1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


 Jamiyat barqarorligi-erkin va farovon hayot qurish omili


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

3. Jamiyat barqarorligi-erkin va farovon hayot qurish omili 
О„zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini 
topdiki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri - 
barqarorlik¬dir. Oxirgi yillarda jahon hamjamiyatida barqaror rivojlanish 
konsepsiyasi keng ommaviylashmoqda. Xususan, BMT hujjatlarida ham barqaror 
taraqqiyot oliy qadriyat sifatida talqin etiladi, uning universal xususiyatlari, turli 
modellarining kuchli va zaif tomonlari tahlil etiladi. 
Mutaxassislar orasida barqarorlik deganda demokratik tuzilmalarning tez 
о„zgaruvchan ijtimoiy jarayonlarga nisbatan aks-ta‟sir kо„rsata olish qobiliyati 
tushuniladi. Bunda barqarorlik demokratiyaning vazifasi deb qaraladi, u о„ziga 
kishilarning fuqarolik jamiyati institutlari vositasida davlatni boshqarishdagi 
ishtirokini ham о„z ichiga qamrab olishi zarur. «Kuchli davlatdan - kuchli 
jamiyatga о„tish» qoidasi hozirda demokratik institutlarni joriy etishni 
jadallashtirish, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik jamoatchilikning faolligiga 
asoslanishi zarurligini kо„rsatmoqda. 
О„z о„rnida aytib о„tish joizki, «barqarorlik» tushunchasi kо„plab 
yondashuvlarni о„ziga jamlagan. Ularni quyidagi kо„rinishda umumlashtirib 
keltirish mumkin: a) jamiyatda noqonuniy zо„rlik va kuch ishlatish tahdidining 
bо„lmasligi; b) birmuncha uzoq vaqt davomida bir hukumatning amal qilishi, uning 
о„zgaruvchan sharoitlarga samarali tarzda moslashuvchanligi; v) konstitusion 
tartibning barqarorligi; g) barqaror legitim hokimiyatning barqaror mavjudligi; d) 
siyosiy tizimda tuzilmaviy о„zgarishlarni boshqarish imkoniyatining mavjudligi; i) 
siyosiy kuchlarning muvozanati va b. 
Fikrimizcha, bu demokratlashuv jarayonini boshdan kechirayotgan 
jamiyatlarga xos umumiy meyorlardir. Ammo umumiylik doimo xususiylikdan 
tarkib topadi. Bizning mamlakatimizda barqaror taraqqiyot, uning asosiy omillari 
va shartlari Islom Karimovning «О„zbekiston XXI asr bо„sag„asida: xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida batafsil keltirilgan. 
Mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti mavjud shart-sharoit bilan bog„liq holda 
tahlil etilgan va uning shartlari kо„rsatilgan. Bular: a) ma‟naviy qadriyatlar va 
milliy о„zlikni anglashning tiklanishi; b) davlatchilikni shakllantirish va mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlash; v) demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati 
asoslarini shakllantirish; g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar 
sinfining shakllanishi; d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining 
ortishi
10



83 
Bir sо„z bilan aytganda, barqarorlik biror-bir siyosiy obyekt yoki 
institutning holatinigina emas, balki ichki va tashqi munosabatlar tizimini ham 
ifodalashi zarur. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik demokratik tartib bilan birga 
uzviylikni, davomiylikni ham talab etishini aytib о„tish zarur.
Shunday qilib, demokratiyatni ta‟minlash boshqaruv tizimini, fuqarolik 
tartibini, boshqaruvning qonuniyligi va ishonchliligini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlik sharoitidagina amalga oshirilishi mumkin. Bu esa ozod va obod Vatan 
barpo etish yо„lini ta‟minlaydi.
Demokratik jarayonlar samarasi faqatgina siyosiy institutlarga emas, 
fuqarolarning ularga jalb etilishiga ham bog„liq. Siyosiy hayotdagi ishtirok 
demokratik tartib va jarayonning muhim mezoni bо„lib, unda siyosiy 
subyektlarning siyosiy munosabatlar va hokimiyat tizimiga jalb etilganligi darajasi 
ayniqsa, saylovlar jarayonida yaqqol kо„zga tashlanadi. Shu ma‟noda demokratiya 
jamiyatda saylovchilar ovozi uchun oshkora, barchaning kо„zi oldida halol 
raqobatga kirishishni va aholining keng guruhlarining siyosiy jarayonga 
«kiritilganligini» taqozo etadi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish 
g„oyasi erkinlashtirish, erkin mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish 
jarayonlari bilan uzviy bog„liq. Boqimandalik yoki soxta «umumiy tenglik» 
g„oyasiga asoslanib erkin va farovon hayot qurib bо„lmaydi. Dunyodagi birorta 
jamiyat bu yо„l bilan farovon hayotga erishgan emas. Erkin iqtisodiy faoliyatga 
asoslangan bozor iqtisodi, mulk xilma-xilliga tayanish, erkin va sog„lom raqobat 
muhitida о„rta mulkdorlar qatlami shakllanib boradi. Bu esa о„z navbatida ozod va 
obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishning sotsial negizi, ijtimoiy tayanchi 
hisoblanadi. 
Xо„sh, о„rta ijtimoiy qatlamning о„zi nima? О„rta qatlam - bu о„z shaxsiy 
mulki, ya‟ni turar joylari, shaxsiy transport vositalariga ega bо„lgan, о„zini va о„z 
oilasini hayotini munosib tarzda ta‟minlay oladigan, о„zining va oila a‟zolarining 
fundamental ehtiyojlarini (ta‟lim olish, dam olish, sifatli tibbiy xizmatdan 
foydalanish) qondirish uchun yetarli moddiy imkoniyatlari mavjud bо„lgan, 
ma‟naviy hayoti mazmunli bо„lgan va eng muhimi - bu imkoniyatni о„z ish haqi va 
daromadlari evaziga ta‟minlay oladigan hamda faol ravishda jamiyat ijtimoiy-
siyosiy hayotida ishtirok etadigan fuqarolardir.
Jamiyatning aynan о„rta qatlami milliy boylikning asosiy qismini yaratadi, 
davlat qaramog„ida boqimandalarcha kun kechirmaydi va jamiyatning “umurtqa 
suyagi” ni tashkil etadi. Bunday qatlamning shakllanishi shuningdek jamiyatning 
keskin tabaqalashuviga - oshib-toshib ketgan boylaru, kambag„al-qashshoqlarga 
bо„linib ketishiga yо„l qо„ymaydi. Jamiyatda turli ijtimoiy guruhlarning 
manfaatlarini uyg„unlashtirish, fuqarolar birdamligini ta‟minlash asosida umumiy 
farovonlikni о„rnatishning eng sinalgan vositalaridan biri ham jamiyatda о„rta 
qatlamni barpo etish ekanligini shundan kо„rsa bо„ladi. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanib borishi jarayonida 
daromadlari, turmush darajasi va sifatiga kо„ra bir-birlaridan farqlanuvchi 
qatlamlar shakllanmoqda. Bu tabiiy hol. Ammo bunday holatni hamma ham tо„g„ri 
baholayvermaydi. Bunga ayrim shaxslarning boylikka ruju qо„yishi, ochkо„zlik, 
isrofgarchilik, о„zaro yordam va qarindosh-urug„chilikning yaxshi jihatlarini 
mensimaslik, о„zini kо„z-kо„z qilishdek illatlar ham sabab bо„lmoqda. Bunga 


84 
ayrimlar uchun hayot tarziga aylangan ta‟magirlik, poraxо„rlik, tо„rachilik kabi 
jirkanch qiyofaga kirayotgan holatlarni qо„shadigan bо„lsak, halol mehnat 
kishisining 
ruhiy 
iztiroblarini 
tushunish 
qiyin 
emas. 
Shu 
ma‟noda 
Prezidentimizning bozor mexanizmlarini hayotga tadbiq etish bilan birga 
qonunchilikni mustahkamlash va bunda ma‟naviy asos bо„lib xizmat qiladigan 
axloq normalarini ham ijtimoiy hayotda keng yoyish tо„g„risida kuyunishi bejiz 
bо„lmay, adolatli jamiyat qurishga nisbatan xalqimizning intilishini ifodalaydi.
Bozor munosabatlari qaror topayotgan hozirgi kunda ba‟zilar faqat yaxshi 
yeb-ichish, kiyinishnigina о„z hayotlarining bosh maqsadi deb biladilar. Bundaylar 
о„rtasida kо„zga tashlanib turuvchi iste‟molchilik hol nisbatan “ziyonsiz” bо„lib 
tuyulgan ma‟naviyat va axloqni mensimaslikdan boshlanib, oxir-oqibat qonunni 
chetlab о„tish, keyinchalik uni buzish va oyoq osti qilish kabi jamiyat uchun о„ta 
xavfli oqibatlarga olib kelishi tayin. 
Hozirda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini barqaror taraqqiyot 
manfaatlari asosida yо„lga qо„yishning nazariy-amaliy va ilmiy asoslarini ishlab 
chiqish talab etiladi. Ayniqsa, ijtimoiy jarayonlarni oldindan kо„ra bilish, uni 
prognozlash, zarur о„zgartirishlar kiritib, ularning samarasiga guvoh bо„lgach, 
olingan tajribalarni asta-sekin kengroq kо„lamda tadbiq etish kо„zlangan maqsadga 
olib kelishi mumkin.
Shunday ekan, hozirgi davrda ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish 
tendensiyalarini oldindan bashorat qilish, islohotlar uchun о„ta muhim 
yо„nalishlarni loyihalashtirish, modellashtirish katta ahamiyatga ega. Zero, ularning 
natijalari va xulosalari islohotni yuritish siyosatida katta yordam beradi.
Mamlakatimizda erkinlik tamoyillarining borgan sari keng ildiz otishi, erkin 
mehnat 
faoliyati, 
tadbirkorlikning 
rivojlanishida 
mulkdorlar 
qatlamining 
shakllanishi va mustahkamlanishi uchun zamin yaratmoqda.
2004 yil 7 fevralda О„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2003 yil yakunlari hamda 2004 yilda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning 
asosiy yо„nalishlariga bag„ishlangan majlisida qilgan ma‟ruzasida Prezident Islom 
Karimov jamiyatimizda tadbirkorlik ruhini qaror toptirish yо„lidagi, xususan kichik 
va о„rta biznes rivojiga tо„siq bо„layotgan byurokratik illatlarni asosli tanqid qildi, 
bu sohadagi dolzarb chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Umuminsoniy tamoyillarga asoslangan farovon hayot qurish g„oyasi xalq 
hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat qilishini talab etadi. Lekin bunga erishish 
uchun demokratiyani yaratish, uni ijod qilish, unga kо„nikish, u bilan yashash 
kо„nikmalari, tajribasi, bir sо„z bilan aytganda demokratik madaniyat ham zarur. 
Demokratik jarayonlar tarixi shundan guvohlik beradiki, uni о„rganishdagi eng 
oson yо„l - taqlid, eng ishonchlisi - о„rganish va eng achchig„i - tajribadir. 
Ommaning siyosiy-huquqiy madaniyatini takomillashtirish va barpo etishda 
demokratiya madaniyati muhim о„rin tutadi. О„z shaxsiy manfaatidan kelib chiqib, 
о„z huquqlaridan foydalana oluvchi, о„z taqdiri uchun mas‟uliyatni qо„lga ola 
bilish bilan birga о„zi va farzandlari uchun erkinlikni amalga oshirishning ijtimoiy 
va siyosiy vositalarini о„rganish qobiliyati ham zarur. Demokratiya iloji boricha 
kо„proq odamlarning siyosiy, huquqiy, qolaversa, umumiy madaniyati bilan, 
ularning jamiyat hayotidagi keng ishtiroki bilan bog„liq. 


85 
Biz intilayotgan barqaror taraqqiyotga erishishda insonlarning turmushi 
yaxshi bо„lishi, ma‟lumotli bо„lishlari, halol daromad topa olishlari, ijtimoiy 
ta‟minotga bog„lanib qolmasliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Muhimi, 
farovon hayotga erishish uchun odamlar erkin mehnat mahsulining «ta‟mini» totib 
kо„rishlari, halol yо„l bilan yuqori daromad qilish hadisini olishlari zarur. 
Fuqarolarning iqtisodiy erkinligining oshishi esa ularning siyosiy erkinligini ham 
yuksaltiradi, ijtimoiy-siyosiy jihatdan faollashtiradi. 
Mamlakatimizda farovon hayotni barpo etish yо„lida iqtisodiyotni dastlabki 
turg„unlashtirishga qaratilgan say-harakatlar davri keyinchalik jamiyat hayotini 
demokratik jarayonlar bilan tо„latish, amalda demokratik institutlarni barpo etish, 
iqtisodda sezilarli jonlanish jarayonlari bilan birga kechdi. Yuzlab zamonaviy 
sanoat korxonalari va inshootlari barpo etildi. Endilikda iqtisodiy yuksalish davri 
boshlanib, bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi jarayonlar 
va institutlar mustahkam, qaytarilmas xususiyatga ega bо„la boshladi. 
Odamlarimizning hayoti yaxshilanmoqda.
Lekin, iqtisodiy farovonlik va siyosiy samaradorlikning о„zi erkin va 
farovon hayot uchun yetarlimi? Bu faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy shart-
sharoitlargagina emas, balki siyosiy institutlar tizimiga ham bog„liq bо„lib 
qolmoqda. Boshqacha aytganda, О„zbekistonda demokratiya mustahkam oyoqqa 
turishi 
jarayonida 
uni 
parvarishlash, 
ozor 
bermay, 
sabr-toqat 
bilan 
takomillashtirish, uni erkin va farovon hayot qurish vositasiga aylantirib borish 
zarur. Fuqarolarimiz esa iqtisodiy hayotda ham, insonlararo munosabatlarda ham 
bir tomondan erkinlikni, ikkinchi tomondan tartib-intizomni nozik uyg„unlashtira 
olish salohiyati hisobga olish madaniyatini egallashlari lozim bо„ladi.
Albatta, о„tish davrida iqtisodiy demokratiya muhim rol о„ynaydi, zero u 
aholining о„z daromadlariga kо„ra yuqori va quyi qatlamlari о„rtasidagi tengsizlik 
darajasining tez о„sib borishining oldini oladi. О„zbekistonda mulkiy qutblanish, 
jamiyatning oshib-toshib ketgan boylar va kambag„al-qashshoqlarga ajralib 
qolishiga yо„l qо„ymaslik siyosatining belgilab berilganligi kurtak otayotgan 
demokratiyani muhofazalash ehtiyojidan ham kelib chiqadi. Bu siyosatning izchil 
amalga oshirilishi mamlakatimizda demokratiyaning kelajagini kо„p jihatdan 
belgilaydi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling