1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Milliy istiqlol g„oyasining turli xil fikr, g„oyalarga munosabati
Download 1,45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
5.Milliy istiqlol g„oyasining turli xil fikr, g„oyalarga munosabati,
ijtimoiy ma‟naviy hayotda aks etishi Milliy istiqlol g„oyasining turli xil fikr, g„oyalarga munosabati, uning ijtimoiy ma‟naviy hayotda aks etishi usullarini anglash uchun eng avvalo, turli xil g„oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyatini о„rganmoq zarur. Ma‟lumki, har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g„oya bо„la olmaydi. Chunki, shaxsiy fikr - о„ziga xos qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan о„zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G„oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug„ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.1 Demak, muayyan bir g„oya dastlab biron-bir kishining shaxsiy fikri sifatida paydo bо„ladi. Jamiyat hayotida turli xil fikr, va g„oyalarning о„rni muhim. Lekin, «yagona fikr»ga, «yagona g„oya»ga intilib, hukmronlik qilsa, u jamiyat rivojiga katta salbiy ta‟sir kо„rsatadi. Demak, «ikki odam aynan bir xilda fikrlamaydi» yoki turli xalqlar, mamlakatlar ham aynan bir-biriga о„xshashi, ya‟ni bir xil tarix, til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlarga amal qilish yoki yagona g„oya yoki maqsadni, rivojlanish yо„lini andoza sifatida olishi va faqat unga tayanish mumkin emas. U taraqqiyotning xilma-xilligi qonuniga tо„g„ri kelmaydi. Milliy istiqlol g„oyasining о„ziga xos jihati ham shundaki, u fikrlar va g„oyalar xilma- xilligini tan oladi. Jamiyat mafkurasi sifatida biron-bir fikr, g„oyani «mutloq g„oya», «oxirgi, tugal» kо„rinish sifatida da‟vo qilishga asoslanmaydi. Erkinlik, fikr erkinligi, fikrlar xilma-xilligi tamoyillari milliy istiqlol g„oyasi uchun muhim о„rin tutadi va jamiyat taraqqiyotini rivojlantiruvchi omil sifatida namoyon bо„ladi. Fikr erkinligi va fikrlar, g„oyalar xilma-xilligiga asoslanish taraqqiyotni ta‟minlab turuvchi, inson salohiyatini oshirib turuvchi noyob imkoniyatdir. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, о„z davlatchiligini qо„lga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha bо„lmagan. 10 Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat о„z taraqqiyot yо„lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda о„z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar о„rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e‟tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari ham shuni taqozo etadi. Masalan, dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yо„lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni kо„rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan sо„ng Ovrupo mamlakatlari va Yaponiya xalq xо„jaligini qayta tiklash ham buning amaliy namunasi bо„ldi. О„zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida tо„plangan va respublika sharoitiga tadbiq qilsa bо„ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi. Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, kо„r-kо„rona kо„chirib olish tо„g„ri emas. Aksincha, aniq- ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mо„ljallangan bо„lsa, о„sha mamlakatning о„ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi. Jahon va о„zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda о‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yо‘limizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - о„tmish yillarining xatolarini, davlat tuzilishining shakl va usullariga nisbatan mavjud qarashlarni idrok etish natijasidir. Bu - tarkib topgan ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - О„zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotiga, munosib turmush sharoitiga intilishidir. Shuni alohida ta‟kidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yо„l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga о„tish - tanlab olingan yо„lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Odamlarning ongi va turmushiga о„nlab yillar mobaynida, kо„pincha zо„ravonlik yо„li bilan singdirilgan narsalarni bir zumda о„zgartirish mumkin emas. Buning uchun ijtimoiy guruhlar о„rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga va ularni bir-biriga qarama-qarshi qо„yishga barham berish bilan jamiyatni yangilash va о„zgartirish zarurligiga odamlarning о„zini ishontirish, harakatga keltiruvchi kuchlarni va mehnatning rag„batlantiruvchi omillarini о„zgartirish mumkin. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligi, ularning о„ziga xos xususiyati bu muammolarni hal etishga alohida yondashuvni taqozo etadi. Turmush sharoiti va tarzining milliy xususiyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik ham shuni talab etadi. О„zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat о„z yо„li respublikani rivojlantirishning milliy istiqlol g„oyasiga asoslangan quyidagi asosiy о„ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq Download 1,45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling