1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 1.72 Mb.
bet43/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

Birinchi toifa restoranlarining taomnomasiga buyurtma va firma taomlari kiritiladi. Taomnomada taom yeyilishiga qarab ularning nomi navbat bilan yoziladi. Firma taomlari va hissali taomlar umumiy taomnomada maxsus bo‘lim qilib yoziladi. Taomlar navbat tartibi assortiment minimumiga, ya’ni bir kunda o‘tishi lozim bo‘lgan taom va ichimliklar miqdoriga mos kelishi kerak.
Assortiment minimumida nazarda tutilgan taom va gazaklar sonini qisqartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksincha, taomnomaga mavsumiy va firma taomlari qo‘shilib, assortiment kengayishi mumkin.
Taomnomaga kiritilgan taom va gazaklar restoranning butun ish kuni davomida va agar belgilangan bo‘lsa, nonushta, tushlik va kechki ovqat paytlarida amal kiladi.
Shu narsani ham nazarga olish kerakki, ovqatlanish korxonalariga mijozlar farzandlari bilan kelgan bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun bolalarga mo‘ljallangan taomlar taomnoma tuzganda e’tiborga olinishi kerak. Taomnoma tuzganda ovqatning yuqori sifati, tashqi ko‘rinishining bezagiga ham e’tibor berish lozim. Taomning faqat bezagi emas, uning yoqimli va mazali bo‘lishi ham talab etiladi.
Taomnoma tuzilganda diqqatni jalb qiladigan omillardan yana biri mavsumiy ehtiyojdir. Shu narsa ma’lumki, yog‘li, oqsillarga boy taomlarga qishda talab kuchayadi, yozda esa sovuq taomlar, sabzavot, yangi meva-chevalar ko‘proq iste’mol qilinadi.
Ovqatlarga garnir tanlashda, u asosiy taomga mos kelishini hisobga olish kerak. Masalan, bifstroganga qovurilgan kartoshka, baliqqa pishirilgan kartoshka va hokazo. Hamma gazak va taomlarni taomnomaga quyidagi tartibda joylashtirish kerak: sal achchig‘i boridan achchig‘i yuqoriroq tomon, oddiydan murakkab tomon, arzonidan qimmatrog‘i tomon va boshqalar.
Taomnoma ovqatlarning berilishiga, qaysi taom oldin, qaysisi keyin tortilishiga mos holda ham tuziladi. Taom va gazaklar taomnomada quyidagi tartibda yoziladi:

  1. Firma taomi va gazaklar.

  2. Issiq gazaklar.

  1. Birinchi taom — tuxum va boshqalar solingan bulon, sho‘rva, borsh, uvra, sovuq suyuq ovqatlar va hokazo.

  2. Ikkinchi taomlar — baliq, go‘shtli, tuxumli, sabzavotli, sutli, hamirli ovqatlar.

  1. Shirin taomlar — oddin issiqlari, keyin sovuqlari beriladi.

  2. Ichimliklar — issiq choy, kofe, kakao va hokazo.

  3. Qandolat mahsulotlari — pirojniy, tort va boshqa shirinliklar.




Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling