1-mavzu. Qarluqlar, O‘G‘uzlar va somoniylar davlatlari. Reja


Download 353.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana14.05.2023
Hajmi353.52 Kb.
#1460283
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу




1-MAVZU. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR VA SOMONIYLAR DAVLATLARI.  
Reja: 
1.Qarluqlar davlatining tashkil topishi. 
2.Og‘uzlar davlatining vujudga kelishi 
3.Movarounnahrda Somoniylar davlatning vujudga kelishi. 
4.Somoniylar davlatida boshqaruv tizimi va mudoofa ishlari 
5.Qarluqlar, O‘g‘uzlar va Somoniylar davrida davlat boshqaruvi va yer egaligi. 
Adabiyotlar 
1. 
O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. 
2. 
Eshov B. sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. – Toshkent: Zar qalam, 2004. 
3. 
Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi.-Toshkent, Sharq, 2001. 
4. 
Boboev H., Do‘stjonov T., Hasanov S., Ollamov Ya. Avesto va uning insoniyat
taraqqiyotidagi o‘rni. – Urganch, 2002. 
5. 
Avesto. Izbrannыe gimnы. Per. V.A, Livshitsa. – Dushanbe: Irfon, 1990. 
6. Avesto. «San’at». 1991. - № 5-12, 1992. - № 1. 
7. Avesto «Guliston», 1999. - № 1-5. 
8. Abaev V.I. Mif i istoriya V Gatax Zoroastra. Istoriko-filologicheskie issledovaniya. – M.: 
Nauka, 1974.
 
Qarluq (Qorluq) — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan etnik uyushma. 3 qabiladan tashkil topgan
ular Xitoy solnomalarida meulo (yoki meuli), chjisi (yoki pofu) va tashili deb nomlangan. VI—
VII asrlarda bular Oltoyning gʻarbiy qismida, Chorish daryosi (Ob daryosi oʻzanlaridan biri) 
havzasida, Irtish 
daryosining quyi 
oqimi 
boʻylarida, Tarbagʻatoyda hamda Jungʻoriyagacha boʻlgan katta hududda yashaganlar.
Qarluqlar, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanib, bir yerdan ikkinchi yerga koʻchib, oʻtovlarda 
yashaganlar. Qarluqlar hududi Sharqiy va Gʻarbiy Turk xoqonligi oʻrtasida, strategik qulay yerda 
joylashgani uchun ular oʻrtasida talash boʻlgan. Qarluqlar oʻz mustaqilliklarini saqlab qolish 
uchun ular bilan betinim kurash olib borganlar. VII asr oxirlarida Sharqiy Turk xoqonligi 
qarluqlar 
hududining 
aksariyat 
qismini 
xoqonlikka 
qoʻshib 
olgan. 
742-yil 
qarluqlar, uygʻurlar va basmillardan iborat qabila ittifoqi isyon koʻtarib oʻz mustaqilliklarini 
tiklaganlar. Qarluqlar eltibari (boshligʻi) oʻzini 3 qabilaning shexusi (yabgʻusi) deb eʼlon qiladi. 
Xitoy qoʻshini bilan arablar oʻrtasidagi Talas jangida qarluqlar hal qiluvchi rol oʻynaganlar. 
757—766-yillarda qarluqlar Turgashlar davlati hududini egallab olganlar. Chu daryosidan 
shimolroqda joylashgan Suyob shahri Qarluqlar davlati markazi boʻlib qolgan (766—940). 
Qarluqlarga Jungʻariya olatovidan to Sirdaryogacha boʻlgan hudud qaragan. Qarluqlar davlati 
shimol 
va 
sharqdan Elsuvi 
daryosi vodiysigacha, Chigil qabilasi 
yaylovlarigacha; 
gʻarbdan Oʻgʻuz yurti va Fargʻona vodiysi; janubda esa yagʻmolar vohasi va Sharqiy 
Turkiston bilan chegaralangan. Keyinchalik poytaxt Ili daryosi vodiysidagi Qoʻyliq shahriga 
koʻchirilgan. Poytaxtdan tashqari Joʻl, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator 
qishloqlar qad koʻtargan. 861-yil qarluqlar Qoshgʻarni egallashgan. Qarluqlarning ayrim 
guruhlari 
VIII 
asr 
oʻrtalaridan Zarafshon 
vohasida, Fargʻona 
vodiysida, Janubiy 
Turkiston, Tojikiston hududlarida ham yashagan. X asrda Qoraxoniylar davlati tarkibiga 
kirishgan, ilk mulkdorlik munosabatlari shakllana boshlagan. Qarluqlar qoʻychilik, togʻ jilgʻalari 
boʻyida esa dehqonchilik bilan shugʻullangan. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr bilan savdo-
sotiq olib borishgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib 
chiqilgan. Qarluqlar 960-yil islom dinini qabul qilishgan. X asr o’rtalarida Qarluqlarning bir 
nechta shaharlarida jome masjidlari bino qilingan. K.Shoniyozovning fikricha, Qoraxoniylar 
sulolasi bevosita Qarluqlar davlati bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uning tadrijiy davomi hisoblangan. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib qarluqlar Zarafshon daryosining oʻrta va quyi 
oqimlarida, hozirgi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Shoʻrchi hududlarida yashaganlar. 
1924-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston hududida 10 mingdan oshiqroq, Tojikiston 
hududida 7 mingga yaqin qarluqlar yashagan. Keyinchalik qarluqlar oʻz nomlarini unutib, oʻzbek 



va tojik millatlari tarkibiga singib ketgan. Qarluq lahjasi oʻzbek va uygʻur tillarining 
rivojlanishida katta oʻrin egallaydi. Oʻzbek va uygʻur tillari birgalikda Turkiy 
tillar guruhining qarluq ostguruhiga kirishadi.

Download 353.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling