1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- mavzu: Umumiy ovqatlantirish korxonalari va ularning tasniflanishi Reja
- 1. Umumiy ovqatlantirish korxonalarining tavsifi va turlari
XX asr boshlari
XXasrda «Restoran biznesi» yanada kuchaydi. Rivojlanish ayniqsa AQSHva Yevropa mamlakatlarida ko‘p bo‘lgan. Buning natijasida restoran biznesining yangicha ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. 1921-yilda Uoltr Enderson va Bill Ingrem gamburgerlar bilan savdo qiluvchi Vhite Kaste (Oq qasr) ni ochgan. 1927-yilda Uillard Marriott birinchi marta pivo bilan savdo qiluvchi A&V Root Beer korxonasini Vashingtonda ochadi. Marriott 30- yillrga kelib millionerga aylanadi. 1927-yilda ochilgan Hot Shoppe va Root Beer kompaniyalarining asoschisi Marriott edi. 1970-yilda restoranlarning yangicha ko‘rinishlari vujudga kela boshladi. Masalan: Tako Bell, IGT Friday’s, Houston’s va Red Lobster. Sezar Rits o‘z zamonasining afsonaviy shaxsidir. Mehmonxona industriyasining asoschilari kabi u ham ishni eng quyi pog‘onadan boshlagan va jonkuyarlik bilan mehnat qilgan. Natijada, mehmonxona biznesining sirlarini juda tez o‘rganib, kasbning eng yuqori cho‘qqilariga chiqdi. O‘z ish tajribasini u 15 yoshidan mehmonxona boshqaruvchisining shogirdi sifatida boshlagan. 19 yoshidayoq u Parijdagi kichik restoranlardan birini boshqardi, lekin bu ishni birdaniga tashlab ketdi va mashhur Voisin restoraniga ofitsiant yordamchisi bo‘lib ishladi. Bu yerda u boy va mashhurlarning didlariga ma’qul bo‘lish san’atini o‘rgandi. Juda qisqa vaqt ichida u doimiy mijozlar to‘g‘risida hamma ma’lumotlarni bilib oldi (ular nimani yaxshi ko‘radi va nimani yoqtirmaydi) va mijozlarga yaxshi xizmat qilish kerakligini tushundi. 2- mavzu: Umumiy ovqatlantirish korxonalari va ularning tasniflanishi Reja: Umumiy ovqatlantirish korxonalarining tavsifi va turlari. Umumiy ovqatlantirish korxonalarining toifalari. Umumiy ovqatlantirish korxonalarini joylashtirish tamoillari. 1. Umumiy ovqatlantirish korxonalarining tavsifi va turlari Umumiy ovqatlantirish korxonalari-pazandalik mahsulotlarini tayyorlaydigan va ularni mijozlarga yetkazib berishni tashkil etadigan maskandir. Ishlab chiqarish faoliyati turiga qarab umumiy ovqatlantirish korxonalari quyidagilarga bo‘linadi: restoran, kafe, bar, bufet, tamaddixona, oshxona va boshqalar. Korxona ishlab chiqarishni to‘la amalga oshirgan holda xomashyoni qayta ishlaydi, chala tayyor va tayyor mahsulot ishlab chiqaradi, so‘ngra o‘zlari zallarda, bufet va taomlar magazinlarida ularni sotadi. Turlari, joylashgan joyi, moddiy – texnika jihozlanish darajasi va hajmiga qarab umumiy ovqatlantirish korxonalari turlar va sinflarga bo‘linadi. Umumiy ovqatlanish tashkilotlari - pazandalik mahsulotlarini tayyorlaydigan va ularni mijozlarga etkazib berishni tashkil etadigan maskandir. Ishlab chiqarish faoliyati turiga qarab umumiy ovqatlanish tashkilotlari quyidagilarga bo‘linadi: restoran, qahvaxona, bar, bufet, tamaddixona, oshxona va boshqalar1. Savdo belgisi bo‘yicha umumiy ovqatlantirish korxonalari zagatovka qilish va taomlar tayyorlashgacha bo‘lgan davrga bo‘linadi. Dastlabki tayyorgarlik korxonasi- mexanizatsiyalashgan korxona bo‘lib, chala tayyor mahsulotlarni, shuningdek, ovqat va un mahsulotlarini markazlashtirgan holda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ovqat mahsulotlari va chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi fabrikalar-ovqat fabrikalari, fabrika-oshxonalar, ovqatlarni tez muzlatadigan fabrikalar, chala tayyor mahsulot tayyorlaydigan maxsus sexlardir. Chala tayyor mahsulotlar tayyorlash va ularni majmuali ta’minlashgacha bo‘lgan davrda ovqat mahsulotlari va chala tayyor mahsulotlar fabrikasi xizmat qiladi. Ularda yuqori ishlab chiqarish anjomlari bilan jihozlangan, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan liniyalar, avtomatlar harakat qiladi. Fabrika maxsus xonalarga xomashyo va tayyor mahsulotlarni tegishli haroratda saqlaydigan sovutgich va muzlatgichlarga ega bo‘lgan omborxona xo‘jaligiga ega. Oshxona-fabrika industrial usul bilan ovqat tayyorlaydi, alyumin yoki plastmassa lotoklar, polietilen plyonka, paketlarga joylaydi. Odatda oshxona-fabrikalari yuqori darajada mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan liniyalar to‘xtovsiz ishlaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling