1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


 Globallashuv va milliy g„oyaga ehtiyoj


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 4. Globallashuv va milliy g„oyaga ehtiyoj 
Milliy ma‟naviyatimizni va ma‟naviy о„zligimizni tahdidlardan himoya 
qilish uchun milliy istiqlol g„oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yо„q. Shu 
masalada milliy istiqlol g„oyasining juda muhim funksiyasi, ya‟ni milliy va 
ma‟naviy о„zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namoyon bо„ladi. Milliy 
istiqlol g„oyasi ana shu funksiyani bajarishi uchun esa yoshlar va aholi ongida faqat 
bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e‟tiqod sifatida shakllanishi lozim.
Milliy istiqlol g„oyasining shakllantirilishi va uning о„quvchilar, talabalar
keng aholi tomonidan о„rganishga kirishilishi mamlakatimiz ma‟naviy 
taraqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi. Aslida milliy istiqlol g„oyasining 
negizlari chuqur. U xalqimizning milliy madaniy merosidan, ezgu g„oyalaridan 
oziqlanadi. Lekin, bu g„oyani yoshlar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan 
poydevor kerak edi. YA‟ni, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy ma‟naviyatni tiklash, 
milliy g„ururni uyg„otish, bir sо„z bilan aytganda, milliy istiqlol g„oyasi tomir otishi 
va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim edi. Mustaqillik qо„lga 
kiritilgandan buyon о„tgan davr ichida ma‟naviyat sohasida ulkan nazariy, ma‟rifiy 
va amaliy ishlar bajarildi. Ma‟naviyat va ma‟rifat kengashlari tuzildi, yuzlab 
maqola va risolalar nashr etildi, tadqiqotlar о„tkazildi, ta‟lim tо„g„risida milliy 
dastur qabul qilindi. Bir sо„z bilan aytganda, milliy istiqlol g„oyasini keng targ„ib 
qilish uchun zamin yaratildi. 
Milliy 
istiqlol 
g„oyasini 
targ„ib 
qilishda, 
bizningcha 
ba‟zan 
birtomonlamalikka yо„l qо„yilmoqda. Bu g„oyani targ„ib qilishda ishtirok etayotgan 
murabbiy va о„qituvchilar, tadqiqotchilarning chiqishlarida, maqola va risolalarida 
ma‟rifatchilik bilan cheklanish kо„zga tashlanmoqda. Holbuki, ma‟naviyatni 
rivojlantirishda asosiy yondashuv ma‟rifiy yondashuv bо„lsa ham milliy istiqlol 
g„oyasini targ„ib qilishda bu yondashuv bilan cheklanib bо„lmaydi. Bu hol milliy 
istiqlol g„oyasining xususiyatlari bilan bog„liq. 
Milliy g„oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot kо„ndalang 
qо„yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bо„layotgan g„oyaviy, ma‟naviy 
tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari 
ana shu g„oyaga bо„lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda globallashuv 


52 
jarayoni bо„lmasa, milliy g„oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki, globallashuv 
bо„lmaganda har bir xalq va millatning ma‟naviyati о„zicha mavjud bо„lar va 
imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta‟sir va tahdidning yо„qligi esa milliy 
g„oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi.
Milliy istiqlol g„oyasining mohiyati shundaki, u odamlar ongida, xotirasida 
g„oyaligicha qolmay amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va 
haqiqiy istiqlol g„oyasi bо„lishi mumkin. Shundagina u globallashuv sharoitida 
milliy ma‟naviyatni va ma‟naviy о„zlikni tashqi nosog„lom mafkuraviy 
tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling