1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi
O‘zbekistonda shakllanayotgan siyosiy madaniyatning omillari
Download 249.54 Kb.
|
O‘zbekistonda shakllanayotgan siyosiy madaniyatning omillari.
Bugun O‘zbekiston o‘z milliy taraqqiyotining yangi bosqichi rivojini boshdan o‘tkazmoqda. Mamlakat madaniyat hayotida, iqtisodiyot va davlat boshqaruv tizimidagi modernizatsiya jarayonlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda kechmoqda. Bu o‘z navbatida mamlakat siyosiy madaniyatida namoyon bo‘lmoqda. Ana shular asosida jamiyat siyosiy madaniyati va uning shakllanishiga ta’sir qiladigan asosiy omillarni farqlash mumkin. Siyosiy madaniyatning shakllanishi siyosiy tizimning boshqa institutlari bilan uzviy bog‘liq holda yuz beradi. Jamiyat siyosiy madaniyatiga ta’sir quluvchi asosiy omillardan birinchisi, xalqning tarixiy tajribasidir. Jamiyat taraqqiyotining mahsuli bo‘lgan an’analar, stereotiplar yig‘indisi siyosiy madaniyatning shakllanishiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu jihatdan, xalqimiz tarixiy ildizlarga xos bo‘lgan quyidagi salbiy tendensiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) xarizmatik liderga ishonish; 2) fuqarolarda hokimiyatdan tiyilib turish his-tuyg‘usining ustinligi; 3) fuqarolarda jamiyatdagi o‘zgarishlarga nisbaptan ijtimoiy va siyosiy loqaydlik holatlarining mavjudligi; 4) jamiyatning mafkuralashganlik darajasining yuqoriligi. Ijobiy asoslar: 1) siyosatda yuksak axloqqa intilish, ya’ni, davlat va jamiyat boshqaruv tizimi bilan bog‘liq munosabatlarda qonunlarga nisbaan axloq normalarining ustuvorligi; 2) hokimiyatdan milliy manfaatlar ustuvorligi nuqtai nazaridan foydalanish; 3) Davlat va umummanfaatlar oldida yuksak vatanparvarlik va fidoyilik. Ikkinchidan, geosiyosiy omillar ya’ni, davlatning xalqaro maydondagi o‘rni, muayyan ijtimoiy-siyosiy muammolarni yechimida roli va tashabbuslari ham jamiyat siyosiy madaniyati shakllanishiga ta’sir qiladi. Uchinchidan, iqtisodiy omillar. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatning iqtisodiyotida barqarorlikning ta’minlanishi jamiyat siyosiy madaniyatining yuksak darajada rivojlanishini belgilaydi. To‘rtinchidan, siyosiy madaniyatning shakllanishida davlat va uning organlari hal qiluvchi o‘rin tutadi. Aynan davlat siyosiy madaniyat komponenti bo‘lgan siyosiy xulq-atvor modellarini belgilaydi va milliy siyosiy ramzlarni shakllantiradi. Beshinchidan, siyosiy madaniyatning shakllanish jarayoni jamiyat ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini, siyosiy xulq-atvor stereotiplarini shakllantirishga qodir bo‘lgan siyosiy partiyalar, biznes tuzilmalari, notijorat jamoat tashkilotlari va harakatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining axborot-kommunikatsiya faoliyatiga bog‘liq. Oltinchidan, siyosiy madaniyat oiladagi tarbiya jarayonlar va ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar bilan bog‘liq holda ham shakllanadi. O‘zbekistonda ham davlat boshqaruv tizimidagi siyosiy modernizatsiya hamda jamiyat madaniy hayotidagi o‘zgarishlar bir tomondan barcha posovet davlatlarida bo‘lgani kabi aholining siyosiy madaniyatiga aralashish yoki uni nazorat qilish bilan bog‘liq holda kechgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatdagi turli qadriyatlar, dunyoviy va diniy qarashlar, hududlar va submadaniyatlar o‘rtasidagi farqli jihatlari bilan xarakterlanadi. Yangi O‘zbekiston xalqining zamonaviy siyosiy madaniyati qator omillar asosida shakllanganligi bilan bog‘liq. Birinchi omil, normativ-huquqiy asoslar va ijtimoiy-siyosiy voqelik bilan bog‘liq holda shakllanadigan mamlakatning ichki siyosiy amaliyotdir. Ikkinchi omil, O‘zbekiston jamiyati siyosiy madaniyatining ko‘p asrlik an’analari va qadriyatlariga asoslanishi asosida rivojlanadi. Asrlari davomida xalqimiz siyosiy madaniyati an’anaviy qadriyatlarga, ya’ni patriarxal tip, xarizmatik hokimiyat turi bilan ajralib turgan. Bu O‘zbekiston xalqining zamonaviy siyosiy madaniyatida nega an’anaviylik birinchi o‘ringa chiqqanini anglatadi. Download 249.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling