1-mavzu. “Robototexnika asoslari” faniga kirish. Reja
Fanni o‘qitishda fanlararo va ta’lim turlari o‘rtasidagi bevosita aloqalar
Download 307.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma`ruza-1 RA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektronika.
Fanni o‘qitishda fanlararo va ta’lim turlari o‘rtasidagi bevosita aloqalar.
Robototexnika ko„plagan ilmiy va muhandislik fanlaridan bo„lgan bilimlarni qamrab oladi. SHuning uchun robotlarni ishlab chiqarish va ulardan foylanish rejalashtirilayotganda bu borada ba‟zi bazoviy bilimlarga ega bo„lish zarur. Robototexnikani tushunish uchun fizika, matematika, eletkronika, informatika fanlaridan bilimlar talab qilinadi. Robototexnik qurilma funksional murakkabligi va o„lchamlari bu zarur bilimlarning xajmiga ta‟sir qiladi. Masalan oddiy funksionnalik (bajariladigan isharning murakkabligi) uncha o„lchamlari katta bo„lmagan robotni ishlab chiqarish uchun robototexnikaga doir bilimdlarning o„zi etarli bo„ladi, biroq oyoq kiyimi qutisi kattaligidagi robotni loyihalash uchun qo„shimcha fizika (qattiq jism mexanikasi bo„limi) elektronika, dasturlashti-rish sohasidan qo„shimcha bilimlar talab qilinadi. YUqoridagi fan predmetlaridan barcha bilimlarni bilish shart emas, biroq robototexnikaga oid bilimlar bu borada yangi faoliyat boshlagan insonga yo„l qo„yadigan xatolarini oldini oladi va u tomonidan yaxshi robotlar yaratilishiga zamin yaratadi. Robototexnika uchun talab qiltinadigan bilimlarni ko„rib chiqamiz. Fizika fan predmetining qattiq jismlar mexanikasi bo„limidan bilimlar zarur bo„ladi. Mexanika (yunoncha – mechanike (techne)) –mashinalar haqidagi fan, mashina qurish san‟ati), material jismning mexanik harakati va bunda jismlar orasidao„zaro ta‟sir haqidagi fandir. Robototexnikada mexanikaga oid bilimlar quyidagi fizik xodisalarni tushunish zarur: -konstruksiyaning har xil qismlari orasida kuchlarni qanday kuzatilishi -og„irlik markazi qaerda joylashganini -ishqalanish -joylashish, tezligi, tana tezlanishi -Nyuton qonunlari -inersiya -materiallar xususiyatlari Mexanikadan bilimlar robotni muvozanatda saqlash jarayonini amalga oshirishda yordam beradi. YAna bir mexanik bidimlar talab qilinadigan bo„lim bu robotlarning o„qlari hisoblanadi. Masalan katta bo„lmagan robotni konstruksiyalashda g„ildirakni bevosita dvigatelning chiqish valiga maxkamlash mumkin. Biroq bu katt arobotlar uchun ishlamaydi, chunki bunda dvigatelning ichki qismiga katta bosim zo„riqishni hosil qiladi. Eng yaxshi usul – bu g„ildirakni o„qqa mahkamlab dvigatelni o„qqa qo„shish uchun shesternyalardan foydalanishdir. Mexnikani bilish bunday konstruksiyalarni yaratishga imkon beradi. Agar robot katta o„lchamda bo„lmasas uni tyyorlash uchun har qanday materialdan foydalanish mumkin. Agar robot bir necha kilogram kelsa , unda mustaxkam materiallardan foydalangan ma‟qul. Agar robot inson o„lchamida bo„lsa , unda loyihalashda metall yoki kompozit konstruksiyani qo„llash zarur.. Elektronika. (yunoncha –“elektron”) so„zidan olingan- ishlari zaryadlangan zarrachalarni (elektronlarni) vakuumdagi, gazdagi yoki qattiq kristalik jismlardagi va boshqa fizik hodislardagi konsentratsiyasini va harakat qilishini o„zgarishga asoslangan har xil qurilma va asboblarni yaratish va amaliyotda qo„llash bilan shug„ullanadigan texnika va fan sohasi hisoblanadi.Robototexnikada eletronikadan bilimlar eletron kompoentlarni anolog sxemalarni sonli mantiqni mikrokontrollerlarni ishlashini tushunish uchun zarur hisoblanadi. Elektronika bilimlari – bugungi zamonaviy dunyoda busiz amalda yutuqqa erishib bo„lmaydi. Robotlar to„liq mexanik bo„lib uni pnevmatik ishlatish orqali boshqarishgina bundan mustasno hisoblanadi. Download 307.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling