1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
Tarixiy-adabiy yodgorlik. A. Mahkam tarjimasi. T., «Sharq», 2001, 90,. 111-
betlar.], deyiladi. Shuningdek, asarda ona zaminni e‟zozlash, uni obod qilish g„oyalari targ„ib qilinadi. Jumladan, «Avesto»da yozilishicha Zaminni hammadan kо„proq baxtiyor qilgan shaxs, hammadan kо„p bug„doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zotdir! U quruq yerlarga suv chiqargan va suvli yerlarni shudgor qilgan zotdir… - deyiladi. Uzoq zamon ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir… Kimda- kim zaminni chap va о„ng qо„l bilan, о„ng qо„l va chap qо„l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi… Zamin ham mо„l-kо„l mevalarni in‟om etadi. Yerning shudgor qilinib, sara urug„lar sepilishi bug„doy maysasining unib chiqishi о„sha yerdagi yovuz kuchlar, devlarning bu yerlarni tark etishi tо„g„risidagi g„oya Avestoning Vandidat qismiga bag„ishlangan bо„limida quyidagicha berilgan: Qachonki egatlarda urug„ yetilsa devlar о„rinlaridan qо„padilar. Qachonki bug„doy gurkirab kо„karsa, devlar dahshatdan titray boshlaydilar. Qachonki bug„doy un bо„lsa devlar nola chekadilar. Qachonki bug„doy xirmonga uyulsa, devlar nobud bо„ladilar. Qay bir xonadonda bug„doy bosh chiqarsa, devlar u xonadondan uzoqlashadilar. Qay bir xonadonda bug„doy ombori bо„lsa, gо„yo qizdirilgan temir devlar bо„ynini chirmab tashlaydi («Avesto», 115 – bet) «Avesto»da aks etgan Zardushtning «Ezgu niyat, ezgu sо„z va ezgu amalni olqishlayman! Niyat, sо„z va amallar ichidan men ezgu niyat, ezgu sо„z va ezgu amalni tanlayman. Men barcha qabih andisha, qabih sо„z va qabih amaldan yuz buraman» [О„sha joyda.] degan hikmatli sо„zlari bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu о„lmas g„oyalar keyinchalik paydo bо„lgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom tomonidan ham qabul qilindi. Demak, bu kitob о„z davrida shakllangan g„oyalar tizimidan iborat bо„lgan jamiyat mafkurasi edi. Hindistonda paydo bо„lgan buddaviylik dini asta-sekin Janubiy, Sharqiy Osiyoning kо„pchilik xalqining mafkurasiga aylandi. Eramizning birinchi asrida Rim imperiyasida shakllangan xristianlik dini jahonning kо„pgina xalqlari va millatlari tomonidan qabul qilindi, ular ma‟naviy hayotiga singdi. VI asrning oxirida Arabiston yarim orolida paydo bо„lgan о„rtadagi ahillik, birodarlik, hamjihatlik, ezgulik, yaratuvchilik g„oyalarini targ„ib qilganligi sababli dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari xalqlari о„rtasida tarqaldi, ularning ma‟naviy hayoti, turmush tarzi va madaniyati rivojiga ijobiy ta‟sir kо„rsatadi. 35 Xitoy va hind mutafakkirlarining jamiyat rivoji haqidagi qarashlari va bunyodkorlik g„oyalari ham Osiyoning «sharqona» ma‟naviyatida о„ziga xos о„rin tutadi. Jumladan, buyuk Xitoy mutafakkiri Konfusiy (mil.av.551-479) g„oyalari hanuzgacha Xitoy xalqi mafkurasida yetakchilik qilib kelmoqda. Konfusiyning - falsafiy va axloqiy g„oyalari markazida inson, uning aqliy va ma‟naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi о„rni, vazifasi muammolari turadi. Bu g„oyaning asosi jamiyatni har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qо„yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalqni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash bо„lgan. Bu g„oyaga kо„ra, insonlar jamiyatning tabiiy taraqqiyotiga qarshi chiqmasligi, ya‟ni inqilobiy yо„lni tanlamasligi kerak. Konfusiy insoniyat haqida fikr yuritar ekan, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, haqgо„ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma‟naviy fazilatlarga erishishi tufayli kamolatga yetishuvi mumkin deb, hisoblaydi. Hayotning, borliqning - mohiyatini anglash tо„g„risidagi buddizm dinining asoschisi Siddxartxa Gautama qarashlari muhim о„rin tutadi. Har qanday insoniy tuyg„u, hissiyot, ehtiros va istak azob uqubatlarni chuqurlashtiradi. Hayot azob, tug„ilish, sevish, о„lim, azobdan iborat. «Borliq girdobi»dan chiqib olish uchun g„aflatdan uyg„onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, kо„ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim. Faqat shundagina «najot topish yо„li»ga kirish mumkin. Inson beshta axloqiy talabga amal qilishi talab qilinadi. Bu axloqiy talabga kо„ra, har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg„on gapirishdan, о„g„rilik qilishdan, his-tuyg„ularga ortiqcha berilishdan, ichkilikdan о„zini tiyish lozim. Siddxartxa Gautama insonni hayotda azob-uqubatlardan qutqarishning yо„llarini topish haqidagi ta‟limotida, uning yechimi insoning о„ziga bog„liqligini asoslashga urinib, inson faqat о„z kuchiga tayangan holda «najotning olijanob quyidagi sakkizlik yо„lidan» ongli harakat qilib sobitqadam borishi orqali о„z maqsadiga erishishi mumkin degan g„oyani ilgari suradi. Buning uchun: 1. E‟tiqod tо„g„ri shakllangan bо„lishi; 2. Maqsad sari qat‟iy harakat qilishi; 3. Tо„g„ri tafakkur va nutq bо„lishi; 4. Tо„g„ri fe‟l – atvor bо„lishi; 5. Tо„g„ri turmush tarzi bо„lishi; 6. Kuch - g„ayratning tо„g„ri maqsadga qaratilgan bо„lishi; 7. Fikr maqsadning tо„g„ri yо„naltirilgan bо„lishi; 8. Diqqat-e‟tiborni tо„g„ri orzu-niyat qilishga qaratish kerakligi [Jо‘rayev Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling