1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1. 
Globallashuv deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Nima uchun mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchli? 
3. 
Ikki qutbli dunyo nima edi va nega barham topdi? 
4. 
Yapon tajribasi nima? 
5. 
Qanday mafkura poligonlarini bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


55 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-mavzu: Xozirgi davrda goyaviy taxdidlarning yunalishlari va
axborot havfsizligi. 
1. XXI asrda g„oyaviy-mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy
iqtisodiy, siyosiy sabablari. 
2. Mafkuraviy tahdidning oshkora va yopiq xarakteri.
3. Axborot havfsizligining lokal va global axamiyati. Xavfsizlik va barqarorlikka 
tahdidlar va mafkuraviy immunitet 
4. G„oyaviy himoyaning xorij tajribasi namunalari 
1.Mafkuraviy immunitet - xavfsizlikning ma‟naviy asosi 
Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g„oyaviy 
tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot va zararli 
g„oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. 
Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g„oyani zо„r 
berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g„oyalarga qarshi 
hushyor va ogoh bо„lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil fevral, 2004 
yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik voqealardan 
tо„g„ri xulosa qilish muhim. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki 
xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. YA‟ni jamiyat, millat о„z g„oyasida 
mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qо„llashi mumkin bо„lgan 
mafkuraviy tahdidlaridan qо„rqmasa, bunday millatni yengish mumkin emas. 
Aksincha, jamiyat ichida g„oyaviy parokandalik, bо„linishlar bо„lsa, (bunga tarixda 
misollar kо„p) dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yо„l ochib beradi. Bunday 
millatni yengish, mustamlaka qilish oson kechadi (bunga ham tarixda misollar 
kо„p). Bu haqda A. Oripov:
Turkistonning bolalari, maqtovimga quloq tutmang, 
Gina qilsam chidang, ammo gaplarimni hech unutmang. 
О‘t ketsin u qora kunga - birovlarga qul bо‘ldingiz, 
Sharqu G‘arbning о‘rtasida oyoq osti yо‘l bо‘ldingiz
1
.
degan edi о„zining «Turkistonning bolalari» she‟rida. Shunday ekan, 
barqarorlik va xavfsizlik – jamiyatning ongliligiga, anglangan tо„g„ri tushuncha va 
bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g„oyaviy birligiga, bular esa xavfsizlik 
ma‟rifatiga tayanadi.
Mamlakatimizning 
xavfsizligi, 
barqaror 
taraqqiyoti 
hech 
bir 
о„zbekistonlikni befarq qoldirmasligi kerak. Chunki ular о„z, yagona Vatanining 
tarixi qanday mashaqqatli, azobli asrlarni о„tkazib, mustaqillikka erishganligini 
yaxshi biladilar. Shunday ekan, Vatan - О„zbekistonning posboni ham millatidan, 


56 
dinidan, tug„ilgan joyidan, kasbu-yoshidan qat‟iy nazar uning о„zbekistonlik 
bо„lishidir. Demak, mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat – 
о„zbekistonliklarning milliy istiqlol g„oyasi atrofidagi jipsligidir. Shu tariqa milliy 
g„oya bizni о„tmishimiz, hozirgi hayotimiz va kelajagimiz bilan bog„lab turadi. Shu 
sababli О„zbekiston xalqining milliy istiqlol g„oyasiga asoslangan immuniteti - 
Vatan xavfsizligi darajasining muhim kо„rsatkichlaridan biriga aylanadi. 
Milliy istiqlol g„oyasi xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, 
ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag„rikenglik, komillikka 
tayanar ekan, ana shu g„oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki 
tahdidlarni oldini oladi. Tashqi tahdidlar - О„zbekistonning davlat chegarasidan 
tashqaridan kirib keluvchi, ichki tahdidlar esa О„zbekiston davlati mamlakatning 
ichidan chiqayotgan tahdidlardir. Biz kо„p asrlar ana shu ichki tahdidlar tufayli 
mustamlakalikda yashab keldik. 
Ichki tahdidlar - о„z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar 
yetkazishga qaratilgan g„oya, fikr, xatti-harakatlardir. Nosog„lom mahalliychilik
yonidagilarni mensimaslik, vatandoshlarning haqqiga xiyonat qilish, «ma‟naviy 
emigratsiya» (baxtini о„z vatanidan emas, о„zga joylarda qidirish), odamlarni boy-
kambag„alga bо„lib muomala qilish, poraxо„rlik, korrupsiya, qо„pollik, ashaddiy 
millatchilik, merkantilizm, ortiqcha mol-dunyoga hirs qо„yish, befarqlik, loqaydlik, 
о„zligini anglamaslik va boshqa illatlar bilvosita ichki tahdidlar vazifasini bajaradi. 
Ular qancha keng tarqalsa, о„zbekistonliklarning g„oyaviy birligiga shuncha kо„p 
zarar yetkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bо„lmaydi. G„oyaviy birligi mо„rt 
millatning davlat xavfsizligi ham mо„rt bо„ladi.
Barcha zamon va makonlarda ma‟naviyati kuchli, ishonch va e‟tiqodi 
mustahkam millat bir jonu bir tan bо„lib, muammolarni tez va soz yechgan, 
peshqadam bо„lgan. Mafkuraviy birligi ichidan yoki tashqaridan buzilgan millatlar 
esa, mag„lub bо„lib, mustamlakaga aylangan. Buning tarixiy misolini Bilga 
xoqonning turk xalqiga bundan 1266 yil oldin toshga bitilgan murojaatida ham 
kо„ramiz. Bu bitik mafkurasizlikning ayanchli oqibatlarini tasvirlaydi. Bilga 
xoqon turk elining adashuvi natijasida uning boshiga qanchalar falokat
yog„ilganini kuyinib aytadi. «Tabg„ach xalqi sо„zi shirin, nafis ipaklari bilan aldab, 
yiroq xalqni shunday yaqinlashtirar ekan. Yaqin bо„lgandan sо„ng yovuz ilmini u 
yerda kо„rsatar ekan... Shirin sо„ziga, nafis ipakligiga aldanib, kо„p turk xalqi, 
о„lding. Ey, turk xalqi, о„lding...»
Ushbu tarixiy misol «mafkura bо„lmasa odam, jamiyat, davlat о„z yо„lini 
yо„qotishi muqarrar» ekanligini kо„rsatib turadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling