1-mavzu. Organik birikmalarning tuzilishi, ularning elementar tarkibi, organik molekulalardagi bog‘lanish turlari, sinflashi «Organik kimyo»
Download 132.92 Kb.
|
1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namunaviy masala
- Mustaqil ishlash uchun savol va masalalar
Aromatik aminobirikmalar
A romatik aminobirikmalar ham xuddi yog‘ qatori aminobirikmalari kabi ammiakning hosilalari hisoblanadilar. Toza aromatik aminobirik-malarda aminoguruh benzol halqasidagi uglerod atomi bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Masalan: . Birlamchi aminlar. Birlamchi aminlar Ag-NN2 umumiy formula bilan ifodalanadilar va quyidagicha nomlanadilar: 1 . Aromatik nitrobirikmalarni qaytarib aromatik aminobirikmalar hosil qilish (N.N.Zinin): . Bu jarayonda qaytaruvchi sifatida temir va xlorid yoki sulfat kislota; kaliy va xlorid kislota; vodorod sulfid yoki ishqoriy metallar sulfidlari, gidrosulfidlari ishlatilishi mumkin. 2 . Aromatik aminlarni aromatik galogenli birikmalarga ammiak ta’sir ettirib olinishi mumkin: B enzol halqasi bilan bevosita bog‘langan galogen atomi kam qo‘zg‘aluvchan bo‘lganligi sababli, bu jarayon yuqori bosim, harorat va mis birikmalari katalizatorligida olib boriladi. Agar galogenga nisbatan o- yoki p- holatlarda nitroguruh joylashgan bo‘lsa, bu holda galogen aminoguruh bilan oson almashinadi: 3 . Toza aromatik birlamchi aminlarni kislota amidlaridan Gofman reaksiyasi yordamida olish mumkin: Namunaviy masala: Etan va metilamin aralashmasini xlorid kislota eritmasi orkali utkazil-ganda gazlar xajmi 4 marta kamaygan bulsa, boshlangich aralashmadagi etanning massa ulushini(%) xisoblang. 1)boshlang’ich gazlarni 4 mol deb olsak reaksiyadan so’ng esa 1 mol gaz qolgan. Bilamizki etan xlorid kislota eritmasiga yutilmaydi demak 1 mol gaze tan . unda 4-1=3 mol gaz metil amin 2) 1mol etan m=30 g 3 mol metil amin 3∙31=93 g umumiy massa 30+93=123 g 3)123 g ____100% 30 g _______x=% x=(100∙30)/123=24,5 % Mustaqil ishlash uchun savol va masalalar 1-darajali 1 Nitrobutan izomerlarini yozing va nomlang? 2. o-,m-,p- nitrotoluollarni yozib bering? 3. Propanni nitrolash mahsulotlarini yozing? 4. Benzol nitrolanganda qanday mahsulot olinadi? 5. Reaksiya mahsulotini yozing: CH3-I+AgNO3= 6.Uchlamchi nitroalkil birikmalar qanday olinadi? 7. o-dinitrobenzol qanday olinadi? 8. Trotil formulasini yozib bering? 9. Nitrobenzolni anilingacha qaytarib bering? 10. C3H7NO2 izomerlarini yozib bering? 2-darajali 11. Aromatik nitrobirikmalar yadrosidagi elektrofil reaksiyalarini yozib bering 12. Aromatik nitrobirikmalar yadrosidagi nukleofil reaksiyalarini yozib bering 13. Tautomeriya hodisasi qanday nitrobirikmalarda sodir bo’ladi? 14. Atsi-nitro va atsi-shakllar orasidagi farq nimada? 15.Buten - dan 2-nitrobutan oling vа uni nitrit kislota bilan reaksiya tenglamasini yozing. 16. p-Nitro-, p-аtsetil-, п-metoksi-, п-dimetilаminobrombenzollarning qaysi biri benzol eritmasida piperiden bilan oson reaksiyaga kirishadi? 17. Benzamid, anilin, trimetilfenilammoniy xlorid bromlansa qanday birikmalar hosil bo’ladi?. 18. 2-Xlornaftalin suyuq ammiak eritmasida kaliy amidi bilan reaksiyaga kirishganda аsosan α-naftilamin hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing? 19.Aromatik aminlardagi asoslik xossani tushuntirib bering? 20.Shiff asoslari hosil bo’lish reaksiyasini yozing? 21.Birlamchi aminning vodorod xloridli tuzi tarkibida 43,55% xlor borligi ma’lum. Birlamchi aminning nisbiy molekulyar massa va nomini aniklang. A) 45, izopropilamin B) 31, metilamin C) 45, etilamin D) 93, fenilamin E) 71, butilamin 22.93 g modda yondirilganda, 67,2 l uglerod(IV)oksid, 135 g suv va 33,6 l azot xosil buldi. Uning 7,75 g n.sh.da 5,6 l xajmni egallaydi. Moddaning molekulyar formulasi-ni aniklang. A) NH3 B) C2H7N C) CH3NH2 D) C3H9N E) C2H5N 23.Asetilen asosida olingan nitro-birikmani kaytarish natijasida xosil buladigan, bromli suvni rangsizlantira-digan, asosli xossaga ega bulgan organik moddani kursating.A) metilamin B) dietilamin C) benzaldegid D) dimetilanilin E) anilin 24.Ikkilamchi aminni kursating. A) ikkilamchi butilamin B) uchlamchi butilamin C) izobutilamin D) trimetilamin E) diizopropilamin 25..Metan va metilamin aralash-masini xlorid kislota eritmasi orkali utkazilganda gazlar xajmi ikki marta ka-maygan. Boshlanggich aralashmadagi metan-ning massa ulushini(%) xisoblang. A) 25 B) 34 C) 68 D) 17 E) 51 26.Etan va metilamin aralashmasini xlorid kislota eritmasi orkali utkazil-ganda gazlar xajmi 3 marta kamaygan bulsa, boshlangich aralashmadagi etanning massa ulushini(%) xisoblang. A)56 B)33 C)66 D)76 E)88 27.Anilinga odatdagi sharoitda bromli suv ta’sir ettirilsa kanday birikma xosil buladi? A) N-bromanilin B) o-bromanilin C) m-bromanilin D) n-bromanilin E) 2,4,6-tribromanilin 28. C4H11N tarkibli barcha aminlarni toping 29.Nitrobirikmani tavsiflovchi guruxni kursating A) NHCOCH3 B) –NO2 C) N =O D) ON = O E) - O-N-O-H 30. Metilnitrat va nitrometandagi azot atomlarining oksidlanish darajasi kanday? A)+4,+5 B)+5,+3 C)+3,+5 D)+3,+3 E)+4,+3 Download 132.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling