1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
2.Mafkuraviy immunitet
Gо„dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi mexanik ta‟sirlardan о„zini xavfsiz qilish,saqlash, himoya qilishni bilmaydi. О„zini о„zi himoya qilishning shartli reflekslari asta-sekin, ulg„ayish davomida paydo bо„ladi. Natijada balog„atga yetgach, о„spirin о„zini о„zi himoya qilishning barcha kо„nikmalariga ega bо„ladi. Odamning ma‟naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan о„zini ongli himoya qilish kо„nikmalari ta‟lim-tarbiya, ota-onalar о„gitlari, yaxshilik va yomonliklarni kо„rishi va bilishi jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan 57 savollarga asoslangan bog„cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yо„lga qо„yilsagina har bir millat sog„lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bо„ladi. Immunitet esa о„z navbatida odamni tо„g„ri yо„ldan «ozish»dan, turli yо„llarga adashib, keyin pushaymon bо„lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa - parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bо„linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma‟naviy birligi, ma‟naviy sog„lomligini himoya qiluvchi g„oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov «Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bо‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»ligi haqidagi fikrni alohida ta‟kidlaganlar. «Immunitet» sо„zining ma‟nosi О„zbekiston milliy ensiklopediyasida quyidagicha berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bо„lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning о„z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik kо„rsatishi, rezistentligi. Yot omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug„lar, sodda jonivorlar, gelmintlar, kо„chirib о„tkazilgan a‟zo va tо„qimalar, organizmning о„zgargan о„z hujayralari (mas., о„smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bо„lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi 2 . Organizmni infeksion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bо„yicha uchga bо„linadi: Birinchisi. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgilar bilan ta‟minlanib, nasldan-naslga о„tadigan nomaxsus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi bо„lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining kо„pgina yuqumli kasallik qо„zg„atuvchilarga chidamliligi ta‟minlanadi. Ikkinchisi. Tug„ma immunitet (turga xos, tabiiy) – bir biologik turning ma‟lum bir patogen agentga nisbatan chidamliligi bо„lib, nasldan-naslga о„tadi. Uchinchisi. Orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan ta‟sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bо„lib, nasldan-naslga о„tmaydi. Mafkuraviy immunitet ma‟naviy, ma‟rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetishni, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish kо„nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog„lom g„oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatidir. «… Ana shunda johil aqidaparastlikning «da‟vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g„oyalar ham о„z ta‟sirini о„tkaza olmaydi» 3 . Mafkuraviy immunitet о„z-о„zidan namoyon bо„lmaydi. Uning namoyon bо„lishi uchun ichki yoki tashqi g„oyaviy, fikriy ta‟sir bо„lishi kerak. Inson qarshisida yangi, notanish g„oya, taklif turganida, yoki ikki yо„ldan birini tanlashga tо„g„ri kelganida ularni о„z manfaatlari “kо„rigi”dan о„tkazadi. Uning о„sha paytdagi manfaatlariga kо„proq mos kelgan, boshqa g„oyalar, takliflarni yenggan g„oya endi uning harakatlarini boshqara boshlaydi. Masalan, Davron kechqurun “Internet sinfi”ga borib, mutaxassisligi bо„yicha yangiliklarni tо„plamoqchi edi. Shunda kursdosh о„rtog„i Bahodir uning xonasiga kirib, unga diskotekaga borishni, spirtli 58 ichimliklar bilan hordiq chiqarishni taklif qildi. Davron unamadi, Bahodir ham bо„sh kelmay, uni astoydil kо„ndirishga kirishdi, qiziqtira boshladi. Davronning bugun kechqurunga mо„ljallangan niyati, kichik “g„oyasi”ning amalga oshishi xavf ostida qoldi. Mana shu tipik vaziyatda ham о„ziga xos g„oyalar kurashining kichik namunasi mujassam. Davronning Internet sinfida ishlash, bilimini oshirish niyati, qarori, g„oyasi mustahkam bо„lsa, u ushbu g„oyasini himoya qiladi. Natijada Bahodir da‟vat qilayotgan diskotekaga borish g„oyasi yengiladi. Davron о„zining kasbiy, ilmiy karyerasi yо„lida yana bir qadam oldinga ketadi. Mafkuraviy immunitet muayyan g„oyalar tо„qnashgan vaziyatlarda namoyon bо„ladi. Mafkuraviy immunitet fikriy jarayon natijasi bо„lganligi tufayli u ilmiy asoslangan, dalillar sistemasiga quriladi. Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini mafkuraviy bilim (vayronkor va bunyodkor g„oyalarning mohiyati, farqi haqidagi) (H) his-tuyg„u, (I) iroda, (K) kо„nikma va malakalar (M)tizimi tashkil qiladi. Mafkuraviy kо„nikmalar bilim, faoliyat va hatti-harakatlar birligida namoyon bо„ladi. Malakalar esa yot g„oyalar ta‟siriga qarshi qaratilgan avtomatlashgan munosabat, adekvat yо„l va usullardir. Shu tariqa mafkuraviy immunitetning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: MIQB+H+I+K+M Mafkuraviy kо„nikma va malakalarning hosil bо„lishida milliy g„oya negizlari muhim rol о„ynaydi. Agar mafkuraviy tahtid sezilganda, nima qilish kerakligini о„ylab о„tirmay va ayrim harakatlarga alohida diqqat qilib о„tirmay g„oyaga g„oya bilan javob berish amalda bajarila boriladigan bо„lsa, mafkuraviy immunitet amaliy shakllandi, deb hisoblash mumkin. О‘z millatini, uning sha’n-shavkatini, salohiyati va qadriyatlarini oyoq osti qilgan, uning dardiga malham bо‘la olmaydigan kishi qanday mavjudot bо‘lsa bordir, ammo inson emas. Siz О‘zbeksiz va, avvalo shu bilan baxtlisiz. G‘aybulloh As-Salom Milliy istiqlol g„oyalariga shaxsning ishonchi, mustahkam irodasi uning mafkuraviy immuniteti manbai hisoblanadi. Bunday mafkuraviy immunitetga ega bо„lgan shaxs yot mafkuralar ta‟siriga berilmaydi, chunki Milliy istiqlol g„oyasi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda о„ziga xos imkoniyat va xususiyatlarga ega. Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalliklariga bо„lgan ishonchga quriladi. Bu ishonch esa ishontirish, tushuntirish natijasida hosil bо„ladi. Masalan, О„zbekiston - dunyoviy davlat. Dunyoviy davlat faoliyatining asosiy tamoyillari, afzalliklari ularni diniy davlat bilan taqqoslagandagina keng va tо„liq tushunchalarni beradi. Bu dunyoviy milliy-demokratik tuzumning mohiyati va afzalliklarini anglab yetishga olib keladi. Taraqqiyotning «О„zbek modeli» rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, hamda boshqa davlatlarda yuz berayotgan jarayonlar, hodisalarni qiyoslash, anglab yetishga imkon beradi. Demak, mafkuraviy immunitetni shakllantirish-muayyan mafkuraviy vaziyatda insonning о„zi, xalqi, Vatani manfaatlari birligidan kelib chiqib, yot g„oyalarga qarshi tura olish malakalaridir. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling