1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Milliy g„oya - О„zbekiston xalqining asosiy maqsad va


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

  2. Milliy g„oya - О„zbekiston xalqining asosiy maqsad va 
muddaolarining ifodasi. 
Hayotiy kuzatishlar, ba‟zan ziyolilarimiz о„rtasida ham bizga milliy g„oya, 
milliy mafkura nima uchun, kim uchun kerak, uning ma‟no-mohiyati nimadan 
iborat, degan muhim masalaga yana bir bor 
oydinlik kiritish zarurati mavjud. Bunda, ya‟ni milliy g„oyada О„zbekiston 
xalqining mamlakatimiz rivojida belgilab olgan asosiy maqsad va muddaolarining 
ifodasi mujassamlashgan. 
Birinchidan, о„zining kelajagini kо„rmoqchi va qurmoqchi bо„lgan har 
qanday davlat yoxud jamiyat, albatta о„z milliy g„oyasiga suyanishi va tayanishi 
zarurligi bilan bog„liq; 
Prezident Islom Karimov ta‟biri bilan aytganda, «davlat tizimi, uni 
boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan 
mafkura asosiga qurilmog„i lozim. YA‟ni, oldin davlat qurilishi va undan keyin 
mafkura paydo bо„lishi о„zi g„ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. 
YA‟ni, oldin g„oya paydo bо„ladi, undan keyin g„oya asosida mafkura, mafkura 
asosida esa tizim, siyosat paydo bо„ladi»
2
. Demak, о„z milliy g„oyasiga 
tayanmagan jamiyat inqirozga duchor bо„lishi, о„z yо„lini yо„qotib qо„yishi 
muqarrar. 
Ikkinchidan, milliy g„oya О„zbekiston xalqining asosiy maqsad va 
muddaolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, 
tafakkurini о„zgartirmasdan turib, kо„zlangan oliy maqsad – ozod va obod 
jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bо„lmaydi. Buning uchun esa, 
odamlar muayyan g„oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon о„z-о„zidan 
harakatga kelmaydi, albatta. Negaki, keng xalq ommasini biron bir g„oyaning ilg„or 
va insonparvar ekaniga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g„oyaning tо„g„ri, 
hayotiy va ilg„or ekanligiga ishontirish zarur. Ishontirmoq uchun uning ilmiy va 
hayotiyligiga alohida e‟tibor qaratish bilan birga milliy g„oyaning о„zi 
mamlakatimiz xalqining asosiy maqsad va muddaolari hamda manfaatlarini 
ifodalashi kerak. 
Uchinchidan, milliy g„oyaning zarurligi millatning о„zligini tо„la anglash 
jarayoni bilan bog„liq. Negaki, millat о„zligini tо„la anglamas ekan, biron-bir buyuk 
о„zgarishlar qilib bо„lmaydi. Milliy о„z-о„zini anglash u yoki bu millatni о„zga 
millatlardan ajralib ketishiga emas, balki о„zligini anglagan millatlarning 
ma‟rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Ana 
shunday о„ta murakkab vaziyatda milliy о„zlikni anglashda milliy g„oyaga asosiy 
tayanch kuch, ilmiy-nazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, 
kayfiyati, hissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta‟sir 
kо„rsatadi. Bu milliy g„oyaning xalq hayotiga yaqin, unga bevosita daxldor 
ekanligini ta‟kidlash lozimdir. 
Demak, О„zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g„oyada 
bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan 
dialektik bog„lanishi uning yashash shartidir. 
Tо„rtinchidan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy 
g„oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan ya‟ni bugun bizning tarixiy 
о„zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga 


93 
asoslangan demokratik tuzumga о„tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib 
chiqmoqda. Bu davrning о„ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan 
mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday xulosaga keladi: 
«Bu о„tish davri о„ziga xos, juda katta g„ov va tо„siqlarga duch kelishi, 
qattiq kurashlar orqali kechishi barchamiz uchun ayon bо„lmog„i darkor. Xalqimiz 
va jamiyatimizni mana shu davrda yangi ufqlar sari boshlash, da‟vat qilishda 
maqsadlarimiz aniq bо„lishi kerak. Bunday maqsadlarga esa avvalo chuqur 
о„ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin»
3
. Demak, milliy 
g„oya mustaqillikni mustahkamlash g„oyasining о„zagi bо„lgan - tanlagan 
taraqqiyot yо„limizning tо„g„ri adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu 
zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos 
tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar 
etish uchun xizmat qiladi. 
Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilishda milliy g„oyaning о„rnini 
hech boshqa biron bir omil bosolmaydi. Shu nuqtai nazardan davlat siyosatining 
ustuvor yо„nalishlari, maqsad va vazifalarini ma‟naviy jihatdan ta‟minlash, 
bugungi kunda mamlakatimiz taqdiri uchun о„ta dolzarb masaladir. Buning yorqin 
ifodasi Prezident I.A.Karimovning О„zbekiston Respublikasi Oliy majlisining о„n 
tо„rtinchi sessiyasi (2004 yil 29 aprel)dagi «Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi 
о„z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog„liq» 
haqidagi 
nutqida 
hamda 
Oliy 
majlisning 
mamlakatimiz 
fuqarolariga 
murojaatnomasida bayon etdi. Xususan unda shunday deyilgan: «Bugun bashariyat 
о„ziga xos va ziddiyatli bir davrda yashamoqda. Bir tomondan ilm-fan va texnika, 
yuksak texnologiyalar taraqqiy etib, insonparvarlik g„oyalari, demokratik 
qadriyatlar, о„zaro hamkorlik dunyo bо„ylab qaror topib bormoqda. Ayni vaqtda 
yer yuzining turli mintaqalarida qurolli mojarolar rо„y berayotgan, xalqaro 
terrorizmning yangi-yangi xurujlari oqibatida ming-minglab odamlarning hayotdan 
kо„z yumayotgani ham shu zamonning ochiq haqiqatidir»
4
.  
«Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bо‘lmasa odam, 
jamiyat, davlat о‘z yо‘lini yqotishi muqarrar. qayerdaki, mafkuraviy bо‘shliq 
vujudga kelsa, о‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin». 
Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.  
I.A.Karimov 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling