1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi
Siyosiy madaniyatning yuksalishi va fuqarolik jamiyati
Download 249.54 Kb.
|
Siyosiy madaniyatning yuksalishi va fuqarolik jamiyati
Siyosiy madaniyatning yuksalishi faqatgina sub’ektiv holatning o’zi bilangina bog’liq bo’lmaydi. Siyosiy madaniyatning shakllanishida odamlarning jamiyatdagi siyosiy reallik bilan hamkorlik qilishi va ularning siyosiy jarayonlarga qo’shilishi muhim o’rin tutadi. Masalan, siyosiy jarayonlarda bir qator siyosiy institutlar ishtirok qiladi. Jumladan, jamiyat siyosiy tizimi bilan ijtimoiy hayotning turli sohalari hamkorlik qiladi. Ularning har biri o’z navbvtida siyosiy madaniyatni shakllantirishda u yoki bu darajada ishtirok qiladi hamda mazkur jarayonning yo’nalishlarini belgilab beradi. Bu o’rinda dalat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fan va ta’lim tizimining ma’lum maqsadi yo’naltirilgan siyosiy ta’limg’tarbiya, ma’rifat, ma’daniy va mafkuraviy ishlarni alohida ta’kidlab o’tish lozim. Bularning barchasi mamlakatda o’ziga xos siyosiy madaniyat modelining shakllanishida hal qiluvchi o’rin tutadi. Shaxsning siyosiy ijtimoiylashishi uning siyosiy o’sishi, siyosat dunyosiga kirishi va hokimiyat munosabatlariga qo’shilishi jarayonidir. Politologiyada ijtimoiylashish deganda, insonning ayni siyosiy tizimga moslashish hamda ma’lum siyosiy funksiyalar va rollarni bajarish uchun zarur xislatlarning shakllanishiga yordam beruvchi siyosiy madaniyat normalari va an’analarini o’zlashtirish jarayoni tushiniladi. Inson tomonidan xulqg’atvorning rol vamaqom talablari, madaniy qadriyatlar va intilishlarning o’zlashtirilishi unda ushbu siyosiy tizimga moslashish va muayyan funktsiyalarni bajarish imkonini beruvchi sifatlarning shakllanishi siyosiy ijtimoiylashuv, deb ataladi. Siyosiy ijtimoiylashuv jarayonini tushunish bo’yicha quyidagi yondoshuvlar mavjud: Siyosiy ijtimoiylashuvning klassik nazariyasini XX asr 20-yillarida Chikagolik olim D.Istan tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, unda ijtimoiylashuv – insonni siyosat sohasida bajarilishi lozim bo’lgan rollarga o’rgatish jarayoni sifatida talqin qilgan. L.Koen, R.Lipton, T.Parsons kabi olimlar ham diqqatlarini insonning siyosiy tizim va uning institutlari bilan o’zaro ta’siriga qaratadilar. Olimlardan M.Xabermas va K.Lumanlar siyosiy siyosiy ijtimoiylashuvni inson tomonidan o’zi uchun yangi qadriyatlarni o’zlashtirishda deb biladilar. Siyosiy ong va inson xulq-atvori shakllanishining shaxsiy-ichki va psixologik mexanizmlarini ilgari suradi. Psixoanaliz oqimidagi olimlardan Z.Erikson, E.Frommlar siyosiy faoliyatning ongsiz motivlari (siyosiy norozilik shakllariga, madaniyatga qarshi xulqg’atvor) diqqatini qaratib, siyosiy ijtimoiylashuvni inson his-tuyg’ulari va tasavvurlarini siyosatlashtirishning yashirin jarayoni tarzida tushunadilar. Ko’pgina olimlar siyosiy ijtimoiylashuvning eng muhim funktsiyasi shaxsning siyosiy makonda to’g’ri yo’l topa olishiga va u yerda muayyan hokimlik funktsiyalarini bajara olish qobiliyatiga erishishda deb fikrlaydilar. Ushbu xolatda ijtimoiylashuv ikki tomonlama yaxlit jarayonni aks ettiradi: 1) muayyan me’yorlar, qadriyatlar, rollarni qay darajada o’zlashtirgani qayd etiladi; 2) uning hokimiyatga ta’siri va siyosiy xul-g’atvorning u yoki bu shakllarida namoyon qilganda bu an’ana va tasavvurlarni qanday qilib tanlab o’zlashtirganini namoyish etadi. Siyosat dunyosiga tabiiy ravishda bolaning kirib kelishi uchun siyosiy axborot, o’qituvchi obrusini namunali bo’lishi lozim. Siyosiy ijtimoiylashuvning asosiy turlari u yoki bu siyosiy tizimlarda madaniy an’analar va me’yorlarni uzatishdagi fvrqlar shunga muvofiq siyosiy ijtimoiylashuv turlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: - siyosiy ijtimoiylashuvning barkamol turi, inson va hokimiyat institutlarining psixologik normal o’zaro ta’siri, individning huquq-tartibotga, davlatga oqilona va hurmat bilan munosabatda bo’lishni, o’z fuqarolik burchlarini anglaganligi; - ustunlik, gegemonlik turi, insonning «o’ziniki»dan boshqa har qanday sotsial va siyosiy tizimlarga salbiy munosabatini ko’rsatadi; - plyuralistik turi, inson bashqa fuqarolar bilan teng huquqliligini, ularning huquq va erkinliklarini tan olish, o’z siyosiy mayllarini o’zgartira olish va yangi qadriyatlarni qabul qila olish qobiliyatiga egaligi; - ixtilofli tur, guruhlararo kura shva o’zaro bog’liq manfaatlarning qaramag’qarshi turishi asosida shakllanadi va shu tufayli siyosiy ishtirok maqsadini o’z guruhiga nisbatan –oyalikni saqlab qolish va siyosiy raqiblar bilan kurashda uni qo’llab-quvvatlashdan iborat, deb biladi. Siyosiy ijtimoiylashuvning ushbu turlari insondagi u yoki bu xususiyatgar va sifat shakllanishi hokimiyatdagi hukmron (rasmiy) siyosiy madaniyat (ya’ni, bu – vertikal ijtimoiylashuv turi) me’yorlar va qadriyatlarni ifodalovchi ustun tuzilmalar va institutlarga bog’liqligini aks ettiradi. Hokimiyat bilan muayyan o’zaro ta’sirga barqaror yo’nalganlik bilan bir qatorda jamiyatda turli guruhlar, uyushmalar va fuqarolarning ittifoqlari, me’yorlari va qadriyatlari ta’sir ko’rsatuvchi siyosiy xulq-atvorning xilma-xil modellari ham shakllanadi (masalan, hukmron tartibotga keskin muxolifatda bo’lgan partiyalar). Gorizantal siyosiy ijtimoiylashuvning bunday turlari xususiy tabiatga ega. Shaxsiy siyosiy ijtimoiylashtirishning vazifalari: - jamiyat siyosiy tizimi, uning normalari, qadriyatlari va munosabatlarini takomillashtirish jarayoniga shaxsni keng jalb etish; - siyosiy madaniyat normalarida o’z aksini topgan siyosiy tajribani yangi avlodlarga o’tkazish; - shaxsiy faoliyat hisobiga yangi siyosiy bilimlar olish, yangi siyosiy tajribani o’zlashtirish; Siyosiy ijtimoiylashish – siyosat sari bir tomonlama, izchil yuksalish emas. Bunda kimdir faol, kimdir passiv bo’ladi, kimdir esa siyosatdan kuzoqroqda bo’lishni ma’qul ko’radi. Siyosiy ijtimoiylashishning shartlari va omillari qo’yidagilardan iborat: shaxs xislatlarining shakllanish jarayoniga bilvosita ta’sir ko’rsatuchi tashqi ob’ektiv shartlar va omillar (tarixiy va iqtisodiy vaziyat); keng ijtimoiy muhit (ijtimoiy siyosiy ong va jamiyatni uyushtirish); bevosita ijtimoiy-siyosiy muhit (shaxsni qurshagan muhit); shaxsning biogenetik va psixologik xususiyatlari; tabiiy-jug’rofiy sharoitlar; ijtimoiy ahvol (shaxsning maqomi). 1 Kаrimоv I.А. Yuksak mа’nаviyat – еngilmаs kuch. -T.: “Mа’nаviyat”. 2008, 28-29 b. 2 Kаrimоv I.А. O’zbеkistоnning o’z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo’li. –T:. “O’zbеkistоn”, 1992. 7-bеt. 3 Kаrimоv I.А. “O’zbеkistоn XXI аsrgа intilmоqdа”. -T.: “O’zbеkistоn”, 1999. 20-21-bеtlаr. 4 Kаrimоv I.А. “Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni-хаlq, millаtni-millаt qilishgа hizmаt etish”. “Tаfаkkur” jurnаli, bоsh muхаrriri sаvоllаrigа jаvоblаr. 1998 yil 2-sоn. 5 Kаrimоv I.А. O’zbеkistоn milliy istiqlоl, iqtisоd, siyosаt, mаfkurа.-T.: “O’zbеkistоn”,T.1. 1996, 76-bеt. 6 Оliy tа’lim. Mе’yoriy hujjаtlаr to’plаmi. –T.: “Shаrq”, 2001, 3-52-bеtlаr. 7 Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа bаrqаrоr tаrаqqiyot yo’lidа.– T.: “O’zbеkistоn”, T.6. 1998, 328-bеt. 8 Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа bаrqаrоr tаrаqqiyot yo’lidа.– T.: “O’zbеkistоn”, T.6. 1998, 346-bеt. 9 Оliy tа’li. Mе’yoriy hujjаtlаr to’plаmi. – T.: “Shаrq”, 2001, 7-bеt. 10 Kаrimоv I.А. O’zbеkistоnning o’z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo’li. –T:. “O’zbеkistоn”, 1992. 7-bеt. 11 Kаrimоv I.А. “O’zbеkistоn XXI аsrgа intilmоqdа”. -T.: “O’zbеkistоn”, 1999. 20-21-bеtlаr. 12 Kаrimоv I.А. “Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni-хаlq, millаtni-millаt qilishgа hizmаt etish”. “Tаfаkkur” jurnаli, bоsh muхаrriri sаvоllаrigа jаvоblаr. 1998 yil 2-sоn. 13 Kаrimоv I.А. O’zbеkistоn milliy istiqlоl, iqtisоd, siyosаt, mаfkurа.-T.: “O’zbеkistоn”,T.1. 1996, 76-bеt. 14 Оliy tа’lim. Mе’yoriy hujjаtlаr to’plаmi. –T.: “Shаrq”, 2001, 3-52-bеtlаr. 15 Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа bаrqаrоr tаrаqqiyot yo’lidа.– T.: “O’zbеkistоn”, T.6. 1998, 328-bеt. 16 Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа bаrqаrоr tаrаqqiyot yo’lidа.– T.: “O’zbеkistоn”, T.6. 1998, 346-bеt. 17 Оliy tа’li. Mе’yoriy hujjаtlаr to’plаmi. – T.: “Shаrq”, 2001, 7-bеt. Download 249.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling