1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Bayram kechalarida xizmat ko‘rsatish
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
Bayram kechalarida xizmat ko‘rsatishYangi yil, Navro‘z, Mustaqillik kuni va boshqa bayramlar, tantanalar, oila yoki mehnat jamoalari, do‘stlar doirasida o‘tkaziladi. Tug‘ilgan kunlar, yubileylar o‘tkazilganda ziyofatlar beriladi, kecha sohibiga zar chaponlar kiydiriladi, sovg‘a-salomlar, tortlar keltiriladi. Bosh ofitsiant va ofitsiantlar yordamchi xonada tortlar ustidagi shamlarni yoqadi. Birinchi qadah aytilgandan so‘ng ofitsiant shamlar yoqilgan tortni zalga olib kiradi. Tortni chiroyli idish ustiga qo‘yadi. Bosh ofitsiant mehmonni tavallud topgan kuni bilan tabriklaydi va shamlarni o‘chiradigan asbob beradi. Tez erib tortga oqmasligi uchun shamlar sovutgichda saqlanadi. Yangi yil. Deyarli butun dunyoda bayram qilinadi. Oila a’zolari, qarindoshlar, do‘st-birodarlar, mehnat jamoalari har yili 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi yangi yilni kutishadi. Eski yilga yakun yasab, fotiha berishadi, yangi yilning yaxshi kelishini niyat qilishadi. Yangi yil bayramini o‘tkazish uchun restoran ham mehmonlar kutishga katta tayyorgarlik ko‘radi. Zal bayramona yasatiladi. Stollar bezatiladi, maxsus taomnomalar tuziladi. Ko‘p hol-larda estetik did bilan ishlangan taklifnomalar chiqariladi. Restoranda dastlab stollarni 4, 6, 8, 12 kishilik qilib qo‘yiladi. Stollarga raqamlar belgilanadi. Resto-ran zalining markaziga rang-barang bezalgan archa qo‘yi-ladi. Turli rangdagi lampochkalar yonib-o‘chib turadi. Bu yerda niqoblar, sovg‘alar, shar, gullar sotishni ham tash-kil qilish mumkin. Xizmat boshlanishi oldidan bosh ofitsiant o‘z ofitsi-antlarini xizmat qilish tartibi bilan tanishtiradi. Stollar yasatilishi, mehmonlar uchun taomnoma, qo‘shimcha taom, ichimliklar assortimenti haqida tushuntiradi. Tegishli ko‘rsatma olganlaridan keyin ofitsiantlar stollarni yasatadi, mehmonlar kelishiga yarim soat qolganda, stollarga sovuq gazaklar, ichimlik va mevalarni qo‘yib chiqadilar. Yangi yil kechasida ishlatiladigan idish-tovoqlar, anjomlar alohida, chiroyli bo‘lishi kerak. Fujer, qadah, ryumka, shishalar ko‘zni qamashtirsin. Tarelkalarda gulli sochiq-salfetkalar tursin. Yangi yil kutish uchun kelgan mehmonlarning issiq ovqatlari hamma uchun bir xil bo‘ladi, shuning uchun taom tortish hammaga bir vaqtda barobar amalga oshiriladi. Stollarga yozilgan, kraxmallangan oppoqdasturxonlar, billur idishlar, guldastalar, vazalarga manzarali qilib terilgan mevalar bayramona kayfiyat yaratadi. Zalga kirishda mehmonlarni bosh ofitsiant xursandchilik bilan kutib oladi, yangi yil bayrami bilan tabriklaydi va o‘rinlariga o‘tirishda yordam qiladi. Xuddi shu yerda ofitsiantlar ham mehmonlarni kutib oladi, tabriklaydi, egallaydigan joylariga boshlab borib o‘tirishga taklif etadi. Yangi yilning tantanali dakiqalari kelganiga qadar zal bir muncha yoritiladi yoki stollarda shamlar yonib turadi, xolos. Soat 23 dan 45 daqiqa o‘tgach, bosh ofitsiant televizor qo‘yadi. Mamlakat boshlig‘i hammani yangi yil bilan tab-riklaydi, yaxshi niyatlar bildiradi. So‘ngra soat millari 24 ni ko‘rsatib bong uradi. Shu payt shampan qopqoqlari patir-putir shipga uriladi, ofitsiant shishalardan hammaga vino quyadi, mehmonlar tarelkalariga gazaklar soladi. Yangi yil kechasi 31 dekabr kuni soat 23 dan boshlanadi, yangi yilning 1 yanvari 5-6 largacha davom etishi mumkin. Shuning uchun taomnomada bir necha ovqatlar, meva-lar, issiqichimliklar, shampan va boshqa vino-aroq, suvlar bo‘lishi kerak. bulardan tashqari ayrim mehmonlar alohida buyurtmalar berishlari ham mumkin. Yangi yil «qor bobo» kelishi, artistlar bilan birga mehmonlarni xushchaqchaq qilishi mumkin. Qora kofe yoki choy tarqatilishi bilan yangi yil tantanalariga yakun yasaladi. Restoranlarda qabul marosimlari, yubiley, banketlar, to‘y va boshqa tantanalar o‘tkaziladi. Tashkil qilinadi-gan banketlar ofitsiantlarning to‘la yoki qisman ishti-roki bilan amalga oshiriladi. Banket furshet, banket kokteyl, choy banketlari bo‘ladi. Bular ko‘pincha xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladi. Banket o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari buyurtma qabul qilish, tayyorgarlik ko‘rish va xizmatdan iborat. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling