1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
2. Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari
Milliy istiqlol g„oyasi о„z - о„zidan insonning ongiga, tafakkuriga singib, ishonch va e‟tiqodiga aylanib qolmaydi. Bunga har bir inson о„z hayoti davomida erishib boradi. Uning qanday darajada odamlarning ishonch va e‟tiqodidan, turmush hayotidan joy olishi bir qator omillarga bog„liq. Demak, unda ham muayyan qonuniyatlar amal qiladi. Milliy istiqlol g„oyasining fan sifatida о„qitilishi, uning о„ziga xos predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari mavjudligini anglatadi.Birinchidan, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori «Milliy istiqlol g„oyasi» fanining ham muayyan bilimlar tizimi xos bо„lganidek, uning ham о„ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari mavjud. Ikkinchidan, uning barcha boshqa fanlar qatori о„z predmeti, obyekti va maqsad hamda vazifalari bor. Avvalo, har bir fan oldida qо„yiladigan umumiy talablar milliy istiqlol g„oyasiga ham bevosita daxldor. Ayni paytda milliy g„oyaning jamiyat, xalq milliy madaniyati negizlari asosida shakllanish, ishonch va e‟tiqodga aylanishi bilan bog„liq о„ziga xos xususiyatlari mavjudligini ham hisobga olish kerak. Bunda har bir inson yoki shaxsning individual xususiyatlari, uning о„ziga xos dunyoqarashi, shunga mos tafakkur va hayot tarzi, milliy ong, о„zligini anglaganligi darajasi alohida о„ringa ega. Milliy an‟analarga, tarixi, ona tili, madaniyatiga bо„lgan munosabatda shakllangan va mustahkamlangan qalbdagi ruhiyati, e‟tiqodi, sadoqati bilan Vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg„ulari о„zining va millatining sha‟ni, qadr-qimmatini hurmat qilishda namoyon bо„ladi. Shuningdek, har bir insonda umuminsoniy qadriyatlar boshqa xalqlar va millatlarning madaniy yutuqlariga ham о„zaro manfaatdorlik hamda milliy taraqqiyotida uni mustahkamlash nuqtai nazaridan qarash, baholash kо„nikmalari, say harakatlari orqali о„z ifodasini topadi. Ushbu fanning predmetini milliy madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlarning о„zaro munosabati milliy istiqlol g„oyasini xalqning ishonch va e‟tiqodiga aylanishi «g„oya» va «mafkura» tushunchalari, ularning xalqlar, millatlar va davlatlar taqdiriga ta‟sirini о„rganish tashkil etadi. Milliy istiqlol g„oyasi fanining predmetini faqat «g„oya va mafkura» tushunchalaridan iborat deb qabul qilish ushbu fanni tor doirada tushunishga olib keladi. Bu fanning predmetini hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, uning ma‟no-mazmunidagi о„ziga xos jihatlari ta‟sir etish qonuniyatlari, ma‟lum bir makonda va davrda namoyon bо„lish xususiyatlari, uni kо„p millatli davlatimiz fuqarolari ongi va qalbiga singdirish yо„llari hamda uslublarini aniqlash ham tashkil etadi. 4 Bu jarayon, birinchidan, fan talablari asosida, muayyan andoza, tartib va qoidalarga, bilim va tajriba tizimiga shunchaki tushavermasligi bilan ham alohida ajralib turadi. Uning ana shunday xususiyatga ega bо„lishi milliy istiqlol g„oyasi kishilarning ong va tafakkuri, dunyoqarashi, maqsad va intilishlari milliy-ma‟naviy merosga munosabatning ishonch va e‟tiqodlari orqali jamiyat hayotida namoyon bо„lish xususiyatlari bilan bog„liq; Ikkinchidan, milliy istiqlol g„oyasining shakllanishi kishilar (xalq, millat, avlodlar) amaliy faoliyatida hamda о„zaro munosabatlarida ishonch va e‟tiqodga aylanishining namoyon bо„lishi «bir chiziqli», yagona tartib, meyorlarga osonlikcha tushavermaydi. Ayni paytda fuqarolar, turli ijtimoiy guruhlar yoki qatlamlar, millat va elatlarni о„zaro mushtarak maqsadlar, g„oyalar birlashtirib turmas ekan, ular о„rtasida о„zaro hamjihatlik, totuvlik ham bо„lmaydi. Shuning uchun ham, milliy istiqlol g„oyasining predmeti umuman, har qanday g„oyalarning shakllanishi uning jamiyat hayotiga ta‟sirini emas, О„zbekistonning milliy istiqlol g„oyasining shakllanishi, mamlakatda keng jamoatchilikning ishonchi va e‟tiqodiga aylanishi uning milliy- madaniy negizlarini keng jamoatchilikning ong va taffakuriga, intilishlari, xulq atvori, kо„nikmalariga aylanishi, hamda ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida namoyon bо„lish shart-sharoitlarini, omillarini, qonuniyatlarining, ilmiy-nazariy asoslarini о„rganishdir. Milliy istiqlol g„oyasi - mustaqillikni qо„lga kiritish, uni mustahkamlash va rivojlantirish О„zbekistonning dunyo hamjamiyatida о„ziga xos va mos tarzda о„z nufuziga ega bо„lishiga undaydigan, xalqni, millatni jipslashtirib turadigan maqsadlar, manfaatlar majmuidir. Milliy istiqlol g„oyasini о„rganishning obyekti avvalo, О„zbekistonning о„ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini о„zida qamrab oladi va unga asoslanadi. Shuningdek, uning bunda xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, tili, madaniyati, milliy-madaniy merosi, unga odamlarning munosabati, ishonch va e‟tiqodlari, ong va tafakkuri, dunyoqarashi bilan bog„liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bо„lishini tahlil etish ham muhimdir. Shuningdek, fanning obyektini О„zbekiston tanlagan taraqqiyot yо„li va milliy rivojlanishning milliy-ma‟naviy negizlari va umumbashariy tamoyillar tashkil etadi. Milliy istiqlol g„oyasi asosan dunyo xalqlari tajribasi va yutuqlarini hisobga olgan holda О„zbekistonning milliy rivojlanish yangi yо„nalishi modelining milliy- nazariy asoslaridir. Negaki, О„zbekiston xalqining о„ziga xos shunday milliy- madaniy merosi va qadriyatlari mavjudki, mamlakatda yashayotgan har bir fuqaro, oila, xalq va millat uni о„z hayotining barcha jabhalaridan chuqur о„rin olishi muhim. Ular orqali shu xalq, millatning «о„zligini», «borlig„ini» boshqa xalqlar yoki millatlardan farqini anglab olish mumkin. Shu xususiyatlarni saqlab qolingan holda «О„zbekiston о„ziga xos va mos taraqqiyot yо„lidan rivojlanishi mumkin». Buning uchun uning о„z milliy g„oyasi jamiyat hayoti sohalari bilan о„zaro uyg„unlashmog„i muhim ahamiyatga ega. Ana shunday ishonch, e‟tiqod, milliy g„ururlanish, о„zligini namoyon etish va qadrlash tuyg„ulari milliy istiqlol g„oyasini xalqning ishonch va e‟tiqodiga aylanganligini kо„rsatuvchi muhim mezondir. Ana shu ishonch va e‟tiqod О„zbekiston taraqqiyotining kafolatidir. 5 Demak, milliy istiqlol g„oyasining maqsad va vazifalari umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyiliga tо„la tо„kis mos kelishi, demokratik erkinliklar va inson huquqlarini saqlashga doir xalqaro andozalarga hamohangligi bilan ham insoniyat tarixidagi kо„pgina milliy g„oyalardan farq qiladi. Tо„g„ri rivojlanishga milliy qadriyatlarga tayanmasdan ham erishish mumkin. Yoki biz qadriyatlarga kо„proq bog„lanib qolmoqdamiz, qadriyatlarimiz esa bizni taraqqiyotimizga ayrim hollarda turtki berish о„rnida, halaqit ham qilmoqda deydiganlar topiladi. Bunday qarashlar qaysi jihati bilan tо„g„ri kelmaydi, yoki uni qabul qilish qiyin degan savollar doimiy ravishda mavjud bо„ladi. Taraqqiyotga erishishning turli yо„llari mavjud. Aytilganidek «biron bir andozani» qabul qilib ham, xalq yoki millat о„z taraqqiyotini unga moslashtirishi mumkin! Lekin, xalq yoki millatning milliy taraqqiyoti yо„li tarixiy an‟analari va merosiga tо„g„ri kelmasdan, boshqa xalqning tarixiy rivojlanish tajribasini afzal kо„rsa, uning о„zligi qayerda qoladi? Milliy rivojlanishida har bir xalq tili, madaniy xususiyatlarini hisobga olib, qadriyatlariga befarq, loqayd qarasa va istagan «turmush tarzi», urf-odat, qadriyatlarini о„zi uchun qabul qilaversa, о„z taraqqiyot yо„lini yо„qotib qо„yadi. Bunga mustabid sovet davri tipik misoldir. Shuning uchun ham har qanday rivojlanish andozasini emas, о„ziga xos va mos rivojlanish yо„lini e‟tirof etish milliy istiqlol g„oyasiga tо„g„ri keladi. Shu ma‟noda, milliy istiqlol g„oyasini xalqimizning yangi jamiyat qurish borasidagi harakat dasturi deyish mumkin. Milliy istiqlol g„oyasining asosiy maqsadi fuqarolarni, keng jamoatchilikni asosiy g„oyalari, maqsad va yо„nalishlari bilan О„zbekistonning taraqqiyot yо„lining ma‟no va mazmuni, milliy-madaniy negizlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularda ishonch uyg„otish, ularni adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishga uyushtirishda ma‟naviy-ruhiy rag„batlantirishda namoyon bо„ladi. Milliy istiqlol g„oyasi fuqarolarni g„oyaviy jihatdan tarbiyalaydi. G„oya bilan g„oyaning, fikr bilan fikrning, jaholatdan ma‟rifatni farqini anglashga, ma‟rifatga ishonch va e‟tiqodni mustahkamlashga xizmat qiladi. Fuqarolarda milliy istiqlol g„oyasiga «zid» bо„lgan yot va begona, zararli g„oyalardan saqlanishga, unga nisbatan fikrga qarshi fikr, g„oyaga qarshi g„oya, jaholatga qarshi ma‟rifat bilan javob berish, unga nisbatan doimo tayyor bо„la olish «immunitetini» shakllantiradi. Milliy istiqlol g„oyasi mamlakatning oldida turgan ulug„, bunyodkorlik ishlari undan kо„zlangan asosiy maqsad insonlarni erkin va farovon hayotga erishish, ozod va obod Vatan qurish yо„lida har bir kishi uchun harakat yо„nalishi bо„lishga qaratilgan. Milliy istiqlol g„oyasi hech qachon kishilarning ongi va dunyoqarashini «boshqarish»ni, ularni yana allaqanday «qolipga», «yagona andozaga» solishga qaratilgan emas.. U fikrlar, g„oyalar xilma-xilligiga asoslanadi. Erkin fikrni uyg„otish va fikr erkinligini kafolatlab berish, о„zgalar fikrini tinglash, eshitish va aytishga imkoniyat yaratadi. Demak, milliy istiqlol g„oyasi «yagona g„oya»ga intilishdan mutlaqo begona bо„lganligi bilan ham boshqa nosog„lom g„oyalardan farq qiladi. Milliy istiqlol g„oyasi voqea-hodisalarni bilish, tahlil etish, baho berish kabi ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni ham bajaradi. Ulardan eng muhimlari: 6 odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin fikrlashni shakllantirish; milliy totuvlik, hamjihatlikni istiqbolimiz yо„lidagi eng katta g„oyalardan hisoblanishi nosog„lom mahalliychilik, urug„-aymoqchilik deb ataladigan illatlardan holi etish; hayotga endi qadam qо„yayotgan yosh avlodning dunyoqarashiga yangicha ma‟no va mazmun baxsh etish orqali unda faol hayotiy pozitsiyani, milliy g„oyaga ishonch va e‟tiqodni shakllantirish; jamiyatimizda sog„lom ijtimoiy muhitni yaratish, kishilar ongiga Vatan taqdiri uchun ma‟sullik, yagona Vatan tuyg„usini mustahkamlash; istibdod davri asoratlari, qullik va mutelik kayfiyatlarining ongimizda, tafakkurimizda saqlanib qolayotgani sabablarini tahlil etish, ularni bartaraf etish yо„llarini topish zarurati bilan bog„liq vazifalarni hal etishdan iboratdir. Demak, yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg„usidan xoli bо„lgan о„zligini anglagan, avlod- ajdodlarini, madaniy merosini yaxshi bilgan ma‟naviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling