1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1,45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu: Tafakkur о„zgarishi va ma‟naviy yangilanishda milliy g„oyaning roli Reja
- 1.Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g„oyadan kо„zlangan maqsadlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Demokratiyaning asosiy tamoyillarini ayting. 2. Demokratik institutlarning kо„rinishlari mavjud? 3. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari borish nimani bildiradi? 4. Milliy g„oya va demokratiyaning uyg„unligi nimalarda kо„rinadi? 6-mavzu: Tafakkur о„zgarishi va ma‟naviy yangilanishda milliy g„oyaning roli Reja: 1. Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g„oyadan kо„zlangan maqsadlar 2. Milliy g„oya - О„zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi 3. Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon bо„lishi 91 1.Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g„oyadan kо„zlangan maqsadlar Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolarni xolisona tahlil qilish, tegishli xulosa hamda saboqlar chiqarish - milliy g„oyaning zarurligi va ahamiyatining tobora ortib borishini kо„rsatmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol g„oyasi va mafkurasini shakllantirish zarurati haqida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fikr yuritishi tasodifiy hol emas edi. Negaki, «Milliy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an‟ana va urf- odatlariga tahdid soladigan, uni о„z ta‟siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan о„z manfaati yо„lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar». Demak, milliy g„oyaning zarurligi eng avvalo, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash uchun zarurdir. Uning zarurati quyidagi maqsadlarni amalga oshirish bilan bog„liq holda namoyon bо„ladi. oldimizga qо„ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga, ya‟ni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish; eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bо„lish; g„oyaviy bо„shliq paydo bо„lishiga yо„l qо„ymaslik; uzoq davrlar mobaynida odamlar ongida hukmron bо„lgan begona va yot g„oyalarning yanada qaytadan tiklanishiga yо„l qо„ymaslik; xalqimiz tabiatiga zid bо„lgan о„zga g„oyalardan, ayniqsa yosh avlodni himoya qilish; har qanday tajovuzkor g„oyalarga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish zaruratining mustaqillikni mustahkamlashdagi о„rnini anglash orqali harakat dasturiga ega bо„lish; mustaqil davlatimizning har bir fuqarosida Vatan taqdiri uchun ma‟sullik tuyg„usi bо„lishi uchun ham zarur. Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g„oyadan kо„zlangan maqsadlarning keng qamrovli ilmiy-nazariy va amaliy yо„nalishlari Prezident Islom Karimovning asarlarida, nutq va ma‟ruzalarida о„zining aniq konseptual ifodasini topgan. Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a‟zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran о„zgarishlar yuz bermoqda. Ana shunday sharoitda xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini о„zida mujassam etadigan milliy g„oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma‟naviy taraqqiyotimizning muhim sharti hamda zaruratiga aylandi. Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g„oyaning zarurligi va uning ahamiyati ham ichki, ham tashqi siyosatimiz istiqbollari, samaradorligi bilan bog„liq. Shu nuqtai nazardan milliy g„oyaning zarurligi jamiyatimizni taraqqiy topgan demokratik mamlakatlardagi kabi erkin va farovon hayot barpo etish bilan ham bog„liq. Demak, milliy g„oyaning negizini ham biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad, tengsiz oliy ne‟mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab- avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bо„lib qolaverar ekan, uning zarurligi hech bir davrda о„z ahamiyatini yо„qotmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling