1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 1.72 Mb.
bet7/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

Fabrika-oshxona – yirik, mexanizatsiyalashgan korxona, o‘zi mahsulot ishlab chiqaradi, ovqat va qandolat mahsulotlari tayyorlaydi. Chala tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi maxsus sexlar magazinlarni chala tayyor go‘sht, baliq, sabzavot bilan ta’minlaydi.
Ovqatlantirish kombinati yirik birlashma, uning tarkibiga: fabrikalar, oshxona, restoran, kafe, tamaddixonalar, ovqat magazinlari kiradi. Ovqatlantirish kombinati boshqa korxonalar chakana savdo, ovqat magazinlari uchun ham chala tayyor mahsulotlar tayyorlab beradi. Ovqatlantirish kombinatlari odatda yirik ishlab chiqarish korxonalari, birlashmalar, oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Tayyorlovchi fabrika odatda alohida binoda joylashgan bo‘ladi va yo‘lak bilan oshxonalarga birlashtiriladi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatishning rivojlanishi xalq farovonligining oshishiga bevosita ta’sir qiladi. Umumiy ovqatlantirish korxonalari turli xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanadi va tasniflanadi.
Umumiy ovqatlantirish korxonasi – ma’lum turdagi korxona xizmatning o‘ziga xos belgilari, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatining darajasi va sharoiti bilan ifodalanadi.
Korxonaning turini belgilashda quyidagilar e’tiborga olinadi:

  • realizatsiya qilinadigan mahsulotlar assortimenti, ularni tayyorlashdagi turli-tumanlik va murakkablik;

  • texnik jihozlanish – moddiy baza, injener-texnik jihoz va uskunalar bilan ta’minlanganligi, bino tizimi, arxitektura-rejalanishi va hokazo;

  • xizmat qilish usullari;

  • xodimlarning malakasi;

  • xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyati, binoning ichki bezagi, ahloq-odob, muomala, estetika va h.k.


Umumiy ovqatlantirish korxonalarining beshta turi mavjud: restoran, bar, kafe, oshxona, tamaddixona (yahna ovqatlar).
Restoran murakkab tarzda tayyorlangan taomlarning keng assortimentini tayyorlaydigan umumiy ovqatlantirish korxonasidir. Bular ichiga buyurtma va firma taomlari, vino-aroqlar, tamaki va qandolat mahsulotlari kiradi. Mijozlarning yaxshi dam olishlari uchun yuksak darajada xizmat qilinadi.
Restoranlar bir-biridan tayyorlab beriladigab taomlar assortimenti va joylashgan joyi bilan farq qiladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling