol mafkurasiga 
ishonch va e‟tiqodni mustahkamlashdan iboratdir. Milliy istiqlol mafkurasini 
mustahkamlash zarurligi fikrimizcha, bir qator shart-sharoitlardan kelib chiqadi. 
Ular asosan quyidagilardan iborat: 
· О„zbekiston о„zining mustaqil taraqqiyot yо„liga qadam qо„ygan 
dastlabki paytlarda – eski, yagona mafkuradan butunlay voz kechilayotgan, yangi 
mafkura esa hali ishlab chiqilmagan, ilmiy asoslab berilmaganligi bilan bog„liq edi.
· Insoniyat tarixiy taraqqiyot tahlili shuni kо„rsatadiki, hech qanday jamiyat 
mafkurasiz yashay olmagan. Dunyodagi har bir jamiyatning, har bir davlatning 
о„ziga xos, о„ziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlari va 
manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bо„lgan. Demak, odamlar qaysi bir 
jamiyatda yashamasin nimagadir ishonishi, e‟tiqod qilishi, qandaydir bir sog„lom 
g„oyaga, ta‟limotga asoslanib ish kо„rishi, faoliyat kо„rsatishi tarixiy zaruratdir. 
· Mustaqil О„zbekiston uchun, milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurati 
– demokratik jamiyat qurishda uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-
ma‟naviy zaminlarini yaratish va mustahkamlash uchun о„zimizga xos va mos 
milliy mafkura suv va havodek zarur edi. Buni bizga mustaqilligimizning deyarli 
о„tgan yillari tajribasi va hayotning о„zi ochiq-ravshan kо„rsatib turibdi. Demak, 
milliy g„oya - jamiyat hayotining barcha jabhalarini о„zida qamrab oladi va uning 
ma‟naviy negizining mezoniga aylanadi. Shu nuqtai nazardan kishilarga ma‟naviy 
ta‟sir etishning asosiy vositasi hamdir. 
О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov keng jamoatchilikni, 
olimlar, shoirlar, yozuvchilarni mafkura masalasiga jiddiy e‟tibor berishga chaqirib 
1993 yildayoq, ya‟ni mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «oldimizda turgan eng 
muhim masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq 
etishdir» - deb uqtirgan edi
5

Darhaqiqat mustaqil О„zbekiston milliy istiqlol mafkurasi oldida buyuk 
maqsad-muddaolar, о„ta dolzarb vazifalar turibdi. Uning asosiy maqsadlaridan biri 
- О„zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat va elat kishilarini 
barkamol inson qilib tarbiyalash mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirishdir. 
Negaki jamiyat taraqqiyotini, mustaqillik bilan bog„liq bо„lgan ulkan vazifalarni 


96 
bajarishga ommani safarbar etishni milliy g„oyasiz tasavvur etish mumkin emas. 
Insonning faolligi uning ilg„or, bunyodkor, о„zimizga xos va mos milliy g„oyaga 
qat‟iy amal va e‟tiqod qilishiga bog„liq. Demak, istiqlol mafkurasi butun 
О„zbekiston xalqining milliy ruhini, madaniy merosini, his-tuyg„usini, milliy g„urur 
va iftixorini, kuch-qudratini, orzu-intilishlarini о„zida mujassamlashtiradi. Ana 
shunday qudratli omil bо„lgan mafkuraning shakllanishida tarixiy bilimlar, tarixiy 
xotiralarning ahamiyati beqiyosdir. Shu о„rinda N.Ostroumov afsus bilan aytgan 
xulosalarini keltirish maqsadga muvofiq. «Beixtiyor о„ylab qolasan kishi, - deb 
yozadi u о„z kundaliklarida, qoloq va ojiza qurollanmagan begona xalqlarni bosib 
olishimiz mumkin ekan-u, biroq boshqa kamchiliklarimizni hisobga olmaganda, 
о„zimizga ortiqcha baho berishimiz, beparvo tanballigimiz hamda davlat idora 
usulidagi qoloqligimiz tufayli ularni boshqarishni bilmas ekanmiz. Biz chet 
mamlakatlarga nisbatan madaniyatimiz pastligicha qolmoqdamiz… Biz mahalliy 
aholining na tilini, na urf-odatlarini, na dinini о„rgandik»
6

Mustaqillikni mustahkamlashda О„zbekiston uchun milliy istiqlol 
mafkurasining tarixiy zarurligi va uning demokratik jamiyat qurishdagi о„rni yana 
bir qator mavjud muammolarni hal etish bilan bog„liq. Ular quyidagilardan iborat. 
-birinchidan, milliy istiqlol mafkurasi kishilarda milliy madaniyatning, 
milliy ongning, milliy g„ururning о„sishi va rivojlanishini ta‟minlash omili sifatida 
mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
-ikkinchidan, milliy istiqlol mafkurasi milliy qadriyatlar, milliy birdamlik 
va hamjihatlik tuyg„usini shakllantirish orqali yoshlarda vatanparvarlikni 
tarbiyalaydi va mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
-uchinchidan, mustaqil О„zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasi xalqni 
mehnatni sevish va qadrlashga da‟vat etish, mehnatsiz rizq-nasiba, moddiy-
ma‟naviy boylik va kelajak yо„q ekanligini, mustaqilligimizning barqarorligi va 
taqdiri ham unga bog„liqligini odamlar ongi va qalbiga chuqur singdiradi.
Milliy istiqlol mafkurasi bir millat-о„zbeklarning manfaati bilangina 
bog„langan emasligini alohida ta‟kidlash zarur. О„zbekistonda istiqomat qilayotgan 
о„zbeklar, qozoqlar, qirg„izlar, tojiklar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar, yahudiylar
xullas Respublikamizni о„zining jonajon Vatani deb bilgan, u bilan faxrlanadigan 
barcha millat va elatlarning teng huquqligini milliy g„ururini manfaatlarini himoya 
qilish mafkuramiz mohiyatida asosy о„rinni egallaydi. Shuningdek milliy istiqlol 
mafkurasi zaminida jahondagi barcha ilg„or davlatlar, xalqlar tomonidan e‟tirof 
etilgan umuminsoniy qadriyatlarni, ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi va 
tayanadi.
Mustaqil О„zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi 
va uning demokratik jamiyat qurishdagi о„rni – Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan mutloq yangi g„oyalarning ishlab chiqilishi bilan bir qatorda bir qancha 
davlatlarning tajribalari о„rganilmoqda. Fikrimizning isboti sifatida birgina 
О„zbekiston Konstitusiyasi loyihasini tayyorlashda 30 ga yaqin xorijiy 
davlatlardagi qonunchilik tajribalari о„rganilganligini kelishtirish о„rinlidir. 
Natijada kommunistik mafkuradan, sinfiylikdan, partiyaviylikdan holi bо„lgan 
asosiy qonun yaratildi. 
Mustaqillik tufayli birinchi marotaba Konstitusiyamizda mafkuralar va 
fikrlarning xilma-xilligiga keng о„rin birildi. Masalan, Konstitusiyaning 12-


97 
moddasida: «О„zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, 
mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura 
davlat mafkurasi sifatida о„rnatilishi mumkin emas» - deb yozib qо„yilgan. Bu 
qoida Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va istiqlol mafkurasini ishlab 
chiqishda hamda mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega 
bо„lmoqda.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotidan shu narsa ma‟lumki, har qanday sog„lom 
yangi g„oya keng jamoatchilikning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, 
amaliyotda о„zini tо„la oqlasa о„shanda real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga 
aylanadi. Ayni paytda odamlarimizda mustaqilligimiz haqida bilim va g„oya, milliy 
istiqlol mafkurasi tо„g„risida tasavvur bо„lsa-yu, lekin ana shu bilim va g„oya 
iymon va e‟tiqodga, dunyoqarashga aylanmasa, bunday mafkuraning zamini bо„sh 
bо„ladi, mustaqillikni mustahkamlashda, asrab avaylashda amaliy ahamiyati 
bо„lmaydi. Shu nuqtai nazardan Prezident Islom Karimovning «О„zbekistonning 
о„z istiqlol va taraqqiyot yо„li», «О„zbekiston kelajagi buyuk davlat», «Yangi uy 
qurmay turib, eskini buzmang», «Buyuk maqsad yо„lidan og„ishmaylik», 
«О„zbekiston XX asr bо„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik sharoitlari va 
taraqqiyot kafolatlari», «О„zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Tarixiy xotirasiz 
kelajak yо„q», «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat 
qilsin», «Milliy istiqlol mafkurasi xalq e‟tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir»
7
 va 
uning Oliy Majlis 2-chaqiriq 9-sessiyasida qilgan ma‟ruzasida hamda asarlaridagi 
bebaho ilmiy-nazariy qoidalar, dasturiy yо„l-yо„riqlar xalqimizning g„oyaviy-
siyosiy, umuman butun ma‟naviy dunyosini milliy istiqlol g„oyasi negizlari asosida 
boyitishda, unga ishonch va e‟tiqodni mustahkamlashda ayniqsa katta ahamiyatga 
ega. Ushbu kitoblarda mustaqilligimizning mustahkamlashning eng dolzarb 
muammolarining nazariy asoslari, ilmiy-amaliy yechimlari chuqur va har 
tomonlama yoritilibgina qolmay, ayni bir paytda milliy istiqlol mafkuramizni 
odamlar ongi va qalbiga singdirishning yо„l-yо„riqlari ham kо„rsatib berilgan. 
Biroq bu ancha murakkab, ma‟suliyatli jarayondir. Shoshma-shosharlik qilish, 
о„ylamasdan ish tutish, о„zibо„larchilik asosida harakat qilish, yuksak ma‟suliyatni 
unutib qо„yish milliy istiqlol mafkurasini turmushga joriy etish masalasiga katta 
ziyon yetkazishi hech gap emas. Bundan juda ehtiyot bо„lmoq lozim. Chunki 
«Mafkura - о„tmish va kelajak о„rtasidagi kо„prikdir»
8
. Darhaqiqat shu о„rinda biz 
yana insoniyat jamiyati о„z taraqqiyotida erishgan barcha yutuqlar, eng avvalo 
umummilliy mafkuraning barchani birlashtiruvchi vosita bо„lganligini inobatga 
olishimiz zarur. Prezident Islom Karimov bu masalaning yanada dolzarbligini Oliy 
Majlisning 2-chaqiriq I-sessiyasida sо„zlagan ma‟ruzasida (22 yanvar 2000 yil) 
«Bizning bosh strategik maqsadimiz qat‟iy va о„zgarmas bо„lib, bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik 
jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu – lо„nda qilib 
aytganda, rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot modellaridan kо„r-kо„rona 
nusxa kо„chirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish 
demakdir. Bu mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat‟iy nazar har bir insonning 
barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi 
ta‟minlanadigan demokratik rivojlanish yо„lini izchil davom ettirish demakdir». Bu 
borada quyidagi muhim masalalarga alohida e‟tibor berildi: 


98 
· Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat 
qurilishini erkinlashtirish. Bunda jamiyatimizda mavjud bо„lgan turli manfaatlar, 
qarama-qarshi kuchlar va harakatlar о„rtasidagi muvozanatni ta‟minlaydigan 
samarali mexanizmni shakllantirsak, hayotimizning barqaror va mustahkam 
taraqqiyotini mukammal kafolatlagan bо„lar edik. Milliy istiqlol mafkurasi va 
uning demokratik jamiyat qurishdagi о„rni, eng avvalo mamlakatimiz siyosiy 
hayotida haqiqiy ma‟nodagi kо„ppartiyaviylik muhiti qaror topishi bilan bog„liqdir. 
Bu borada Prezident Islom Karimov ikkinchi chaqiriq О„zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining birinchi sessiyasida qilgan ma‟ruzasida quyidagi vazifani qо„ydi: 
«Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa 
manfaatlarining himoyachisi sifatida о„zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega 
bо„lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti 
borasidagi muqobil takliflari о„z ifodasini topishi lozim.
· Amaldagi kо„ppartiyaviylik - bu har xil qarash va g„oyalar о„rtasidagi 
bahs-munozara, turli partiyalar, jumladan, muxolif partiyalar uchun ham siyosiy 
raqobat maydoni demakdir»
9
. Biroq bizning fikrimizcha, о„tish davrida, har qanday 
jamiyatda bо„lganidek, muxolifat, basharti u jamiyatni yangilashning tashkilotchisi 
bо„lishga intilayotgan bо„lsa, aholining muayyan ijtimoiy qatlamlari va 
guruhlarining teran manfaatlari va intilishlarining haqiqiy ifodachisi va 
himoyachisi bо„lishi lozim. 
· Muxolifat konstitusiyaviy mezonlar doirasida faoliyat kо„rsatib, aniq 
dasturiy hujjatga ega bо„lishi kerak. Ana shu dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, 
aholini ayniqsa saylov davrida, о„zi taklif etayotgan islohotlar va yangilanish yо„li 
hozirgi sharoitda jamiyat uchun eng tо„g„ri va eng maqbul yо„l ekanligiga ishontira 
olishi lozim. 
· Haqiqiy muxolifatning vujudga kelishi uchun, uning hokimiyat bilan 
g„oyaviy va amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy 
qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan 
muxolifat bо„lishi uchun siyosiy vaziyat va barqarorlikni ta‟minlovchi mexanizm 
va sistemalar kuchli bо„lishi kerak. Bugungi kunda barcha sog„lom fikr yurituvchi, 
mustaqilligimizni mustahkamlash va Vatanimizning buyuk kelajagi uchun 
kurashayotgan kishilarning barchasi siyosiy muxolifatni aynan shunday holdagi 
muxolifatni kо„rishni istaydi va tushunadi. Albatta, buning uchun matbuot, axborot 
vositalarining demokratik tamoyillarga tayanishi mustaqillikni mustahkamlashning 
muhim shartidir.
Binobarin har bir davlat, jamiyat о„zi bajarayotgan tarixiy vazifani 
asoslovchi va barcha ijtimoiy qatlamlar, millatlar va elatlar, diniy e‟tiqodlar 
vakillarini shu vazifa atrofida birlashtiruvchi, jipslovchi umummilliy mafkuraga 
ega bо„lganlar. Chunki shunday qilingandagina, birinchidan, biron bir mafkura 
davlat mafkurasi darajasiga chiqmaydi. Ikkinchidan, bunday ish umumjamiyat, 
umummilliy mafkurani yanada aniqlashga, boyitishga xizmat qiladi, uning har bir 
fuqaroga yetib borishini ta‟min etadi. Bunday fikrga kelishimizning ilmiy-nazariy 
asosi, uchinchidan, hozirgi davrda ilg„or davlatlarda barcha ijtimoiy qatlamlar о„z 
g„oyalarini demokratiya, insonparvarlik, ijtimoiy adolat qoidalari hamda talablari 
asosida yaratishga intilayotganliklaridir. Albatta, ularning orasidagi murosasizlik 


99 
о„rniga har bir masalada konsensus, ya‟ni murosa-yu-madora tamoyillaridan kelib 
chiqish tobora ustun kelmoqda.
Mustaqil О„zbekiston xuddi shu yо„ldan bormoqda. Bu mafkura xalqimiz 
tarixini, madaniyatini, falsafasini, axloqini, siyosiy ongini, badiiy didini, diniy 
an‟analarini va kelajak, istiqbollarini aniq belgilab berishi bilan ham alohida 
о„rganishga zarurat mavjud. «О„zbekiston Rossiyadan keltirilgan kommunistik 
mafkurani qabul qilmaydi, qabul qila olmasdi ham. Yevropada ildiz otishi mumkin 
bо„lgan narsa Sharqda unib о„sa olmaydi. Buni hamisha hisobga olmoq kerak. Bu 
о„rinda Sharqning turmush tarzini, ruhiyatini, falsafasini, uning buyuk Islom dinini 
hisobga olmoq zarur! Asosiy vazifamiz hech qanday ijtimoiy larzalarsiz, ochlik, 
qashshoqliksiz, 
odamlarga 
ziyon 
yetmaydigan 
tarzda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning 
yangi 
bosqichiga 
о„tishdan iborat. Bu ma‟noda ham 
О„zbekistonning о„z yо„li bor»
10

Bu mustaqilligimizning о„ziga xos poydevoridir. Shunga tayangan holda 
qurilayotgan jamiyat mustaqil va mustahkam bо„ladi. Demak, mustaqillikni 
mustahkamlashda О„zbekiston milliy istiqlol mafkurasining ilmiy-nazariy jihatlari 
quyidagi xulosalarda о„z ifodasini topadi: 
- Mafkura О„zbekiston jamiyati hayotida ham zarur, chunki mafkura 
bо„lmasa odam, jamiyat, davlat о„z yо„lini yо„qotishi muqarrar. 
- О„z poyoniga yetgan XX asr kо„p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar 
fojialar, urushlar, qatag„onlarni boshidan kechirishining asosiy sabablaridan biri 
ham mafkuraviy kurashlar milliy-madaniy meros va qadriyatlarni inkor etish, о„zga 
g„oyalarni zо„rlab kiritish zaminida rо„y berdi. Bu haqiqatni hech qachon 
yodimizdan chiqarmasligimiz kerak. 
- Insoniyat tarixida axborot asri deb tan olinayotgan, ya‟ni XXI asrda ham, 
turli xil eski va yangi mafkuralarning о„zaro kurashi har qachongidan ham kо„ra 
shiddatli tus olmoqda. Darhaqiqat hozirgi davrda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb 
barham topgan bо„lsa-da, turli xil maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuralar 
tortishuvi tо„xtagani yо„q. Natijada bugungi kunda ham ba‟zan bir-biriga mutlaqo 
zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar о„rtasidagi 
fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib qonli tо„qnashuvlar, 
ommaviy qirg„inlarga sabab bо„lmoqda. Bu mustaqillik uchun katta xavf-xatardir. 
Ana shunday fojialarning oldini olish, ularni tinch yо„l bilan hal etishning 
birdan bir vositasi mafkuraviy tahdidlardan saqlanishdir, о„z milliy istiqlol 
g„oyasiga ega bо„lishdir. Negaki, mafkuraviy kurash va tortishuvlardan kо„zlangan 
asosiy maqsad - inson, avvalambor yoshlar qalbini egallash, ularni о„z 
dunyoqarashiga bо„ysundirish, ma‟naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Prezident 
Islom Karimov iborasi bilan aytganda, «fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har 
qanday iqtisodiy va siyosiy qaramlikdan ham kо„ra dahshatlidir»
11
. Ta‟bir joiz 
bо„lsa, aytish mumkinki, axborot va elektronika asri deb atalayotgan yangi XXI 
asrda inson har qachongidan turli ma‟no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning 
ta‟siridan xoli bо„lishi deyarli imkonsizdir. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda 
mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham kо„proq kuchga ega. 
Ikkinchidan, mafkuraviy kurashning kishilarni doimo ogoh bо„lishga undovchi 
tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо„lsa, buni sezish, kо„rish, 
oldini olish mumkin. Ammo mafkuraviy tazyiq, uning ta‟siri va oqibatlarini tezda 


100 
ilg„ab yetish nihoyatda qiyinligi bilan ajralib turadi. Hamda uning ilmiy-nazariy 
asoslari haqidagi yana bir xulosa bu tabiatda ham, jamiyatda ham vaakum-bо„shliq 
bо„lishi mumkin bо„lmaganidek, mafkura sohasida ham bо„shliq vujudga kelishiga 
aslo 
yо„l 
qо„yib 
bо„lmasligidir. 
Bu 
mustaqillikni 
asrab-avaylash, 
mustahkamlashning muhim shartidir. Milliy g„oyaga ishonch va e‟tiqod qancha 
mustahkam bо„lsa, u insonlarning shaxsiy, oilaviy hayotida, ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalari orqali mustaqillikni mustahkamlab berishga xizmat qiladi.
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Milliy g„oya nima uchun zarur?
2. 
Milliy istiqlol g„oyasi nimalar bilan bog„liq ? 
3. 
Milliy va umuminsoniy g„urur deganda nimani tushunasiz? 
4. 
Milliy istiqlol g„oyasining asosiy g„oyalarini aytib bering. 
5. 
Mafkuralar xilma - xilligi deganda nimani tushunasiz? 
 
 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling