1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining boshqa fanlar
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
6.Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining boshqa fanlar
bilan aloqadorligi va uni о„rganishning ahamiyati Milliy istiqlol g„oyasini faqat shu Fanni о„rganish asosidagina egallash mumkin deb qarash birtomonlama va notо„g„ri tasavvurdir. Aksincha, milliy istiqlol g„oyasi bilan barcha fanlar, xususan falsafa, ijtimoiy gumanitar, iqtisod, ijtimoiy-siyosiy fanlar uzviy bog„liq. Bu fanlarning qanday g„oyaga asoslanishi, ularni о„qitish asosida yoshlar ongi va ishonchiga, qalbiga qanday g„oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun ham zaruriy shartdir. Ayniqsa, mustabid tuzum davrida bu fanlarni о„ta mafkuralashtirib, xalqlar, mamlakatlar va millatlar taqdiriga, uning rivojlanish yо„li, milliy-madaniy merosiga, qadriyatlariga ham «sinfiy» manfaatlar «kommunistik g„oya» talablaridan kelib chiqib yondashilganligini aniq hisobga olish kerak. Natijada О„zbekiston xalqi hayoti, tarixi «о„zga xalqlar tarixi»ni о„rganishdan iborat bо„lib qolgandi. Yoki milliy madaniyat, qadriyatlar о„rnida «soxta baynalmilallashtirilgan», mohiyatan milliylikni e‟tirof etmaydigan, milliy 15 qadriyatlardan begona «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» bо„lgan tamoyilga bо„ysundirilgan edi. Butun ta‟lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniy- ma‟rifiy ishlar, adabiyot va san‟at, ijod uchun «sotsialistik realizm» muhim mezonga aylangan, tо„g„rirog„i aylantirilgan edi. Shunga javob berish va shunga amal qilinishi shart edi. Bu barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning yagona qolipga solinishiga «yagona kommunistik g„oya va mafkura»ning targ„ibotchisiga aylanishiga olib keldi. Oqibatda ijtimoiy-siyosiy fanlar «rivojlanishdan» «tо„xtadi». Fanlarning erkin rivojlanmasligi oqibatida ularning samarasi tushib, teskari «natija» berganligi ma‟lum. Bugun milliy istiqlol g„oyasining boshqa fanlar bilan munosabati tо„g„risida fikr yuritilganda avvalo uni «kommunistik g„oya tamoyillaridan tub farqini hisobga olish» muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda «fikrlar xilma-xilligi», «g„oyalar xilma xilligi» tamoyiliga asoslanishni, xalqning milliy-madaniy merosi va qadriyatlariga tayanishi hamda umumbashariy tamoyillarni e‟tirof etish qoidasi fanlarning rivoji uchun keng imkoniyat beradi. Ikkinchidan har bir fan yо„nalishlari (sohalari) orqali milliy istiqlol g„oyasi negizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy istiqlol g„oyasining tarixiy negizlarini - tarix orqali, falsafiy jihatlarini – falsafa, iqtisodiy asoslarini - iqtisod, diniy asoslarini – dinshunoslik, adabiyot va san‟at bilan bog„liq tomonlarini о„rganish orqali milliy g„oya kishilarning ishonch va e‟tiqodiga aylanib boradi. Boshqa fanlar ham о„z predmeti maqsad va vazifalari bilan shu mushtarak maqsadga xizmat qilishi tabiiy. Milliy istiqlol g„oyasini alohida fan sifatida о„rganish esa uning о„ziga xos xususiyatlarini, ishonch va e‟tiqodga aylanish bilan bog„liq qonuniyatlarining mavjudligini anglatadi. Uni alohida о„rganish yuqorida qayd etilgan fanlarning bevosita vazifasiga kirmaydi. Shu ma‟noda, milliy istiqlol g„oyasi bilan bog„liq bо„lgan qonuniyatlarni о„rganish, uning о„ziga xos jihatlarini bilish О„zbekiston xalqlari hayotida muhim ahamiyatga ega. U quyidagi yо„nalishlarda о„zining aniq ifodasini topadi. - Milliy istiqlol g„oyasi О„zbekistonning har bir fuqarosiga О„zbekiston xalqlari, о„zbek xalqi hayoti, ma‟naviy-ruhiy, madaniy merosi, milliy-ma‟naviy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiradi, uning mazmun va mohiyatini anglashga undaydi. Bu ularni milliy-ma‟naviy negizlariga tayangan holda rivojlanish, uni qadrlash tuyg„ularini shakllantiradi va mustahkamlaydi; - Milliy istiqlol g„oyasi tamoyillarining har bir fuqaroning ishonch va e‟tiqodiga aylanishi, kishilarning hatti-harakati va faoliyati orqali ularning mamlakat oldida turgan maqsadlarni birgalikda amalga oshirish uchun ularni mushtarak maqsadlar atrofida jipslashtiradi, ma‟naviy-ruhiy kuch-quvvat beradi. - Yot, zararli, begona g„oyalarning ta‟siridan saqlaydi, g„oyaviy immunitetni oshiradi. Prezidentimiz aytganlaridek, «fikrga qarshi fikr bilan, g„oyaga qarshi g„oya bilan, jaholatga qarshi faqat ma‟rifat bilan» kurashishni talab etadi. Chunki, о„zining fikri, g„oyasi bо„lmagan odam yot va begona, yovuz g„oyalarga qarshi kurasha olmaydi; - Milliy istiqlol g„oyasini о„rganish orqali inson turli xil g„oyaviy ta‟sirlarning maqsad va muddaolarini bir-biridan farqlay oladi. Fuqarolarda xususan yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy о„zligini anglashi milliy-ma‟naviy 16 qadriyatlarga bо„lgan sog„lom muhitni shakllantiradi va uni hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi. - Milliy istiqlol g„oyasini о„rganish, milliy g„urur, avlodlarga munosib vorislar bо„lish, ular bilan faxrlanish va ularga о„xshab о„z Vatanining ravnaqiga munosib hissa qо„shish bilan bog„liqdir. Hozirgi zamon ilm-fan yutuqlarini egallash, fan va texnologiyalarni о„zlashtirishga da‟vat etadi. Vatanparvarlik tuyg„ularini oshiradi. О„z xalqiga va millatiga bо„lgan sadoqatini mustahkamlaydi. Kelajak avlodlar oldidagi ma‟suliyatni oshiradi. О„zbekistonni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotga ega bо„lgan mustaqil mamlakat sifatida dunyo hamjamiyatida о„ziga xos о„ringa va nufuzga ega bо„lish uchun fidoyilik bilan mehnat qilishga xizmat qiladi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurilishida uning ahamiyati doimo oshib boradi. Chunki, dunyoda turli xil g„oyalar, turli xil maqsadlar mavjud bо„lar ekan, milliy istiqlol g„oyasi tizim sifatida amal qilishi kerak. Shunda О„zbekiston о„zining tadrijiy rivojiga ega bо„ladi. Milliy g„oya hayot о„zgarishlari bilan bog„liq holda doimo yangi-yangi muammolarga duch kelishi mumkin. Har bir davr, zamon va makon о„zgarishlari, unga bо„lgan ishonch va e‟tiqod zaruratini doimo saqlab qoladi. Faqat uni yangi sharoitda yangicha yondashuv, yangicha texnologiyalarni joriy etish asosidagina odamlar ongi va tafakkuri, ishonch va e‟tiqodi bilan bog„liq ma‟naviy-ruhiy olamining negizi bо„lgan milliy istiqlol g„oyasi uzluksiz ravishda mustaqillikni mustahkamlashga va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling