1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


 Erkinlik va taraqqiyot g„oyalarining mushtarakligi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

4. Erkinlik va taraqqiyot g„oyalarining mushtarakligi 
Ma‟lumki, mamlakatimizda erkinlashtirish jamiyat demokratlashuvining 
muhim yо„nalishi sifatida e‟tirof etiladi. Bu ham bizning g„oyamiz hisoblanadi. 
Lekin bu о„z navbatida erkinlikni ulkan ijtimoiy-siyosiy qadriyat sifatida anglashni 
talab etadi. 
О„z о„rnida shaxsiy mazmunda erkinlik tushunchasining ijobiy va salbiy 
jihatlarga ega ekanligini ta‟kidlagan bо„lardik. Uning ijobiy jihati shaxsning о„z 
manfaatlariga muvofiq ravishda hatti-harakatlar sodir qilish imkoniyatini 
ifodalaydi. Bunda shaxs ma‟lum hatti-harakat sodir qilishi mumkinki, uning bu 
intilishlari о„z navbatida boshqalarning manfaatlariga zid kelmagan taqdirda adolat 
chegarasi, erklar tengligi uyg„unlashadi. Aksincha, shaxs hatti-harakati tashqaridan 
bо„ladigan ta‟sirlardan butunlay ozod bо„lgan taqdirda va u о„z maqsadlariga 
erishishda hech bir aks ta‟sirni tan olmagan taqdirda erkinlikning salbiy holati yuz 
beradi.


86 
Albatta, erkinlikning har ikki jihati о„rtasida murakkab, ziddiyatli va hatto 
qarama-qarshi munosabatlar mavjud. Erkinlikning aynan ijobiy va salbiy 
xususiyatlari muvozanati shaxs erkinligini belgilaydi. Sharq va G„arb 
jamiyatshunoslari avvaldan shaxs erkinligining ruhiy-lirik (Navoiy, Bedil), 
ijtimoiy-ruhiy (Forobiy, Lebon, Tard, Ortega-I-Gasset), ruhiy-individual (Freyd), 
kontraksion (Dyui, Mid), hatti-harakatli (Veber), sotsiometrik (Moreno), ijtimoiy 
(Frankfurt maktabi), fenomenologik (Shyus), begonalashuv (Fromm), anomik 
(Dyurkgeym, Merton), manfaatli (Rassel), ziddiyatli (Darendorf), ekzistensial 
(Xabermas) talqinini bayon etib kelganlar. Ammo hozirda masalaning asos 
mohiyatini shaxs erkinligini ta‟minlashda siyosiy va huquqiy-yuridik institutlarning 
adolatli tuzilmasini shakllantirishga e‟tibor qilish tashkil etmoqda.
О„z о„rnida yana shuni shuni ta‟kidlab о„tish zarurki, siyosiy fikriyot 
tarixida erkinlik va tenglik nisbati muammolari bahslarga sabab bо„lib kelmoqda. 
Aslida, eng asosiy muammo - bu qadriyatlardan qay biriga kо„proq istak bildirishda 
emas, balki ularni birgalikda muvofiqlashtirishdir. Aslida fuqarolarning о„z 
taraqqiyotlari bо„yicha imkoniyatlarga teng huquqlarini kafolatlash muhimroq. 
Agarda bu ta‟minlanmasa, tenglikka putur yetadi, agar bundan kо„prog„i talab 
qilinsa - erkinlikka zarar yetadi. Boshqacha aytganda, shaxs erkinligi, teng 
imkoniyatlar, huquqlar hamda burchlar tizimiga asoslangan har qanday demokratik 
jamiyat erkinliklar va tenglik ziddiyatlarida shaxs takomiliga tayanish zarur. Zero, 
farovon hayotni ta‟minlash avvalo shaxsning faolligiga bog„liq.
О„zbekiston farovon jamiyat qurish yо„lida aniq natijalarga erishmoqda. 
Shu о„rinda insonning jamiyat xayotida tutgan о„rni va rolining milliy va 
umuminsoniy mezonlarini anglash hozirgi paytda amaliy ahamiyat kasb etmoqda. 
Buning yana bir jihati shundaki, demokratik taraqqiyot yо„liga о„tgan va 
о„tayotgan mamlakatlarda insonning jamiyatdagi о„rni masalalariga qarashda tub 
о„zgarishlar sodir bо„lmoqda. Inson taraqqiyoti tо„g„risida sifat jihatdan yangi 
konsepsiyalar ham qaror topdiki, bu jahon hamjamiyatining diqqat e‟tiboriga 
sazovor bо„ldi. 
Tadqiqotchilarning kо„rsatishicha, iqtisodiy yuksalish va insoniy taraqqiyot 
о„rtasida bevosita bog„liqlik mavjud. Odamlarga sarflanadigan investitsiyalar 
odamlarning о„ziga kerakdir. О„ziga tо„q, sog„lom aholi, yaxshi ta‟lim olgan va 
malakali ishchi kuchi bir vaqtning о„zida jamiyat yuksalishida asosiy omil 
hisoblanadi. Xalqaro ekspertlarning hisoblariga kо„ra, iqtisodiy samaradorlikning 
60 foizi inson omili vositasida va qolgan 40 foizi tabiiy kapital atalmish zahiralar 
(yer osti boyliklari va b.) va texnik kapital - mashinalar, jihozlar va h.k. evaziga 
ta‟minlanadi. XXI asrda inson omilini safarbar qilmay ijtimoiy taraqqiyotga erishib 
bо„lmaydi. Inson taraqqiyoti muammolarini siyosat markaziga qо„yish 
mexanizmlari yirik mutaxassislarni о„ylantirmokda. Bu sohada yirik о„zgarishlar 
yuz berishi kerak. Yangi asr uchun taraqqiyot strategiyasini tanlashda inson uchun, 
uning imkoniyatlarini ochish uchun, ya‟ni insonni rivojlantirishga mamlakatimizda 
alohida e‟tibor berilmoqda.
Darhaqiqat, inson salohiyati avvalgidan ham kо„p ahamiyatga ega 
bо„lmoqda. Daromadni aholi jon boshiga hisoblaganda eng yuqori darajaga ega 
bо„lgan dunyo davlatlari orasida tabiiy zahiralari nihoyatda kam davlatlar oz emas 
(Yaponiya, Shveysariya, Daniya). Shu vaqtning о„zida tabiiy zahiralarga о„ta boy 


87 
bir qator mamlakatlar (Rossiya, Braziliya, Argentina) aholi jon boshiga 
hisoblaganda past daromadlar darajasiga ega. Demak, mamlakat taraqqiyoti mehnat 
kishisining yaratuvchilik kuchini safarbar etishga kо„p jihatdan bog„liq. Har bir 
jamiyat a‟zosining hissasi evaziga mamlakatning yuksalishi mumkinligi 
Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy tajribasidan ma‟lum.
Uzoq muddatli davrda iqtisodiy yuksalish va insoniy taraqqiyot 
yо„nalishlari bir-biriga mos kelsa ham, bu aloqa har bir mamlakat uchun davlat 
siyosatiga bog„liq bо„ladi. Ayrim mamlakatlar puxta о„ylangan davlat siyosati 
tufayli aholi sog„lig„ini saqlash, ta‟lim darajasini oshirish ishida iqtisodiy 
yuksalishdan olingan samaradan foydalanishda katta yutuqlarga erishmoqda. 
О„zbekiston hukumati bu yо„nalishdagi kо„pgina dasturlarni e‟lon qildi va ularni 
amalga oshirmoqda. Bu esa mustaqillik sharoitida inson islohotlar uchun emas, 
islohotlar inson uchun xizmat qilishi, insonning jamiyatga munosabati uning 
jamiyatda о„z о„rnini topishiga bog„liqligini teran anglashga olib keladi. Demak, 
inson omili asosida farovon hayotga erishiladi. Bugungi kunda bu ham milliy 
istiqlol g„oyasida aks etayotgan qadriyatlarimizdan biridir. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling