1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA




1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining 
predmeti, maqsadi va vazifalari. 
 
1. 
“Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini о„rganish sabablari 
2. 
Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari 
3. 
Milliy g„oyaning asosiy tushunchalari va qonunlari 
4. 
Milliy g„oyaning asosiy tamoyillari va negizlari 
5. 
Milliy g„oyaning turli xil fikr, g„oyalarga munosabati, ijtimoiy ma‟naviy 
hayotda aks etishi 
6. 
Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining boshqa fanlar bilan 
aloqadorligi va uni о„rganishning ahamiyati 
 
1. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini о„rganish 
sabablari 
Insoniyat tarixiy taraqqiyotning sivilizatsiyalashgan davri tajribasi biron-bir 
jamiyatning ezgu g„oyalarsiz va sog„lom mafkurasiz rivojlana olmasligini 
tasdiqlamoqda. Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 
о„zbek xalqi ham о„z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo 
etish kabi buyuk ezgu maqsadlarni qо„ydi. Ana shu ezgu maqsadlarni amalga 
oshirish, mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo 
etishda, bizga yot va begona mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har 
tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g„oyaviy bо„shliq bо„lishiga 
yо„l qо„ymaslik va nihoyat, yurtning yuksak taraqqiyotini ta‟minlash - milliy 
istiqlol g„oyasini shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. 
Mustaqillik 
tufayli 
О„zbekiston xalqi о„zining milliy-ma‟naviy 
yangilanishda milliy istiqlol g„oyasiga tayanishga alohida e‟tibor berdi. Mustabid 
tuzum davrida amal qilib kelingan, xalqimizning milliy-ma‟naviy ruhiyatiga 
tamomila zid bо„lgan «kommunistik g„oya»dan voz kechildi. О„zbekiston xalqi о„z 
milliy g„oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yо„lini tanladi. Uning о„ziga 
xos sabablari mavjud. Ular asosan quyidagilardan iborat:
Birinchidan, О„zbekiston xalqining о„z mustaqilligini qо„lga kiritishi bilan 
uzviy bog„liq. Chunki, mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi о„ziga xos va mos 
rivojlanish yо„lini tanlash huquqiga ega bо„ldi. Bu esa xalqimizning tarixan qaror 
topgan milliy-madaniy meroslarini, qadriyatlarini, ma‟naviy-ruhiy olamini qayta 
tiklagan holda о„z kelajagini kо„rish va qurish imkoniyatini berdi.
Ikkinchidan, «mustabid» totalitar tuzum davrida jamiyatning g„oyaviy asosi 
bо„lgan yagona kommunistik mafkura mamlakatimiz xalqlari, xususan о„zbek 
xalqi turmush tarzi, dunyoqarashi, tarixi, urf-odatlari, an‟analari va milliy 
xususiyatlarini hisobga olmaganligi hamda bizga begona va yot bо„lgan 
qadriyatlarni, maqsadlarni singdirishga urinib kelganligi tufayli, uning asoratlaridan 
xalos bо„lishga bо„lgan ma‟naviy ehtiyojning mavjudligi bilan bog„liq edi.



Uchinchidan, ma‟lumki har bir xalq, davlat yohud jamiyat bor ekan, albatta 
u maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma‟naviy asoslarni beglilab 
oladi. Maqsad esa uning milliy-ma‟naviy g„oyasi orqali о„z ifodasini topadi. Shu 
ma‟noda о„zining mustaqil rivojlanish yо„lini tanlab olgan О„zbekistonda unga 
tabiiy-ma‟naviy ehtiyoj sifatida qarash orqali uning sabablarini tо„g„ri tushunish 
mumkin;
Tо„rtinchidan, jamiyat tarixida g„oyalar har-xil bо„lgan. Bir-biriga maqsadi 
bilan yaqin bо„lgan g„oyalar ham ayni paytda bir-biriga tо„g„ri kelmaydigan 
g„oyalar ham bor. Ular bir-biriga mutlaqo teskari bо„lgan maqsadlarga 
yо„naltirilganligi tufayli jamiyat hayotiga turli xil ta‟sir kо„rsatadi va turli xil 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Demak, g„oya bilan g„oyaning, maqsad bilan 
maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish va anglash uchun ham milliy istiqlol 
g„oyasini о„rganish zarur. 
Beshinchidan, g„oyalar jamiyatdagi turli insonlar, ijtimoiy guruhlar, 
qatlamlar, xalqlar, millatlar maqsadi, orzu intilishlari, hayotni idrok etish kо„nikma 
va malakalari, xulq-atvor kо„rinishlari, qadriyatlari manfaati bilan uzviy bog„liq 
bо„ladi. U yoki bu g„oya qaysi manfaatni qanday tamoyillarga asoslangan holda 
ifoda etishiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunga qarab uning maqsadiga va 
qanday g„oya ekanligiga baho beriladi;
Oltinchidan, g„oyalar о„z oldiga qо„ygan maqsadining kо„lami bilan ham 
bir-biridan farqlanadi. U mutloqlikka, yagona tо„g„ri ekanligiga da‟vo qilishi 
mumkin. Shunday ijtimoiy g„oyalar borki, u о„z maqsadlarini butun insoniyatga, 
bashariyatga daxldorlikni uning ongiga, ishonch va e‟tiqodiga aylantirishni da‟vo 
qiladi. О„ziga mos jamiyat rivojlanish modelini qurishni, dunyo xalqlarini «yagona 
andoza» shakliga olib kirishni maqsad qilib qо„yadi. О„z maqsadlarini boshqa 
xalqlarning milliy xususiyatlarini hisobga olmasdan, qanday yо„l bilan bо„lmasin 
unga «sindirishga» urunadi. Demak, undan ogoh bо„lish uchun ham, о„z xalqi, 
mamlakatining tarixini, milliy-madaniy meroslarini, qadriyatlarini toptatmaslik, 
о„ziga xoslikni yо„qotmaslik uchun ham milliy g„oyani о„rganish, bilish kerak 
bо„ladi; Yettinchidan, milliy istiqlol g„oyasini о„rganishning zarurligi bugungi 
dunyoda mafkura sohasidagi kurashning davom etayotganligi bilan ham bog„liq. 
Insonlar ongi va qalbini egallash unga ta‟sir kо„rsatib, о„z maqsad va muddaolarini 
bir tomonlama amalga oshirishga urinishlar tо„xtamayotganligidan ham kelib 
chiqmoqda. Milliy istiqlol g„oyasi О„zbekiston xalqi hayoti, mamlakat oldida 
qо„ygan erkin va farovon hayot, ozod va obod Vatan qurish, maqsadlarini amalga 
oshirish uchun ma‟naviy-ruhiy kuch-quvvat manbai hisoblanadi. Xalqimizni 
birlashtirib turadigan, milliy-ma‟naviy qadriyatlarimizni tiklab, unga tayangan 
holda О„zbekistonda demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish uchun ilmiy-
nazariy asos bо„lib xizmat qiladi. Mustaqillikni mustahkamlash uchun xalqimizni 
birlashtiradigan, uning asriy ezgu maqsadlari bо„lgan «Kelajagi buyuk davlat»ni 
barpo etish har bir shaxsning hayotiy manfaatlarini о„zida mujassam etadigan 
milliy g„oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma‟naviy taraqqiyotimizning 
muhim shartiga aylanmoqda. Milliy istiqlol g„oyasini fan sifatida о„rganishning 
sabablarini mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov quyidagicha ta‟kidlagan: 
«Oldimizga qо„ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy 
asoratlardan batamom xalos bо„lish, g„oyaviy bо„shliq paydo bо„lishiga yо„l 



qо„ymaslik, begona va yot g„oyalarning xurujidan himoyalanish, bunday 
tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga 
yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani 
shakllantirishni taqozo etmoqda» [Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz 
ma’sulmiz. T.9. -T.: «О‘zbekiston», 2001, 221-222 b.]. Ana shu hayotiy zarurat 
milliy istiqlol g„oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini fan sifatida о„rganishni 
taqozo etadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling