1-Mavzu: Shveysarning lavozim vazifalari Reja


-Mavzu: Servis va mehmondo‘stlik standartlari


Download 87.58 Kb.
bet3/33
Sana28.09.2023
Hajmi87.58 Kb.
#1688744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
maruza matn

2-Mavzu: Servis va mehmondo‘stlik standartlari
Reja:

  1. Servis haqida tushuncha.

  2. Mehmondo‘stlik standartlari

  3. Nuqsonsiz xizmat ko‘rsatishga erishish yo‘llari



Servis haqida tushuncha.
SERVIS (ing. service — xizmat) — jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholiga xizmat koʻrsatish ishlab chiqarish texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniy maishiy, xoʻjalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatish sohalari. Servis texnika vositalari, maishiy roʻzgʻor apparaturasi, kommunal texnikani sozlash va taʼmirlashga nisbatan ham qoʻllanadi. Servisning quyidagi turlari mavjud: sotuvga qadar va sotuvdan keyin servis (kafolatli, kafolatdan keyingi). Sotuvga qadar Servis mahsulotlarni tashish vaqtida sodir boʻlgan nuqsonlarni bartaraf etish, tovarni ish holatiga keltirish, tovarning ishlashini xaridorlarga namoyish etish va b. ni kamraydi. Sotuvdan keyingi (kafolatli) Servis tovarning normativtexnik xujjatida yoki shartnomada shartlashilgan muddatlarda yuz bergan nuqsonlarini oʻz vaqtida bartaraf etishdan iborat. Bunga xaridorni buyumni ishlatish qoidalari bilan dastlabki tanishtirishni kiritish mumkin. Kafolatli Servis xizmati xarajatlari sotish narxiga kiritilgani uchun bunday xizmatlar tekinga koʻrsatiladi. Kafolat muddati oʻtgandan soʻng Servis sozlash va zarur qismlar bilan taʼminlash, buyumdan foydalanish boʻyicha maslahat berish va odatda, shartnoma asosida haq olib amalga oshiriladi.
Servis – xizmat ko’rsatish orqali mijozning ehtiyojini qondirishga qaratilgan o’ziga xos inson faoliyatidir. Servis sohasi mutaxassislari xizmat ko’rsatish jarayonida mijozning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga yordam beradi va uning asosiy instrumenti bo’lib, mijoz bilan ruhiy munosabatga kirishish hisoblanadi.
Sayyohlik va ekskursion xizmatlari ko’rsatish bo’yicha servis xizmatlari, jozibador geoiqlimiy sharoitlari mavjud bo’lgan joylar va sayohat jarayonida iste’molchilarga dam olishlari uchun imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.
Sanatoriya-sog’lomlashtirish xizmatlarini taqdim etish bo’yicha servis faoliyati iste’molchilarga dunyoning eng qulay rekratsion zonalarida dam olish va sog’liqlarini tiklash imkoniyatlarini ta’minlaydi.



Download 87.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling