1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
2. Globalizm va aksilglobalizm
Hozirgi zamon globallashuvining jarayoni о„ta murakkab jarayon. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma‟naviyatiga о„tkazayotgan ta‟siri yana ham murakkab bо„lgani sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga nisbatan raqobatda bо„lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi. Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar kо„proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bо„lib ular orasida kо„proq sо„l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar о„tkazish uchun tо„planib turadilar. XX asr о„rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya‟ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning о„zi ham keskin tezlashdi va shiddatli tus oldi. Institusionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg„armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlarining vujudga kelgani misolida ham kо„rish mumkin. Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchaydi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman uning о„ziga ham qarshi chiqa boshladilar. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A. Zinovyev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda sо„zlagan nutqida shunday deydi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik kо„rsatishdan boshqa yо„lini kо„rmayapman. Faqat qarshilik!» - degan edi. «Aksilglobalizm vektorlari» anjumanidagi yana bir ma‟ruzachi A. Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta‟rif beradi: «Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qо„shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini о„zlashtirishdan iborat». Albatta bu fikrga turlicha munosabat bildirilishi mumkin. «Globallashuv»ni faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi turish ijtimoiy hayotdagi turli xil tabiiy, ijtimoiy bog„liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayoni «mafkuralashishdan», uning maqsadlaridan xoli bо„lishi kerak. Tahlil shuni kо„rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e‟tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma‟naviyatga ta‟siri va ma‟naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida о„zining aksini yetarli darajada topishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling