1-Mavzu: Shveysarning lavozim vazifalari Reja
Mehmonxonaning VIP va CIP mijozlari
Download 87.58 Kb.
|
maruza matn
Mehmonxonaning VIP va CIP mijozlari
Bugungi kunda mijoz o‘rta darajali (3-4 yulduzli) mehmonxonada ko‘rishni umid qilgan xizmatlarning muayyan to‘plami shakllangan. Zarur xizmatlarning asosiy to‘plami (yashash sharoitlari, ovqatlanish, nomerning issiqligi, issiq suv)dan tashqari, hozirgi namunaviy mijoz mehmonxonada quyidagi xizmatlarni olishga umid qiladi: nomerdagi vanna va hojatxonada – yuvinish buyumlari to‘plami, fen, bir nechta sochiq, poyafzal tozalash vositasi; nomerda chetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish mumkin bo‘lgan telefon, masofadan turib boshqariladigan televizor; mijozga notanish shaharda mo‘ljal olishga ko‘maklashadigan axborot xizmati; mehmonlarni uyg‘otish bo‘yicha tekin xizmatlar; nomerga ovqat keltirish xizmati (room service); fitness markazi, basseyn; kokteyl-bar (restorandan tashqari); mijozlarning avtomobillarini qo‘yish uchun joy; kirxona va kimyoviy tozalash xizmati. Yuqori darajali mehmonxonalarda xizmatlar to‘plami ancha keng bo‘ladi. Nomerda mini-bar, mehmonxonada esa – biznes markazi bo‘lishi shart. Besh yulduzli mehmonxonalarda nomer albatta mijoz uxlashi uchun tayyorlanadi: to‘shakdan choyshab yechib olinadi, torsher yoki stol lampasi yoqiladi, yostiqqa shokolad qo‘yiladi. Super mehmonxonalar mehmonga shaxsiy xizmatkor xizmatini taqdim etishi mumkin. U mehmonning garderobini kuzatib boradi. Yuqori darajali mehmonxonalar nogironlar, ko‘rlar, qariyalar, bolalar kabi maxsus toifa mijozlarga alohida xizmatlar ko‘rsatishlari shart. Nogironlar aravachasidagi mijoz mehmonxonaning barcha binolariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Har 50-100 ta oddiy nomerga aravachadagi nogiron uchun maxsus jihozlangan bitta nomer to‘g‘ri keladi: aravacha hojatxona va vannaga kirishi uchun imkoniyat yaratiladi, shuningdek, bu yerda nogiron mijozga xodimlar yordami kerak bo‘lib qolgan taqdirda bog‘lanish uchun ichki telefon ham o‘rnatiladi. Yuqori darajali mehmonxonalarda VIP-mijozlar (yuqori martabali kishilar)ga va ulardan kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan CIP toifasi (tijorat nuqtai nazaridan muhim shaxslar)ga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi. Birinchi toifaga prezidentlar, vazirlar, yuqori darajali diplomatlar, shou-biznes olamining mashhur vakillari va sh.k. kiradi. Ikkinchi toifaga mehmonxona biznesi uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar (direktorlar kengashi a’zosi, tarkibiga ayni mehmonxona kiruvchi mehmonxonalar zanjiri markaziy apparatining xodimi, keyinchalik mehmonxonaga vaqtinchalik yashash uchun o‘z xodimlarini xizmat safariga yuborishi mumkin bo‘lgan yirik firma menejeri va h.k.) kiradi. Mijozlarning ushbu ikki toifasiga mehmonxona xodimlari juda katta e’tibor berishlari kerak: ularni yo bosh direktor, yo maxsus VIP-menejer kutib oladi, ularni ro‘yxatga olish taomili soddalashtiriladi – mehmon varaqasini ular kirishda emas, balki o‘z nomerida to‘ldiradi, mehmon kelishiga yaqin nomerga gullar, mevalar, ichimliklar qo‘yiladi. VIP-mijozlarning asosiy xususiyati – ular keng omma bilan aloqa qilmaslikka intiladi, chunonchi: odatda o‘z nomerida ovqatlanadi, basseynga faqat u yerda boshqa mijozlar bo‘lmagan paytda boradi (bu haqda mehmonxona ma’muriyati qayg‘urishi kerak), nomer eshigi oldiga qo‘shimcha qo‘riqchilar qo‘yiladi va h.k. VIP va CIP mijozlar ma’muriyatga juda ko‘p qo‘shimcha tashvish keltiradi, ammo ular ko‘rsatilgan xizmatlarga doim ancha katta haq to‘laydi. Download 87.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling