1-mavzu. Qarluqlar, O‘G‘uzlar va somoniylar davlatlari. Reja
Devoni mamlakai xos (davlat ish boqaruvchisi devoni)
Download 353.52 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devoni qozi az-ziyo (qozilik ishlari devoni).
- ustod
Devoni mamlakai xos (davlat ish boqaruvchisi devoni). Bu devon saroy ta’minoti
bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni nazorat qilgan. Muhim davlat ishlari va ayniqsa, xazina kirim- chiqimini nazorat qilish ham shu devon zimmasida bo‘lgan. Devoni vakf (vakf yerlari devoni). Machitlar, madrasalar, umuman diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lgan yer-suv, mol-mulk kabilarni boshqargan. Devoni qozi az-ziyo (qozilik ishlari devoni). Bu devonni davlatning bosh qozisi boshqargan. Devon barcha viloyatlar va shaharlardagi qozilar faoliyatini nazorat qilib turgan. Yuqorida sanab o‘tilgan devonlarning barchasi (soxib al-borid devonidan boshqa) mahalliy hokimlar va oliy markaziy hokimiyatga bo‘ysungan. Ta’kidlash lozimki, Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimi ham samarali faoliyat yuritgan. Viloyatlar boshqaruvchilari – hokim, shaharlar boshqaruvchilari esa – rais deb yuritilgan. Viloyatlar hokimlari ko‘p hollarda hukmron sulola vakillaridan va katta ta’sirga ega bo‘lgan yirik zodagonlardan tayinlangan. Somoniylar davrida amaldorlarni davlat xizmatiga qabul qilishda ma’lum bir talablar: davlat tili hisoblangan arab tilini mukammal bilish, islomiy huquq-fiqx me’yorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlarida bilimdonlik va boshqalar mavjud bo‘lib, bu markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilardi. Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlarning mavqelari nihoyatda katta edi. Shuningdek, X asrda musulmon ruhoniylari ham katta obro‘ga ega edilar. Movarounnahrda asosan islom dinining xanifiylik mazhabi tarqalgan bo‘lib, dindorlar boshlig‘i ustod (keyinchalik shayx-ul-islom) Somoniylar davlatida katta mavqega ega bo‘lgan. Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan bo‘lib, ular qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayonidagi ishlar qozikalon, qozilar, mufti, raislar tomonidan amalga oshirilgan. Viloyat va shahar qozilari qozikalonga bo‘ysungan. Davlatda har bir viloyatlar va shaharlar hukmdorlari ko‘ngillilaridan iborat qo‘shin saqlagan. Ko‘ngillilar odatda ozod va boy dehqonlarning o‘g‘illaridan iborat bo‘lgan. Ko‘ngillilar harbiy holat vujudga kelgan vaqtda albatta yig‘ilgan. Ular viloyat va davlat daromadi hisobiga saqlangan. Davlat hududlari viloyat qo‘shinlari va g‘oziylarning qismlari bilan qo‘riqlangan. Yer egaligining turlari. Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining “mulki sultoniy”, “mulk yerlari”, “vaqf yerlari”, “mulki xos” va “jamoa yerlari” deb ataluvchi 5 turi mavjud bo‘lgan. Davlat tasarrufidagi yerlar “mulki sultoniy” deb yuritilgan. Hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib mehnatkash qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlargacha “mulk yerlari” hisoblangan. Masjid xonaqoh va madrasalarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar “vaqf yerlari” deb atalgan. Bunday turlardagi yerlardan foydalanuvchilarning barchasi davlatga hosilning 1/3 hajmida xiroj to‘lar edi. Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo‘l ostidagi yerlar “mulki xos” deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan mulkdorlar davlatga ko‘pincha hosilning 1/10 hisobida ushr solig‘ini to‘lagan, xolos. Hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan yerlar – mulki iqto yerlari deb yuritilgan. 6 Bundan tashqari, qishloq jamoalari tasarrufida ham ma’lum hajmda yer maydonlari saqlanib, ular “jamoa yerlari” hisoblangan. Ular asosan lalmikor va tog‘oldi yerlaridan iborat bo‘lgan. Iqto mulki. X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilina boshlaydi. Bunday mulk “iqto”, unga ega bo‘lgan mulkdorlar “muqto” yoki “iqtodor” deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola a’zolari – amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilib, nasldan naslga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar o‘ziga in’om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum qismini yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar. Barzikor-qo‘shchilar. IX–X asrlarda katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko‘ra, o‘z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a’zolariga ijaraga berishni afzal ko‘radilar. O‘sha zamonda ijarachilar “barzikor” yoki “qo‘shchilar” deb atalardi. Davlat soliqlari (xiroj va ushr) yer egasidan ham, qo‘shchilardan ham alohida-alohida olinar edi. Download 353.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling