1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkogol ichimliksiz
- Salat-barlar
Avtosayyohlar uchun restoran – katta yo‘l chorrahalarida, yirik avtostansiyalarda joylashadi, sayyohlar bu yerlarda ovqatlanadi va dam oladilar.
Bar –kichkina restoran, ilgari mayxona nomi bilan atalgan. Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shuning bilan birga barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. Barlarning vazifasi – bu yerga keluvchilarga yaxshi xizmat ko‘rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda ko‘ngildagidek dam olish sharoitini yaratish, musiqa, sanoatkorlar chiqishi, videoeshittirishlar tashkil qilish. Assortimentga qarab barlar quyidagi turlarga bo‘linadi: pivo barlari, vino, sut-qatiq, kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining kattaligi, jihozlanishining turli-tumanligi bilan farqlanadi. Barlar odatda ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi: vestibyullarda – bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat qiladilar; restoran barlari – bino ichida, zalda joylashadi; yordamchi barlar–mehmonxona qavatlarida joylashadi; banket barlari – banket zallarida joylashadi; mini - barlar – mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonalarida joylashadi. Bar taomnomalarida aralash-ichimliklar, shuningdek, tabiiy kuchli alkogol ichimliklar bo‘ladi. Har xil gazaklar mijozlar xohishiga qarab beriladi. Hamma barlarda stereofonik ovoz chiqaradigan apparat, televizor, videomagnitafonlar, o‘yin avtomatlari bo‘lishi kerak. 50 dan ko‘p kishiga mo‘ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo‘ladi. Alkogol ichimliksiz barlar paydo bo‘la boshladi. Bunday joylar ommaviy dam olish joylariga aylanadi, har xil kasbga ega yoshlar uchrashadi va alkogolsiz ichimliklarni taklif qiladi. Yaxshi jihozlangan, did bilan bezatilgan, musiqa xizmatining a’lo darajada yo‘lga qo‘yilganligi tufayli bu barlar tezda ko‘zga tashlanadi, yoshlarning sevimli dam olish maskaniga aylanadi. Salat-barlar – maxsus peshtaxta bilan jihozlangan, ochiq sovutgich vitrinasiga ega. Maxsus idishlarda tayyorlangan har xil salatlar: ko‘k salat, bodring, rediska, pomidor, tuxum, kartoshka, sabzi, qizilcha, ukrop, piyoz, petrushka, karam, shuningdek, go‘sht, baliq, kolbasa, pishloq va boshqalar qo‘yiladi. Alohida idishlarda: yog‘, sirka, gorchitsa, krem, qaymoq, mayonez, shakar, tuz, garimdori beriladi. O‘z didi va ishtahasiga qarab har bir mijoz tegishli mahsulotlardan idishlariga solib oladi. Bu barlar «shved dasturxoni»ning bir ko‘rinishidir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling