1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Restoranlarning paydo bo‘lish tarixi


Download 1.72 Mb.
bet3/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

3. Restoranlarning paydo bo‘lish tarixi

Aksariyat tarixchilar jamiyat taraqqiyotining bu davrida hozirgi mehmonxonalar va restoranlarning ajdodi dastlabki mehmonxona korxonalari paydo bo‘lgan davrni kiritadilar. Bunday korxonalar «Tavernalar»qadimgi manuskriptlarda tilga olinadi. Taxminan milloddan avvalgi 1700-yilda yozilgan Bobil podshosi Hamurappi kodeksi mana shunday manuskriplardan biridir.


Qadimgi Yunonistonda milloddan avvalgi I-ming yillikda tavernalar ijtimoiy va diniy hayotning muhim unsuri hisoblangan. Tavernalarda sayohatchilarni joylashtirish uchun xonalar mavjudligiga qaramay, ular asosan ovqatlantirish xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, vaholanki savdo -sotiqning rivojlanishi va shu bilan bog‘liq uzoq muddatli safarlar nafaqatovqatlantirish balki, tunash joylarini tashkil qilishni ham taqozo etgan.
Karvonsaroylarning eng rivojlangan tarmog‘i Rim imperiyasi hududida edi. Keyinchalik Marko Polo, bu yerda «Karvonsaroylar to‘xtashi mumkin»degan va har 25 mil(40,22 km)uzoqlikda restoranlar qurila boshlangan. Bunga mansabdor shaxslarning har joyda to‘xtamasliklari sabab bo‘lgan. Bunday binolar hujjatlar asosida qabul qilingan, lekin bunday hujjatlarni ham qalbakilashtirganlar bo‘lgan. O‘sha davrda Marko Polo sayohatga chiqqanda bunday binolar soni 10 mingtagacha yetgan deb ta’kidlaydi. Ba’zi bir mulkdorlar o‘zlarining yerlarida bunday binolarni qurgan va u yerga badavlat odamlar kela boshlagan. Shu sababli boy shaxslar o‘zmablag‘larini ko‘paytirish va saqlash maqsadida shunga o‘xshash restoranlarni qura boshlagan. Bu «tadbirkorlik» Sekviyu Lokatoga tegishli. Rim traktorchisi S. Lokato(milloddan avvalgi 40-yillarda)juda band shaxs bo‘lganligi sababli u restoranda ovqatlangan. O‘sha davrda bino egalari ko‘plab huquqlardan mahrum bo‘lganlar. Xususan ular harbiy xizmatga chaqirilmagan, bola asrab olish huquqidan mahrum etilgan, boshqacha aytganda:Ma’naviy odamiylikdan chetlatilgan. Bundayishbilanshug‘ullanganlarto‘g‘ridan- to‘g‘rishubxaostidaqolganlar. Rimlik oshpazlar o‘z ishlarini yuqori darajada deb bilganlar. Imperator Adriana(milloddan avvalgi 118-138-yillarda) Bosh oshpazi Platinskom shaxsiy akademiya san’atini ochgan. Odatga ko‘ra yig‘ilishlar gunoh hisoblanib,mansabdor shaxslarga ruxsat berilgan.
O‘sha paytlarda o‘z navbatida hammomlar ham faoliyat ko‘rsatgan va bu hammomlarda yuqori lavozimli shaxslar dam olganlar. Milodiy 37-yilda taxtga Kalligula kelganda hammomlar tinimsiz ishlar edi. Hammomda alohida-alohida xonalar bo‘lib, ularda bazmlar uyushtirilgan. Bunday bazmlarning kuchayib ketganligi sababli ortiqcha harajatlarni cheklash uchun qaror chiqarildi. Rim imperiyasi qulagandan so‘ng imperiyada «Mehmondo‘stlik» tushunchasi kuchaydi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling