1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Inson va jamiyat hayotida g„oya va mafkuralarning xilma - xilligi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

6.Inson va jamiyat hayotida g„oya va mafkuralarning xilma - xilligi. 
Mafkuraviy plyuralizm 
Mafkuraviy plyuralizm (lot. Pluralis-xilma-xillik, rang-baranglik) - 
ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam,partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda 
etuvchi g„oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi. 
Inson va jamiyat hayotida g„oyalar va mafkuralar xilma-xilligiga amal 
qilish - tabiiy, ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojdir.
Jamiyatda g„oya va mafkuralar xilma-xilligining sababi, insonlarning turli 
xil fikr yuritishlari, jamiyat a‟zolari har birining tabiat-jamiyat hodisalari, olam va 
odam tо„g„risidagi fikrlari turlichaligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, har bir 
insonning, jamoaning, ijtimoiy qatlam, xalq va millatning, ijtimoiy guruhlarning 
о„ziga xos fikrlari va shu asosdagi g„oyalari mavjud bо„ladi. Ularning maqsad-
muddaolari orzu istaklari, manfaatlari ham turlichadir. Demak, ularning maqsad va 
manfaatlarini aks ettiradigan, ularga ma‟naviy-ruhiy kuch bag„ishlaydigan 
g„oyalari va ularni amalga oshirish yо„llari ham xilma-xil bо„lishi tabiiydir.
Jamiyatda fikrlar xilma-xil va rang-barang bо„lib, bir-biridan farq qiladi. 
Qanday maqsadga qaratilgani va yо„naltirilganiga qarab ham ular bir-biridan 
farqlanadi. Ezgulik, yaratuvchilik, bunyodkorlik, hamkorlik, ozodlik, erkinlikka 
qaratilgan fikrlar mamlakatda osoyishtalik xalqlar о„rtasida totuvlik barqarorlikka 
xizmat qiladi. Ular mamalakat taraqqiyotida muhim о„rin tutadi. Ezgulik va 


30 
yaratuvchilikni targ„ib qiluvchi fikrlar ezgu va bunyodkor g„oyalarning paydo 
bо„lishiga sabab bо„ladi. Masalan, Zardusht ta‟limotidagi ezgulik va 
yaratuvchilikni targ„ib qiluvchi fikrlar asosida ezgulik va bunyodkorlik g„oyalari 
vujudga kelgan. Amir Temurning parokanda bо„lgan xalqni birlashtirish va shu 
asosda Markazlashgan davlat tuzish tо„g„risidagi fikrlari negizida mamlakat 
obodligi, xalq osoyishtaligi tо„g„risidagi bunyodkorlik g„oyalari paydo bо„ldi. 
Fikrlar xilma-xilligi, bir-biridan farq qilish tufayli ezgu fikrlarga zid bо„lgan 
buzg„unchi, yovuz yoki zararli fikrlar ham mavjud bо„ladi. Buzg„unchi va yovuz 
fikrlar vayronkorlikni, jaholatni, urushni targ„ib qiladi. Buzg„unchi fikrlar 
ijtimoiylashib jamiyatdagi muayyan guruhlar, qatlamlar ongiga ta‟sir qilib ularning 
yovuz manfaatlarini ifodalaydigan g„oyaga aylanishi jamiyatda beqarorlik muhitini 
vujudga keltirib odamlar boshiga katta kulfatlarni, baxtsizliklarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Masalan, aqidaparastlik, agressiv millatchilik, buyuk davlatchilik 
shovinizmi, ekstremizm, xalqaro terrorizm bunga misoldir. 
Jamiyatda fikrlar xilma-xil bо„lgani va bir-biridan farq qilganidek g„oyalar 
ham turli tuman bо„lib, mohiyatiga, о„z о„z oldiga qо„ygan maqsadi va qaysi 
ijtimoiy guruhlarning manfaatiga xizmat qilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
G„oya bilan g„oyaning bir-biriga о„xshamasligi va ular о„rtasida farq bо„lishini 
tabiiy jarayon deb qarash kerak. Qaysi ijtimoiy qatlamning maqsadini ifodalashi va 
kimlarning manfaatiga xizmat qilishiga, qanday yо„nalishga egaligiga kо„ra ham
g„oyalar rang-barang bо„lishi mumkin. Lekin, g„oya va mafkuralarning xilma-
xilligi va bir-biridan farq qilishi tabiiy jarayon sifatida qaralishi bilan birga, ularni 
bir-biriga yaqin mushtarak tomonlari, ayni paytda bir-biriga mutlaqo tо„g„ri 
kelmaydigan jihatlari ham bо„ladi. 
Shubhasiz, ma‟lum bir g„oya va mafkurani jamiyat a‟zolari ongiga 
majburan singdirish va unga rioya qilishni barchadan talab qilish – jiddiy xatodir. 
Nima uchun? Sababi, masalan, sobiq «Ittifoq davri»da Kommunistik g„oya va
mafkurani jamiyatning barcha a‟zolari qaysi qatlam, ijtimoiy guruh, qaysi millatga 
va qaysi dinga mansubligi va muddaolari e‟tiborga olinmasdan, ular uchun 
majburiy qilib dahriylikni da‟vo qildi va oqibatda bu g„oyaning hayotiy ekanligiga 
odamlarda shubha va ishonchsizlik ortib bordi.
Ma‟lumki, mafkura muayyan bir ijtimoiy guruhning, millatning, xalqning, 
jamiyatning manfaatlarini о„zida mujassamlashtirgan qarashlar, g„oyalar tizimidir. 
Bu tizim о„zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy negizlariga ega. 
Demak, mafkura о„z mohiyati va vazifasi jihatidan nihoyatda rang-barang bо„lishi 
tabiiydir. Xuddi jamiyat hayoti turli qatlamlar, yо„nalishlar va darajalarga ega 
bо„lganidek, mafkura ham xilma-xil bо„lishi mumkin. 
Yer yuzidagi barcha insonlar о„z fikr-mulohazalariga ega bо„lib amaliy 
faoliyat yuritadilar. Shu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir 
xilda fikrlamaydi, ularning olam haqidagi tushunchalari, fikrlari xilma-xildir 
deganda, haq edi. Darhaqiqat, dunyodagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va 
davlatlar ham bir-biridan farq qiladi. Ularning diniy e‟tiqodlari, madaniyatlari, 
turmush tarzi, psixologiyasi, an‟analari, maqsadlari va taraqqiyot yо„llari ham rang-
barangdir. Tabiiyki, ularning orzu-istaklari, hayotiy ideallari, muddaolarini aks 
ettiradigan g„oyalar va ularni amalga oshirishda ma‟naviy-ruhiy kuch bag„ishlovchi 
mafkurasi ham xilma-xil bо„lishi tabiiydir. Darhaqiqat, dunyodagi har bir 


31 
davlatning, xalq va millatning, jamiyatning maqsad va manfaatlarini ifodalaydigan 
о„ziga xos g„oyasi va mafkurasi mavjud.
Mamlakatda ilg„or g„oyalar, mafkuralar qancha kо„p bо„lsa, ya‟ni 
mafkuraviy plyuralizm hukmron bо„lsa, taraqqiyotning samarali yо„lini tanlab olish 
uchun imkoniyat shunchalik keng bо„ladi. Fikrlar erkinligi va xilma-xilligi 
mafkuralarning mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini tо„ldirishiga xizmat qiladi.
Mustaqil О„zbekiston mafkura yakkahokimligidan voz kechdi va milliy 
taraqqiyoti uchun keng yо„l ochdi. Mamlakatimizda mafkuralar va fikrlar xilma-
xilligiga alohida e‟tibor beriladi. G„oya va mafkuralar xilma-xilligi ijtimoiy 
taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g„oyalarning paydo bо„lishiga turli 
xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy institutlarning manfaatlarini umumiy tarzda 
rо„yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek u mamlakatimizda 
kо„ppartiyaviylik tizimiga ham sharoit yaratadi. Siyosiy partiyalar esa о„zlari 
mansub bо„lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-
umidlarini umumlashtirgan holda о„z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi.
Shu bilan bir qatorda, tarixiy taraqqiyotning ma‟suliyatli davrlarida 
jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar, millat yoki siyosiy yо„nalishlarni о„zida 
mujassamlashtiruvchi, kо„pchilikka maqbul, umum tomonidan ma‟qullanadigan, 
jamiyatning asosiy manfaatlarini о„zida mushtaraklashtiradigan mafkuralar ham 
bо„lishi mumkin. Masalan, milliy ozodlik kurashi mafkurasi, milliy mustaqillik 
mafkurasi va hakazo. Umummiliy g„oya jamiyat a‟zolarining, xalq ommasining
tub manfaatlarini va kо„nglidagi orzu intilishlarini ifoda etgani, millatlarning 
birdamligi, 
jamiyatning 
qudratini 
mustahkamlashi, 
fuqarolar 
о„rtasidagi 
bag„rikenglik munosabatlarini ifoda etgani sababli odamlarni ulkan maqsadlar 
yо„lida birlashtiradigan joziba kuchiga ega bо„ladi. Bunday g„oya jamiyatda 
barqarorlikni ta‟minlaydi. Tarix saboqlari shundan dalolat beradiki fikrini erkin 
ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijtimoiy qatlam, avvalo, о„zining aniq-ravshan
asosli qarashlariga ega bо„lishi, о„z nuqtai nazarining oqibati uchun ma‟suliyatni 
о„z zimmasiga olishi, bahs-munozara madaniyati talablariga amal qilishi lozim. 
YA‟ni, fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi muayyan jamiyatning 
milliy manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlarga, qonun normalariga, ahloqiy 
mezonlarga zid bо„lmasligi lozim. Shu sababli jamiyatda bunyodkor-
yaratuvchanlik g„oyalarini ilgari suruvchi va hayotga tadbiq etuvchi kuchlar 
jamiyat axli о„rtasida о„z g„oyalarini singdirishga urinsalar kо„pchilik ongiga ijobiy 
ta‟sir etib, jamiyatda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik va yaratuvchilik ishlariga 
о„z ta‟sirini kо„rsatadi. Masalan, bu ilk о„rta asrlarda mamalakatimiz xududida ilm-
fan, din, madaniyat, adabiyot, hunarmandchilik rivojlanib iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy-ma‟naviy sohalarda uyg„onish sodir bо„lib, kо„plab yetuk allomalarning 
yetishib chiqishiga olib keladi. Ular о„z ta‟limotlarida buyuk g„oyalar yaratib, 
jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‟sir kо„rsatdi. Darhaqiqat, bunyodkorlik g„oyalari 
insonni ulug„laydi, uning ruhiga qanot bag„ishlaydi. 
Jamiyatda ezgu g„oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan 
yashashga, olijanob maqsadlar yо„lida e‟tiqod bilan kurashishga о„rgatadi. 
Mustaqillik yillarida О„zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi 
bunyodkorlik ishlari bunga yorqin misoldir. Inson va jamiyat bor ekan, ezgulik 
g„oyalarining ziddi bо„lgan zulm va zо„ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi 


32 
shaklarda namoyon bо„lishi ham mumkin. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, 
tinchlik, qardoshlik, rivojlanish va farovonlik g„oyalariga tayanib, yuksak 
maqsadlar sari intilishlarini tо„xtata olmaydi. Ezgu va yuksak g„oyalar odamlarni 
hamisha olijanob maqsadlar sari yetaklayveradi. Bunyodkorlik g„oyalari yurtni 
obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular 
insoniyat taraqqiyotga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu 
g„oyalari sifatida yashab kelmoqda. 
7. Bunyodkor g„oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy 
ta‟siri 
Bunyodkor g„oya - insonni ulug„laydigan, uning kuch-g„ayrati va 
salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga 
safabar etadigan, о„zida taraqqiyot, ma‟rifat, dо„stlik, tinchlik, adolat, halollik, 
poklik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g„oyadir. 
Insoniyat tarixi xilma-xil g„oya va mafkuralarning vujudga kelishi, 
amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda 
turli g„oyalar u yoki bu kuchlarga xizmat qilishi, о„ziga ishongan kishilarni qanday 
maqsadlar tomon yetaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi.
Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta‟sir 
kо„rsatgan nazariy ta‟limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli 
davrlarida ulkan aql-zakovat, iste‟dod va teran tafakkur sohiblari mislsiz zahmat 
chekkanini kо„ramiz. Suqrot va Platon, Konfusiy va Zardusht, Amir Temur
Alisher Navoiy, Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlarning faoliyati buning 
yaqqol tasdig„idir. 
Ularning har biri о„z davrida о„zi mansub xalqni birlashtiradigan ulkan 
ahamiyatga molik g„oyalarni yaratganlar. Bu g„oyalarga tayanib bunyodkorlik 
yо„lida, ezgu maqsadlarga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar. Bu 
borada insoniyatga ezgulik g„oyalarini targ„ib qilgan Zardusht ham, «О„zini 
anglamoq buyuk saodat» ekanligini anglatgan Suqrot ham, «xalqni yakqalam 
qildim», deya insonparvarlik, adolat g„oyalarini kuylagan va qoniqish hissini 
tuygan Navoiy ham, Markazlashgan davlat tuzib, xalqni birlashtirib, uning adolat 
kuchiga ishonchini mustahkamlagan Amir Temur ham, Hindiston ozodligi yо„liga 
umrini baxshida aylagan ma‟rifat yо„li bilan g„olib chiqqan Maxatma Gandi ham 
bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bо„lgan ulug„ insonlardir.
Jamiyatda ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkuralarga bunyodkor 
g„oyalar asos bо„ladi.
Bunyodkorlik aql-zakovat, qalb bunyodkorligiga aylanganda chinakam qadr-
qimmat kasb etadi. Masalan, sobiq shо„ro davrida insonlar qalbidagi bunyodkorlik
tuyg„usini sо„ndirgan tuzum о„zicha kо„p ishlarni, ulkan rejalarni amalga oshirish 
uchun urinib kо„rdi. Lekin qalb bunyodkorga aylanmagani uchun qilingan ishlarda 
baraka va samara bо„lmadi. Qalb bunyodkorligi esa e‟tiqod bilan, pok niyat bilan 
nafaqat bugunni va ertani, balki olis kelajakni о„ylab yaratishdir. Odamzodga 
azaldan aql-zakovat bilan qalb bunyodkorligi xos fazilatdir. Uning qalbi bilan qо„li 
bir maromda ishlasa, haqiqiy mо„jizalar bunyod etiladi. Necha asrlardan buyon 
dunyoni hayratga solib kelayotgan Misr ehromlari, Shahrisabzdagi Oqsaroy, 


33 
Samarqandagi Bibixonim, Tojmahal yodgorligi, Registon maydonidagi madrasalar 
majmui, Eyfel minorasi, qanchadan-qancha san‟at va madaniyat durdonalari - 
barchasi ana shunday bunyodkorlik namunasidir. Bunday mо„jizalar bizning 
madaniy merosimizda, Xiva, Buxorodagi betakror obidalarimizda, mumtoz san‟at 
asarlarimizda yuksak axloqiylikka asoslangan urf-odat va an‟analarimizda о„z 
aksini topgan. 
Buyuk donishmand bobomiz Bahouddin Naqshband «Diling - Ollohda, 
qо„ling - mehnatda bо„lsin» deya yaratuvchilikka da‟vat etganlarida, har qanday 
ishni aql va e‟tiqod bilan bajarishni nazarda tutganlar. Ushbu shiorda inson 
kо„nglida Ollohga e‟tiqod qо„yib, о„zi xalol mehnati bilan tirikchilik о„tkazish va 
ilm-hunar о„rgatib Vatanni obod qilishga da‟vat etiladi. Diniy ishlarni dunyoviy 
ishlar bilan bog„lab olib borish, dunyoviylik va diniy e‟tiqodning mushtarakligi 
orqali jamiyatda barqarorlik, osoyishtalik va farovonlikka erishish mumkinligi 
g„oyasi targ„ib qilinadi. Mustaqillik yillarida, О„zbekistonda - Islom dinining ezgu 
g„oyalari milliy qadriyatlarimiz va turmush tarzimizga chuqur singib bormoqda. 
Umuman, e‟tiqodni faoliyatga, faoliyatni esa e‟tiqodga aylantirish xalqimizga xos. 
Masalan, yaxshilikni, ya‟ni oddiy insoniy faoliyatni e‟tiqod darajasiga 
kо„targanimiz yoki Ollohga bо„lgan ishonch-e‟tiqodimizni faqat ezgulik yо„lida 
xizmat qildirishni an‟anaga aylantirganimiz (ya‟ni, dinni niqob qilib 
mutaassiblikka, jaholatga, buzg„unchilikka berilmaganimiz) - buning tasdig„idir.
Bunyodkor g„oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin 
jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma‟lum. Bunday jarayon 
ijobiy g„oyalarning tug„ilishiga, ular esa о„z navbatida elatlar, xalqlar, millatlar 
manfaatlarini ifodalovchi hayot tarzining shakllanishi uchun asos bо„lgan. 
Shuningdek, milliy davlatlarning yuzaga kelishida bu g„oyalar yetakchi va 
yо„naltiruvchi ahamiyat kasb etgan. Buni biz о„zbek davlatchiligi g„oyalarining 
shakllanishi va takomili misolida ham kuzatishimiz mumkin. 
Bunyodkorlik g„oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek 
oliyjanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan 
davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g„oyalari sifatida yashab
kelmoqda. Prezident Islom Karimovning «О„zbek tom ma‟noda bunyodkordir», 
degan sо„zlarida ham ana shu boqiy g„oyalarning ma‟no-mazmuni о„z ifodasini 
topgap. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir. Insoniyat 
tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi 
yuksak g„oyalar urug„ini sepgan zot, payg„ambar Zardusht yaratgan «Avesto» 
kitobidagi yuksak g„oyalar buyuk vatandoshimiz Zardushtning о„lmas mafkurasi 
edi. 
Qariyb uch ming yil muqaddam - ma‟rifat ziyosini jaholat bulutlari qoplab 
olgan davrda buyuk vatandoshimiz Zardusht yakkaxudolik va ezgulik g„oyalarini 
targ„ib qilishni boshlagan edi. Zardusht ta‟limotida insonni ezgulikka da‟vat 
e‟tuvchi g„oyalar markaziy о„rinni egallaydi. 
Ezgulik va yovuzlik kuchlari о„rtasida g„oyaviy kurash zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham bayon etilgan. Unda harbiy 
tо„qnashuvlar, bosqinchilik urushlari, jonivorlarni, hayvonlarni azoblash, 
odamlarga adolatsizlik, yolg„onchilik, ahdga vafosizlik, hiyonat qilish g„oyalari
qoralanib, о„troq, osoyishta, hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, 


34 
chorvachilik bilan shug„ullanishga da‟vat etadigan g„oyalar ulug„lanadi. 
Zardushtiylik dinida yer, suv, musaffo havo, ona - tabiat e‟zozlanadi, quruq yer 
ochib uni bog„u-rog„ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha 
bog„lar, ekinzorlarni, sug„orish inshoatlarini buzganlar katta gunohga qoladi. 
Zardushtning bunyodkor g„oyalari insonlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat 
qilib Vatanni obod qilishga da‟vat etadi. 
«Avesto»da vatanparvarlik g„oyasi ulug„lanib odamlarni barkamol 
bо„lishga da‟vat etilgan. «Menga barkamol va dinogoh, vatansevar va anjumanoro, 
ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan quqaruvchi farzandlar bag„ishla. Toki 
ular manzil, shahar о„lka va uning nom hamda ovozasini kо„tarsinlar»[Avesto. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling