1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


 Mafkura tushunchasi va uning mohiyati


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

2. Mafkura tushunchasi va uning mohiyati 
Mafkura tushunchasi (arabcha «mafkura» nazarlar va e‟tiqodlar tizimi, 
majmui) degan ma‟noni anglatadi. Mafkura tushunchasini ta‟riflashda falsafiy 
adabiyotlar va lug„atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli 
davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta‟riflar shakl va mazmun jihatidan 
har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, 
falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g„oyalar majmuidir, - deb ta‟rif beriladi. 
Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, 
diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g„oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. 
Demak, mafkura - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, 
jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma‟naviy tamoyillarini 
ifoda etadigan g„oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda 
manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning о„tmishi, bugungi kuni va istiqboli 
о„z ifodasini topadi.
Har qanday nazariya yoki ta‟limot bir tizimga solingan g„oyalar majmuidan 
iborat bо„ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch 
e‟tiqodning asosini ham g„oyalar tashkil etadi.
Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning millat va davlatlarning manfaatlari 
va maqsadlari ham g„oyalarda ifoda etiladi. О„z oldiga qо„ygan maqsadi, qanday 
jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yо„llar bilan erishmoqchi bо„layotgani 
haqidagi g„oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining 
asosini tashkil etadi [Qarang: Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va 
tamoyillar. Toshkent. «Yangi asr avlodi». 2001. 31-b.]. 


22 
«G„oya» va «mafkura» tushunchalari bir-biriga yaqin bо„lsada, ularni
aynanlashtirmaslik kerak, nima sababdan? 
Birinchidan, mafkura g„oyaga nisabatan mazmunan kengroq tushunchadir. 
Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish yoki 
о„zgartirishga qaratilganlik, ya‟ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy tarkibda 
mavjud bо„lishini va mafkuraning о„zagini tashkil etishini ta‟kidlash, joiz. 
Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g„oya faqat ma‟lum bir mafkuraviy 
qarashlar doirasidagina о„zining uyushtiruvchilik va yо„naltiruvchilik salohiyatini, 
jozibadrlik kuchini namoyon qila olishi mumkin.
О„zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi jamiyatni jipslashtirishga, 
buyuk kelajak yо„lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin 
fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning о„ziga xos о„rni bо„lishiga erishishga 
safabar etadi. 
Prezident Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta‟rif bergan: 
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga 
asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini kо„zlagan va uning 
dunyodagi о„rnini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va 
ertangi kun о„rtasida о„ziga xos kо„prik bо„lishga qodir g„oyani men jamiyat 
mafkurasi deb bilaman»
 [
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni 
- millat qilishga xizmat etsin. -T.: «О‘zbekiston», 1998, 11- bet
] 
Binobarin, milliy 
mafkura har qanday xalqni- xalq, millatni- millat qiladigan, uning yо„li va 
maqsadlarini aniq- ravshan charog„on etadigan mayoqdir. 
Insoniyat tarixida turli shakldagi juda kо„plab mafkuralar yaratilgan
xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar, о„z g„oyalari va ta‟limotlari orqali, maqsad va 
niyatlariga yetishmoq uchun intilgan. Mafkuralar, mohiyatiga kо„ra, falsafiy, 
dunyoviy, diniy va boshqa turli ta‟limotlar asosida yaratiladi.
Turli-tuman ijtimoiy-siyosiy kuchlar о„z mafkuralarini yaratishda siyosiy 
g„oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanishi, ulardan nazariy 
asos sifatida foydalanishi mumkin. 
Mafkuraning falsafiy ildizlari deganda uning falsafa ilmi xulosalariga 
asoslanishi nazarda tutiladi. Bunda har bir xalqning о„ziga xos falsafiy merosi
qarashlari, g„oyalari ularning maqsadlarida о„zining irodasini topadi. Sharq va 
G„arb, dunyo falsafasi bunga misoldir. Masalan, mazkur mafkuralar Rim 
imperiyasi parchalangandan keyin о„z davlatchiligiga ega bо„lgan xalqlarning 
о„ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalar 
asosida shakllandi. Shu bois о„sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz, nemis falsafasi 
о„zi mansub bо„lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu 
milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta‟limotlar, ma‟rifiy qarashlar 
insoniyat madaniyati xazinasiga salmoqli hissa bо„lib qо„shildi. Jumladan, haqiqiy 
milliy xususiyatlarga ega bо„lgan Gegel falsafasi Avstriya – Vengriya 
imperiyasidan ajralib, mustaqil yо„lni tutgan Pruss monarxiyasining davlat 
mafkurasi darajasiga kо„tarilgan edi. 
Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma‟rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy munosabatlar, majmuidan iboratdir. Umume‟tirof etilgan 
tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo 
bag„rikenglik kabi g„oyalar dunyoviy jamiyatining asosini tashkil etadi. Bunday 


23 
jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan vijdon erkinligi ham 
qonun yо„li bilan kafolatlanadi. Masalan, О„zbekistonda mustaqillik yillarida
dindan jamiyatni ma‟naviy yangilashda, yoshlarning ma‟naviy-axloqiy tarbiyasida 
foydalanishga alohida e‟tibor berilmoqda. Diniy qadriyatlar tiklandi Avesto ona 
tilimizda chop etildi, islom dinining muqaddas kitobi Qur‟on, Hadislar, Imom 
Termiziy, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Burhoniddin 
Marg„inoniy, Abdulxoliq G„ijduvoniy, Xо„ja Ahror Vali yubileylari о„tkazilib, 
yodgorlik majmualari tiklandi, boy ma‟naviy merosi о„rganilib, ulardan 
jamiyatimiz taraqqiyoti yо„lida keng foydalanilmoqda. Ushbu hayrli ishlar 
mamlakatimizda diniy meros va qadriyatlardan oqilona foydalanilmoqda. 
Dunyoviylik degani bolsheviklar va aqidaparastlar aytganidek dinni inkor qilish 
yoki «dahriylik» degani emas, balki undagi ahloqiy va falsafiy ta‟limotlardagi ezgu 
g„oyalardan, qadriyatlardan о„rinli foydalanish uchun bugungi kunda keng 
imkoniyat yaratilganiga yorqin misoldir.
Bu haqda Prezident I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, «dunyoviylik», ayrim 
aqidaparast kimsalarning da‟volaridan farqli о„laroq, aslo dahriylik emas. Biz 
bunday notо„g„ri va g„arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz» [Karimov I.A. Milliy 
istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. -T., 
«О„zbekiston», 2000, 26 - bet.].
Darhaqiqat, yaqin о„tmishimizda - dahriylik siyosati hukmronlik qilgan, 
diniy qarashlar va qoidalar xurofat deb atalgan. Diniy aqidaparastlar esa dunyoviy 
ilmlarni dahriylik, xudosizlik deb insonni e‟tiqodidan ayirishga urindi.
Mafkuraning diniy ildizlari - inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog„liq 
ekani va shu bois uning g„oyaviy ildizlari diniy ta‟limotlariga borib taqalishi 
tushuniladi. YA‟ni, kо„pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, Injil va 
Qur‟on kabi kitoblarda zikr etilgan ezgu g„oyalar muayyan darajada о„z ifodasini 
topganini kо„ramiz. 
Dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini boyitib borgan sharoitda
taraqqiyot yuksak bosqichga kо„tariladi. Bunga bashariyat tarixida о„chmas iz 
qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon 
Beruniy, Imom G„azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari 
yonma-yon yashab, faoliyat kо„rsatgan davr yorqin misol bо„la oladi. Ilmiy 
kashfiyotlar bugungi kunda ham mafkura rivojiga katta ta‟sir о„tkazadi. 
Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, bionika, biofizika, kibernetika 
axborotlashtirish sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-
nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin 
о„zgartirmoqda. 
Shu sababli ham, ilm – fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona 
foydalanish uchun ham jamiyatga sog„lom g„oya, sog„lom mafkura kerak.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling