1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

U., Saydjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. -T.: «Sharq», 1998; 77-bet.] ta‟kidlanadi. 
Inson о„zining hayot faoliyati davomida ushbu qoidalarga rioya qilsa 
dunyoning mohiyatini teranroq anglay boradi, maqsad muddoasiga erishib, oxir-
oqibatda yuksak kamolatga va osoyishtalikka erishadi. Gautama ta‟limotida asosan 
taqvodorlikning yо„llari va talablari tо„g„risida fikr yuritiladi. Biroq, ushbu 
ta‟limotda ilgari surilgan ijobiy axloqiy talablar, insonni о„zini idora qilishga da‟vat 
etuvchi tо„g„ri fikr yuritish, fe‟l-atvorni tо„g„ri bо„lishi, turmush tarzini tо„g„ri 
tashkil etish kuch-g„ayratni, niyatni tо„g„ri maqsadga qaratish haqidagi g„oyalar 


36 
insonlarni о„ziga jalb etgan va odamlar ushbu ta‟limotni qabul qilib uning 
talablarini bajarganlar.
Insoniyat doimo yaxshilikni yoqlab, yomonlikka qarshi kurashadi, 
yaratuvchanlik va bunyodkorlik unga xos bо„lgan buyuk fazilatlardir. Sharq 
xalqlarining buyuk ijodkorligi, bunyodkorligi va qadriyatlari turli davrlar ta‟sirida 
G„arbga, xususan, antik Yunon-Rim madaniyatiga ham kuchli ta‟sir kо„rsatdi. 
Masalan, A.Makedonskiyning ustozi, о„zining bu jahongir shogirdi 
Osiyoni mahf etgach, unga yuborilgan «Avesto» kitobini chuqur о„rgangan 
qadimgi yunon faylasufi va qomusiy olimi Arastu (Aristotel, mil. av. 427-348 yy) 
о„z g„oyalarini boyitdi va unga muhim о„zgartirishlar kiritdi. U jamiyatda bо„lib 
о„tayotgan barcha voqeliklar tabiatga xos deb biladi. Bu bilan jamiyatni tubdan 
о„zgartirish g„oyalariga qarshi chiqadi va jamiyat rivoji tabiiy jarayonlar tarzida 
kechishi kerak, deb hisoblaydi. 
Aflotun esa g„oyalar umumiy tushunchalar sifatida odam aqliga bog„liq 
emas, balki u ilohiy tushunchalar deb izohlagan edi. Uning asosiy g„oyasi - ezgulik 
yoki yagonalik edi. Bunda oliy g„oya kо„pincha xudoga tenglashtirilardi. Bu 
faylasufning ustozi bо„lgan Suqrot (Sokrat, mil. av. 470-399 yy) esa bahs orqali, 
ya‟ni muayyan masalalarni о„rtaga qо„yish va ularga javob topish yо„li bilan 
haqiqatni aniqlash mumkin, deb bilgan. U ezgulik, bilim va donishmandlikdir, 
yaxshilik mohiyatini tо„g„ri anglagan insongina yaxshilik qiladi deb, tushuntiradi. 
Suqrot adolatga xilof bо„lgan davlat boshqaruvining hamma shakllarini tanqid 
qiladi, faqatgina adolatli demokratik davlat boshqaruvini yoqlab chiqadi.
Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha 
taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» 
(kokutay), «fuqarolik burchi», «yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», 
«fidoyilik», 
«vatanparvarlik», 
«paternalizm», 
«jamoaga 
sadoqat», 
«modernizatsiya» kabi g„oya va tushunchalariga asoslanib, mamlakat erishgan 
yuksak natijalarga poydevor bо„ldi. 
Shunday bunyodkor g„oyalardan biri Janubiy Koreya mamlakati rivojiga 
katta hissa qо„shgan fidoyi inson Yong Ki-Kimning yuksak g„oyalarga asoslangan 
vatanparvarlik faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. О„tgan asrning 
30 yillarida «12 oila - qishloqda» degan harakatni boshlab giyoh ham kо„karmagan 
tashlandiq tepalikni sotib olib obod qilishga kirishdi. Keyinchalik fermerlar 
tayyorlaydigan «Kanaan» (imkoniyatlar maktabi) ni ochadi. U hamisha faqat 
tashlandiq, giyoh о„sishi qiyin bо„lgan yerlarni olib, obod qilib odamlarni о„z
tashabbusi, g„oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga о„z 
hissasini qо„shdi. Bugungi kunda «Kanaan» ta‟lim dargohining bosh maqsadi - 
tinglovchilarda insoniy e‟tiqod tuyg„ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar 
- komillik, о„zaro tenglik, birodarlik, vatanparvarlik hislarini singdirishdir. Vatan 
va millat ravnaqi yо„lida fidokorona mehnat qilish, tug„ilib о„sgan Vatanni jondan 
ortiq sevmoqlik shart ekanligi g„oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Bitta fidoiy, 
vatanparvar insonning yuksak g„oyalarga asoslangan ishlari bugungi kunda keng 
tarqalib Janubiy Quriyaning obod bо„lishiga katta hissa bо„lib qо„shilmoqda. 
Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, dо„stlik, 
birodarlik, hurfikrlik, ma‟rifatlilik, bag„rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, 
insonparvarlik, 
tashabbuskorlik, 
mehnatsevarlik, 
xayrixoxlik, 
barqarorlik, 


37 
tadbirkorlik, ishbilarmonlik, halollik, poklik v.h. bunyodkorlik g„oyalarining 
kо„rinishlari bо„lsa, kelajakka ishonch, adolat, haqiqatni tan olish, jur‟atli bо„lish, 
sobitqadamlilik, mehr-muruvvat, saxovatlilik, baynalminallik, millatlararo dо„stlik 
va birodarlik, fidoyilik, yurtga sadoqatlilik, taraqqiyparvarlik, yurt obodligi, iymon-
e‟tiqodlilik, 
vijdon 
erkinligi, 
safarbar 
etish, 
uyushtirish, 
farovonlik, 
tashabbuskorlik, ezgulik, yaratuvchilik, fikr erkinligi va g„oyalar xilma - xilligini 
tan olish, bag„rikenglik, bunyodkor g„oyalarga xos xususiyatlardir. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling