1-mavzu. Qarluqlar, O‘G‘uzlar va somoniylar davlatlari. Reja


Iqtisodiy va madaniy hayot


Download 353.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana14.05.2023
Hajmi353.52 Kb.
#1460283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

Iqtisodiy va madaniy hayot.  Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatning paydo 
bo‘lishi dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning taraqqiyoti – o‘z 
navbatida ichki va tashqi savdoni yanada o‘zviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. 
Shuningdek, Movarounnahr va Xurosonda IX-X asrlarda chorvachilik yuksak darajada bo‘lgan. 
Avvalo, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomonidan, shahar va 
qishloqlarni qo‘shni ko‘chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi. 
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto 
qishloqlarda ham bo‘lgan. Ayniqsa karvon yo‘llari bo‘yida joylashgan shaharlarda bir nechtadan 
bozorlar bo‘lgan. Buxoro, Xo‘jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi 
bozorlar katta va gavjum bo‘lgan. Istaxriyning ma’lumot berishicha, Samarqandda 
Movarounnahrning bosh bozori joylashgan bo‘lib, bu yerga ko‘pgina shaharlardan savdogarlar 
kelgan. Movarounnahrda tayyorlangan mahsulotlarning katta qismi Samarqandga keltirilgan va 
undan keyin boshqa o‘lkalarga tarqatilgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik shaharlarning 
ham o‘rni katta bo‘lgan. 
Bu borada Poykand shahri muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu 
shaharda Somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo‘yidagi o‘lkalar va Xitoy 
bilan oldi-sotti ishlari olib borishgan. Shahar raislari savdogarlar uchun barcha sharoitlar yaratib 
berishga harakat qilganlar. Shaharda o‘nlab karvonsaroylar mavjud bo‘lgan, ular bozorga yaqin 
joyda joylashgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o‘zida ham bo‘lgan. Karvonsaroylar yo‘llarda 
ham qurilgan. 
Bozorlarda sotiladigan mahsulotlar avvalo, mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga 
qaratilgan. Hunarmandlar o‘z mollarini sotib, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilganlar, o‘z 
navbatida hunarmandchilik mahsulotlariga dehqonlarning talabi katta bo‘lgan. IX-X asrlarda 
O‘rta Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada 
ko‘chmanchilar bilan chegaradosh bo‘lgan shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgan. 
Ko‘chmanchilar shaharlarga kelib dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid 
qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotganlar. 
O‘rta Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga
Kavkazga, Xazar va Bulg‘oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sotganlar. O‘rta Osiyodan 
Xitoy bilan O‘rta yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga olib boruvchi 
karvon yo‘llari o‘tgan. Ayniqsa, O‘rta yer dengizi bilan bog‘lovchi karvon yo‘li ancha gavjum 
bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘dod, Hamadon, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, 
Ustrushona, Choch, Balasog‘un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga O‘rta Osiyodan otlar va 
shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak gazlamalar keltirilgan. Xazar, 
Bulg‘or va Rus yerlariga O‘rta Osiyodan quruq mevalar, turli-tuman gazlamalar, guruch va 
kumush chiqarilgan. O‘z navbatida Janubi-Sharqiy Yevropadan O‘rta Osiyoga mo‘yna, mis, teri, 
qoramol, qo‘llar keltirilgan. Janubi-Sharqiy Yevropa bilan bo‘lgan savdo aloqalarida xorazmlik 
savdogarlarning o‘rni katta bo‘lgan. 



IX-X asrlarda madaniy hayot ham o‘zining yuqori darajasiga ko‘tarildi. Avvalo, 
me’morchilik san’ati va qurilish uslublari rivojlandi. Turar-joylar, yirik binolar, amirlar saroylari 
ham xom g‘ishtdan qurila boshlandi. Ma’muriy binolar, yirik boylar va amaldorlarning uylari 
ustunlar va o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson 
me’morchilik san’atining yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi 
Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara o‘ta oddiylik va mahobatli shaklga xos bo‘lib u 892-943 
yillar orasida qurilgan va o‘zining bag‘oyat chiroyli qilib ishlangan tashqi ko‘rinishi bilan ajralib 
turadi. Ushbu maqbara o‘rta asrlar me’morchilik san’atining noyob durdonalaridan biri 
hisoblanadi.
Somoniylar davri me’morchiligining yana bir noyob durdonasi Kattaqo‘rg‘ondan 60 km 
janubdagi Tim qishlog‘ida joylashgan Arab ota maqbarasidir. Bu maqbara Ismoil Somoniy 
maqbarasi bilan o‘xshashlik topadi. Bu o‘xshashlik maqbaraning umumiy ko‘rinishida, 
inshootning tuzilishida, umumiy bezatilishida o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga Arab ota 
maqbarasi misolida Somoniylar davridagi me’morchilik taraqqiyoti va rivojlanish yo‘llarini 
ko‘ramiz. Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalarini shuningdek, Karki 
(Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, O‘zun (Surxondaryo) yaqinidagi Xo‘ja Naxshron, 
Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbaralarida ham uchratish mumkin. Somoniylar davriga kelib 
shaharlar o’ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanib qoldi.
IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo‘llarining saqlanib qolganligini ko‘plab 
masjidlar misolida ham ko‘zitishimiz mumkin. Bu davrga oid masjidlar to‘g‘risida so‘z 
yuritilganda Buxorodagi Mag‘oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, 
Shaxristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O‘rta Osiyoda 
diniy me’morchilikning rivojlanish yo‘llarini ko‘zatish imkonini beradi.
Narshaxiyning ma’lumot berishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro registonida o‘zi 
uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishida katta mablag‘ sarflagan. Bu saroy g‘oyatda 
go‘zal bo‘lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi 
Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo‘lgan. Bu saroylar o‘zlarining 
kattaligi va go‘zalligi bilan ajralib turgan. Ko‘p hollarda bunday saroylar xushmanzara joylarda, 
bog‘lar ichida bunyod etilgan. 
O‘rta Osiyo xalqlarining asrlar davomida erishgan madaniy yutuqlari va bilimlari IX-X 
asrlarda yashagan va ijod qilgan olimlarga katta ilmiy poydevor vazifasini o‘tadi. Agarda bu 
ilmiy poydevor yuqori darajada bo‘lmaganda edi, Somoniylar davridagi ilmiy taraqqiyot haqida 
gapirish qiyin bo‘lar edi. Buxoro, Marv, Samarqand, Nishopur, Balx, Binkent, Kesh, Nasaf, 
Termez, Xo‘jand, Urganch kabi shaharlar bu davr ichida yirik madaniyat va fan markazlariga 
aylandilar. Somoniylar o‘z davlatlari hududida joylashgan o‘lkalardan chiqqan zamonasining 
yetuk ma’rifiy va fan sohiblarini Buxoroga taklif etdilar. Ular amir saroylarida o‘tkaziladigan 
ilmiy munozaralar va adabiyot uchrashuvlariga taklif qilinib turdilar. O‘z bilimlarini yanada 
chuqurlashtirish aqsadida amir kutubxonalarida saqlanadigan qo‘lyozmalarni o‘rgandilar. 
Somoniylar davrida O‘rta Osiyoning qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan madaniy va savdo 
aloqlari yanada kengaydi va o‘zviylashdi. Movarounnahr va xurosonlik olimlar – Abdullo 
Ro‘dakiy, Abumansur Daqiqiy, Abulqosum Firdavsiy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nars Farobiy, 
Abu Ali Ibn Sino, Abulabbos al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy kabilar 
o‘zlarining buyuk ixtirolari va tadqiqotlari bilan nafaqt o‘z o‘lkalaridagina emas, balki butun 
mashriqu mag‘ribda mashhur bo‘ldilar. E’tiborli tomoni shundaki, bu olimlar qomusiy bilimlar 
sohiblari bo‘lishgan. Ular fanning turli sohalarida ijod etib, dunyo madaniyati va fanining 
rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Ular ixtiro etgan kashfiyotlar faqatgina 
ularning nomlariga boqiyliq baxsh etmay, balki butun xalqimizning obro‘-e’tiborini dunyoga 
taratdi. Bu davrga oid moddiy topilmalar, me’moriy yodgorliklar xalqimizning yuksak 
madaniyatidan, nozik dididan, chuqur bilimidan va ijodiy parvozidan guvohlik berib kelmoqda. 
Shuningdek Somoniylar davrida Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan 
biriga aylangan. Shu davrda Buxoro shahrida O‘rta Osiyodagi ilk ilmgoh – madrasa bunyod 



etiladi. Bxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino qilingan. U Farjak madrasasi deb 
yuritilgan.

Download 353.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling