1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 
 
4.Milliy istiqlol g„oyasining asosiy tamoyillari va negizlari. 
Milliy istiqlol g„oyasining amal qilish tamoyillarining о„ziga xos tarzda 
namoyon bо„lishi jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning g„oyaviy jihatlarini belgilash bilan bog„liq. Shu nuqtai nazardan 
milliy istiqlol g„oyasining tamoyillari bir-biri bilan uzviy dialektik aloqadorlikda 
deyish mumkin. Ular о„z navbatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg„unligi 
talablariga mos kelishi bilan uzviy bog„liq. Milliy istiqlol g„oyasida insonparvarlik, 
inson qadr-qimmati, sha‟ni va or-nomusi, haq-huquqlari hamda manfaatlarining 
ustuvorligi tamoyiliga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu tamoyil 
о„tkinchi xarakterga ega bо„lmay, balki О„zbekistonning demokratik rivojlanish 
istiqbolini о„zida mujassam etadi. Bunda milliy g„oyaning insonparvarlik va 
demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg„unligini belgilab beruvchi 



tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini о„taydi. Demak, milliy istiqlol
g„oyasi muhim ikki bir-biri bilan bog„liq negizga tayanadi. Bu bir tomondan, 
О„zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an‟analari, madaniyati bilan 
bog„liq milliy-madaniy merosi bо„lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi 
hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e‟tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik 
ishlariga, о„zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan umuminsoniy 
tamoyillardir. Shu ma‟noda milliy istiqlol g„oyasi umumbashariy qadriyatlarni 
e‟tirof etadi. Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g„oyaning tayanch negizlaridan 
biridir. Bu tamoyil О„zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning 
о„z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun tо„la 
imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. О„tmishdan qolgan buyuk madaniy 
boyliklarimiz, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan о„rganish
- bu tamoyilning asosiy jihatidir. Lekin u narsani umumqonuniyat sifatida 
hisobga olish kerakki, umumbashariy qadriyatlar avvalo milliy-ma‟naviy negizda 
shakllanadi. Xalq, millatning ruhiyati, uning milliy-madaniy merosi orqali uning 
hayotida, maqsad va orzularida, jamiyat qurilishida о„zining aniq ifodasini topadi. 
Ijtimoiy taraqqiyot natijasida u yoki bu xalqlarga xos bо„lgan milliy-ma‟naviy 
qadriyatlardagi umuminsoniy mohiyati dunyo xalqlari rivoji uchun umumbashariy 
qadriyat sifatida xizmat qiladi. Ular bir-birini boyitadi ayni paytda о„zaro 
mushtaraklikka ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling