1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Fikrga qarshi fikr, g„oyaga qarshi g„oya, jaholatga qarshi ma‟rifat


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

6.Fikrga qarshi fikr, g„oyaga qarshi g„oya, jaholatga qarshi ma‟rifat 
bilan kurashish zarurligi 
Kommunistik mafkura iskanjasidan ozod bо„lganimizdan sо„ng turli 
g„oyalar hayotimizga о„z ta‟sirini о„tkazishga harakat qilmoqda. Ota-
bobolarimizdan qolgan buyuk merosni anglay boshlagan bir paytimizda uning 
barchasini barbod qilishga qaratilgan zararli g„oyalarga qarshi turadigan kuch 
milliy g„oyadir. Milliy g„oya bugungi kunda xalqimiz jamiyatimiz uchun hayotiy 
zaruriyat, mamalakatimizda fuqarolar totuvligi va birdamligini ta‟minlaydigan 
taraqqiyotimizga kafolat bо„ladigan, insonlarga ezgu maqsadlariga erishishda 
ma‟naviy-ruhiy kuchdir. Milliy g„oya ezgu maqsad yо„lida jamiyat a‟zolarini 
birlashtiradi, ularga ruhiy madad beradi, har qanday kо„rinishdagi zararli illatlarni 
inkor etadi. Fikrga qarshi fikr, g„oyaga qarshi g„oya bilan, jaholatga qarshi ma‟rifat 
bilan kurashishga da‟vat etadi. Jamiyatda osoyishtalik, tinchlik, о„zaro ishonch, 
barqarorlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Shu sababli, milliy istiqlol g„oyasi 
mamlakatimizning buyuk kelajagi poydevorini yaratishda muhim vosita, insonning 
ongi va qalbini egallashga qaratilgan har qanday zararli, begona g„oyalarga qarshi 
turadigan omildir.
Vatanimiz mustaqilligiga tahdid soluvchi, fuqarolarimiz ongi va qalbini 
egallashga qaratilgan zararli g„oyalarning xavfi yadro maydonidagi xavfdan ham 
ortiq. Jumladan, «hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbini va ongini 
egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro 
maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bо„layotgan kurashlar kо„p narsani hal 
qiladi» [Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi- xalq e‟tiqodi va buyuk kelajakka 
ishonchdir. -T.: «О„zbekiston», 2000, 6-7 betlar].
Bugungi kunda qurol-yarog„ kuchi bilan zо„ravonlik qilishlar о„rnida endi 
xalqlarni, mamlakatlarni, dunyoni zabt etish uchun juda katta mafkuraviy qudratga, 
g„oyaviy asosga ega bо„lish kerakligini hayot kо„rsatmoqda. XX asr sivilizatsiyasi 
dunyoni aql-idrok bilan zabt etish tamoyilini keltirib chiqardi. Shuning uchun ham 
bugun davlatlar qudrati, mamlakatlar salohiyati yadroviy poligonlar bilan emas
g„oyaviy, mafkuraviy poligonlardagi salohiyati bilan о„lchanadi. Buni Prezident 
Islom Karimov: «Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar 
о„z maqsadlariga erishish uchun, avvalo, zabt etmoqchi, о„z ta‟sir doirasiga 
olmoqchi bо„lgan mamlakatlarning aholisi ongini о„ziga qaram qilishga intiladi» 
[Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi- xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka 
ishonchdir. -T.: «О„zbekiston», 2000, 7 bet.], - deb ta‟kidlaydi.


45 
Darhaqiqat, jahon siyosatida mafkuraviy ta‟sir о„tkazish orqali xalqlarni, 
mamlakatlarni zabt etish tamoyili kuchaymoqda. G„oyaviy tazyiqning bunday 
shakli turli-tuman.
Yurtboshimizning «Bugungi kunda g„oyani taqiq bilan, ma‟muriy choralar 
bilan yengib bо„lmaydi. G„oyaga qarshi faqat g„oya, fikrga qarshi faqat fikr, 
jaholatga qarshi ma‟rifat bilan bahsga kirishish, olishishi mumkin» [Karimov I.A. 
Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin, -T.: 
«О„zbekiston», 1998, 10- bet.], degan fikrlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz 
uchun dasturulamaldir. 
Bugun milliy uyg„onish ruhi, milliy g„oya hayotimizga tobora chuqurroq 
kirib bormoqda. Shuningdek, ba‟zi xorijiy mamlakatlarda turli g„oya va qarashlar 
niqobi ostida bizning milliy qadriyatlarimizga, umuman, barcha millat vakillari
hurmat qiladigan insoniylik tamoyillariga mutlaqo tо„g„ri kelmaydigan nomaqbul 
harakatlar televideniye orqali tez-tez kо„zga tashlanib turibdi. Darhaqiqat, bunday 
g„ayriinsoniy harakatlarni kо„rganda, inson beixtiyor о„ylab qoladi: aslida 
demokratiyadan maqsad insonning qadr-qimmatini joyiga qо„yish emasmi? 
Kuppa-kunduz kuni qip-yalang„och kо„chaga chiqib turli namoyishlar о„tkazib 
kimlarnidir huquqini talab qilmoqchi bо„layotgan kimsalar aslida odamzodning eng 
buyuk boyligi bо„lmish yuksak tuyg„ularini yerga urmayaptimi, aql-zakovat va 
tafakkur, or-nomus sohibi bо„lgan insonning qadrini tushirmayaptimi? Insoniylikni 
har narsadan aziz bilgan xalqimiz bunday «demokratiya», bunday «erkinlik»ni 
aslo qabul qilolmaydi. Shu sababli ham bunday yot va zararli g„oya va 
harakatlarning turmush tarzimizga kirib, yoshlarning qalbini egallashi va milliy urf-
odat, qadriyatlarimizni qadrsizlantirishiga murosasiz bо„lish har bir ma‟rifatli 
insonning vatanparvarlik burchidir. U milliy g„oyamizga tо„g„ri kelmaydi. 
Ayrim kuchlar tomonidan «demokratiya targ„iboti» shaklida amalga 
oshirilayotgan ishlar tо„g„ridan-tо„g„ri G„arb turmush tarzining zо„rma-zо„raki 
«soxta demokratiya» shaklida tiqishtirilishiga aylanib ketayapti. Bir paytlar «jahon 
proletariati inqilobi» qanday eksport qilingan bо„lsa, bugun behayolik, uyatsizlik, 
shafqatsizlik va zо„ravonlik singari sog„lom inson tabiatiga zid holatlar shunday 
eksport qilinayapti.
Bunday g„oyalar zararli. Unga nisbatan kuchli g„oyaviy immunitet zarur. 
Shuning uchun: «Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi 
organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz 
yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga 
sog„lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta‟bir joiz bо„lsa, ularning mafkuraviy 
immunitetini kuchaytirishimiz zarur» [Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi -xalq 
e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. -T.: «О‘zbekiston», 2000, 12- bet]. Ushbu 
vazifani milliy istiqlol g„oyasi bajaradi. Milliy istiqlol g„oyasi har qanday 
kо„rinishdagi zararli illatlarni, zо„ravonlikni, axloqsizlikni e‟tiqodsizlikni, jaxolat 
va ma‟rifatsizlikni, buzg„unchi fikrlarni va yovuz g„oyalarni inkor etadi, yoshlar 
irodasining baquvvat bо„lishiga, ularda sog„lom fikr va shu asosda imon-e‟tiqodi 
mustahkamlanishiga, Vatanni boy tarixi urf-odat, an‟analariga, diniga xurmat bilan 
munosabatda bо„lishga о„rgatadi. Ularni о„z mustaqil fikriga ega bо„lgan, 
jaholatning har qanday kо„rinishiga ilm-ma‟rifatni qarshi qо„yadigan, milliy g„urur, 
iftixor bilan yashashga da‟vat etadi.


46 
Darhaqiqat, milliy istiqlol g„oyasi mamlakatimizda biron-bir mafkuraning 
mutlaqlashuvi, yakkahokim aqidaga aylanishiga yо„l qо„ymaydi. U fikrlar rang-
barangligiga asoslanadi. Ijtimoiy hayot, siyosiy tashkilot, mafkuralarning xilma-
xilligiga tayangan holda, jamiyatning samarali rivojlanishini ta‟minlashga xizmat 
qiladi. Milliy istiqlol g„oyasi fikrlar xilma-xilligiga keng yо„l ochadi, odamlarning 
erkin tafakkurining uyg„onishi tashabbuskorligini rag„barlantiradi. Har qanday 
kо„rinishdagi zararli va buzg„unchi fikrlarni va g„oyalarni rad etadi, shu asosda 
jamiyatning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi. 
Turli-tuman, bir-biridan farq qiladigan dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, 
diniy oqimlar, mazhab va sektalar о„rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara 
doirasidan chiqib qonli tо„qnashuvlar, qirg„inlarga sabab bо„lmoqda, turli 
mamlakatlarda kо„plab kulfatlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu omillarning 
millatimizga, mustaqilligimizga, ma‟naviyatimizga zarari borligini ta‟kidlab, 
Yurtboshimiz «Millatni asrash kerak» degan g„oyani ilgari surdi.
Millatni 
asrash 

о„zligimizni, 
odob-axloqimizni, 
merosimiz, 
qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g„oyalar va mafkuralar ta‟siridan 
avaylab asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy 
immunitetni shakllantirish degan ma‟noni ham anglatadi. 
Xalqimizni turli g„oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda 
mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonuniyatlarini 
о„zida chuqur aks ettiradigan sog„lom, insonparvar g„oya va mafkura bilan 
qurollantirish kerak. Milliy istiqlol g„oyasining asosiy vazifasi esa xalqimizda 
milliy e‟tiqod va dunyoqarash asoslarini shakllantirishdan iboratdir. 
Milliy istiqlol g„oyasiga ishonch va e‟tiqodi bо„lgan har bir kishi nosog„lom 
fikrga – sog„lom ezgu fikr bilan javob beradi. О„zining fikriga ega bо„ladi. 
О„zining erkin fikriga ega bо„lmasa, javob bera olmaydi.
Xuddi shunday yovuz g„oyaga - ezgu g„oya bilan, jaholatga ma‟rifat bilan 
javob beradi. Bugungi mafkura sohasida bо„ladigan turli xil kurashlarda ana shu 
yо„l bilan g„olib bо„lib, milliy о„zlikni saqlab qolish mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling