1-mavzu. “Robototexnika asoslari” faniga kirish. Reja


Fanni o‘qitishda fanlararo va ta’lim turlari o‘rtasidagi bevosita aloqalar


Download 307.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana13.12.2022
Hajmi307.63 Kb.
#999468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma`ruza-1 RA

Fanni o‘qitishda fanlararo va ta’lim turlari o‘rtasidagi bevosita aloqalar. 
Robototexnika ko„plagan ilmiy va muhandislik fanlaridan bo„lgan bilimlarni 
qamrab oladi. SHuning uchun robotlarni ishlab chiqarish va ulardan foylanish 
rejalashtirilayotganda bu borada ba‟zi bazoviy bilimlarga ega bo„lish zarur. 
Robototexnikani tushunish uchun fizika, matematika, eletkronika, informatika 
fanlaridan bilimlar talab qilinadi. Robototexnik qurilma funksional murakkabligi
va o„lchamlari bu zarur bilimlarning xajmiga ta‟sir qiladi. Masalan oddiy 
funksionnalik (bajariladigan isharning murakkabligi) uncha o„lchamlari katta 
bo„lmagan robotni ishlab chiqarish uchun robototexnikaga doir bilimdlarning o„zi 
etarli bo„ladi, biroq oyoq kiyimi qutisi kattaligidagi robotni loyihalash uchun 
qo„shimcha fizika (qattiq jism mexanikasi bo„limi) elektronika, dasturlashti-rish 
sohasidan qo„shimcha bilimlar talab qilinadi. YUqoridagi fan predmetlaridan 
barcha bilimlarni bilish shart emas, biroq robototexnikaga oid bilimlar bu borada 
yangi faoliyat boshlagan insonga yo„l qo„yadigan xatolarini oldini oladi va u 
tomonidan yaxshi robotlar yaratilishiga zamin yaratadi. Robototexnika uchun 
talab qiltinadigan bilimlarni ko„rib chiqamiz. Fizika fan predmetining qattiq 
jismlar mexanikasi bo„limidan bilimlar zarur bo„ladi. Mexanika (yunoncha – 
mechanike (techne)) –mashinalar haqidagi fan, mashina qurish san‟ati), material 
jismning mexanik harakati va bunda jismlar orasidao„zaro ta‟sir haqidagi fandir. 
Robototexnikada mexanikaga oid bilimlar quyidagi fizik xodisalarni tushunish 
zarur: 
-konstruksiyaning har xil qismlari orasida kuchlarni qanday kuzatilishi 


-og„irlik markazi qaerda joylashganini 
-ishqalanish 
-joylashish, tezligi, tana tezlanishi 
-Nyuton qonunlari 
-inersiya 
-materiallar xususiyatlari 
Mexanikadan bilimlar robotni muvozanatda saqlash jarayonini amalga oshirishda
yordam beradi. YAna bir mexanik bidimlar talab qilinadigan bo„lim bu 
robotlarning o„qlari hisoblanadi. Masalan katta bo„lmagan robotni 
konstruksiyalashda g„ildirakni bevosita dvigatelning chiqish valiga maxkamlash 
mumkin. Biroq bu katt arobotlar uchun ishlamaydi, chunki bunda dvigatelning 
ichki qismiga katta bosim zo„riqishni hosil qiladi. Eng yaxshi usul – bu 
g„ildirakni o„qqa mahkamlab dvigatelni o„qqa qo„shish uchun shesternyalardan 
foydalanishdir. Mexnikani bilish bunday konstruksiyalarni yaratishga imkon 
beradi. Agar robot katta o„lchamda bo„lmasas uni tyyorlash uchun har qanday 
materialdan foydalanish mumkin. Agar robot bir necha kilogram kelsa , unda 
mustaxkam materiallardan foydalangan ma‟qul. Agar robot inson o„lchamida 
bo„lsa , unda loyihalashda metall yoki kompozit konstruksiyani qo„llash zarur.. 
Elektronika. (yunoncha –“elektron”) so„zidan olingan- ishlari zaryadlangan 
zarrachalarni (elektronlarni) vakuumdagi, gazdagi yoki qattiq kristalik jismlardagi 
va boshqa fizik hodislardagi konsentratsiyasini va harakat qilishini o„zgarishga 
asoslangan har xil qurilma va asboblarni yaratish va amaliyotda qo„llash bilan 
shug„ullanadigan texnika va fan sohasi hisoblanadi.Robototexnikada
eletronikadan bilimlar 

eletron kompoentlarni 

anolog sxemalarni 

sonli mantiqni 

mikrokontrollerlarni ishlashini tushunish uchun zarur hisoblanadi. 
Elektronika bilimlari – bugungi zamonaviy dunyoda busiz amalda yutuqqa 
erishib bo„lmaydi. Robotlar to„liq mexanik bo„lib uni pnevmatik ishlatish orqali 
boshqarishgina bundan mustasno hisoblanadi. 

Download 307.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling