1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shishadan yasalgan idishlar
2. Billur va shisha idishlar.
Lyuks toifadagi va oliy toifa-dagi restoranlarda stollar billur idishlar bilan bezati-ladi va vino-aroq tarqatishda ulardan foydalaniladi. Billur idishlar tantanali kechalarda, mehmonlarni qabul qilish paytlari, banketlarda ishlatilganda tengi yo‘q manzara vujudga keladi. Billurdan yasalgan mahsulotlar ancha qalinligi, yal-tiroqligi, yorug‘lik aks etishi, musiqiy ohangi bilan ajralib turadi. Misol uchun oq vino, likyorga ishlatila-digan, uncha chuqur bo‘lmagan ryumkalar, chiroyli fujer-lar, mevalar solinadigan vazalar. Shishadan yasalgan idishlar ikki usulda tayyorlanadi: puflab ichiga dam berib va presslanib. Dam beriladigan idishlar devorlari yupqa bo‘ladi, asosan rangsiz, yalti-roq oynalardan yasaladi. Presslangan idishlar devorla-ri puflanganga qaraganda qalin, rangsiz, rangli shisha-lardan yasalgan, oz miqdorda billurdan ham qilinadi. Shishadan qilingan oshxona idishlari juda ko‘p va xilma-xildir. Suv, vino, salat va boshqalarda foydalaniladi. Billur mahsulotlar, ayniqsa yiriklari, qalinlari, odat-da nur sindiruvchanlik xususiyatiga ega. Restoranning kundalik xizmatida ko‘pincha shisha idishlar keng qo‘llaniladi. Rangli shishadan yasalgan idish-tovoq va boshqa anjomlar ayniqsa qo‘l keladi. Un1shg shakl va rangi restoran manzarasiga bezak qo‘shadi. Stol yasatilganda qadah va ryumka tanlanganda quyidagi ma’-lum qoidagi rioya qilinadi: ularning sig‘imi ichimlik quvvatiga mos bo‘lishi kerak, ichimlik qancha kuchli bo‘lsa, ryumkaning sig‘imi shuncha oz bo‘lishi lozim. Stol yasatilganda ularga e’tibor berish kerak likyor uchun ryumkalar (sig‘imi 25—30 sm3); konyak uchun ryumkalar — ichi keng, og‘zi torroq, past bo‘yli, 25 sm3 konyak sig‘adi. Bu ryumkalar konyak bilan birga olib kelinadi; aroq uchun ryumkalar (sig‘imi 50 sm3) — aroq va bosh-qa kuchli ichimliklar uchun; madryana ryumkalari (sig‘imi 75 sm3) — kuchli va de-sert vinolar: portveyn, madera, xeres, muskat, malag va O‘zbekitonda ishlab chiqariladigan har xil vinolar uchun; chet mamlakatlarda ishlab chiqariladigan vinolar uchun turli xil ryumkalar; qadahlar, silindr shaklida (sig‘imi 125 sm3), uzun, shampan va boshqa ko‘piradigan vinolar uchun; fujerlar (sig‘imi 250—280 sm3) — ma’danli va meva suvlari uchun, pivoga ishlatish ham mumkin; pivo krujkalari (sig‘imi 250 va 500 sm3) — ichi keng, og‘zi tor pivo barlarida foydalaniladi; choy ichish uchun stakanlar (sig‘imi 200—250 sm3); __ shisha idish (sig‘imi 100—150 sm3) — meva sharbatari uchun; silindr stakanlar (sig‘imi 300 sm3) — muz solin- gan viski, sodali va muz solingan ichimlik uchun; tagi qalin choy stakani (sig‘imi 200—250 sm3) — kofe uchun; qopqoqli ko‘zacha (sig‘imi 2 l gacha)—suv, kvas va bosh-qa sharbatlar uchun; kompot idishi—shirin ichimliklar uchun; kryushon idishi (sig‘imi 3 l)—kryushon tayyorlab berish uchun; rozetka (diametri 90 mm)—qiyom, shakar, limon uchun; qalin shishadan qilingan salat idishi — sirka, o‘simlik yog‘i, gorchitsa, tuz solingan ko‘katli salat uchun; o‘lchov stakani (100, 200 ml) — oq yorqin shishadan, tamg‘aga ega bo‘lishi shart; tuz, qalampir, gorchitsa uchun idishlar; meva uchun vazalar (diametri 200, 240, 300 mm, uzun-ligi 200 mm) — 1, 2, 3 kg gacha meva ketadi. Ular har xil rangda: ko‘k, sariq, qizg‘ish, siyohrang bo‘lishi mumkin, uzun va past bo‘ylibo‘ladi; gullar uchun vazalar (balandligi 10—15 sm); vazalar (sig‘imi 3000 sm3) — kryushon tayyorlash uchun, 10 ta qadahi va quyadigan qoshig‘i bor; qiyom uchun oyog‘i yo‘q vazalar; pecheniy, konfet uchun bo‘yi uzun vazalar; tekis tort, pirojniylar uchun o‘rta bo‘yli vazalar; uzunchoq vaza — meva va yangi sabzavot uchun; sirka, kunjut, kungabaqor yog‘i uchun idish; qopqoqli grafin (sig‘imi 0,25 l va undan ko‘p) — aroq, vino, konyak va alkogolsiz ichimliklar uchun. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling