1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi
Download 249.54 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Informatsion yo’nalish
- 3. Ijtimoiy yo’nalish
1. Ta’lim-tarbiya yo’nalishi:
kadrlar tayyorlash sifati va kadrlar raqobatbardoshliligi; ma’naviyat va ma’rifat; professional ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi; iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar; ilmiy pedagogik kadrlar; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; qishloq maktablarini rivojlantirish. 2. Informatsion yo’nalish: axborot texnologiyasi va ta’limini informatizatsiyalash; o’quv jarayonni axborotlar bilan ta’minlash va XXI asr kutubxonasi; oliy professional ta’lim holatini baholash va kadrlar tayyorlashni bashorat qilish tizimi. 3. Ijtimoiy yo’nalish: bolalar va o’quvchi yoshlar salomatligi muhofazasi; maxsus ta’lim (alohida nuqsonli bolalar tarbiyasi va ta’limi); ijtimoiy himoya. Ikkinchidan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash vazifasini hal qilish professional ta’limning hamma bosqich va tabaqalari uchun xalqaro modellar va me’yorlar asosida yaratiladigan, ilmiy asoslangan, ilg’or ta’lim standartlari kompleksiga tayanadi. Uchinchidan, Milliy dasturda ko’zlangan rejalarni amalga oshirish negizida, o’zbek modelining eng asosiy tamoyili islohatlarni bosqichma-bosqich o’tkazish printsipi yotadi. Birinchi bosqichda (1991-2001 yillar) amaldagi kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatlarini saqlagan holda bor tizimning rivojlanishi uchun huquqiy me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlarni yaratish bilan bog’liq bo’lgan vazifalar ijrosi ta’minlanadi. Ikkinchi bosqichda (2001-2005 yillar) – rejalashtirilgan masalalar bo’yicha Milliy dastur to’la amalga oshirilmoqda. Uchinchi bosqichda (2005 yildan keyingi yillar) – XXI asr raqobatbardosh kadrlarini tayyorlashning yalpi tizimini taraqqiy ettirish va takomillashtirish nazarda tutiladi. Milliy dasturning birinchi bosqichini ishlab chiqish va uning amalda bajarilishi mustaqillik yillarida erishilgan intellektual va moddiy, ilmiy-metodik, me’yoriy va huquqiy potentsiallari, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va fan, texnika va texnologiya, iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi yutuqlarga tayanadi. Kadrlar tayyorlash tizimida professional-texnik ta’limni, ayniqsa, qishloq mintaqalarida qayta tashkil qilish boshlangan. Qishloqlarda hozir zamonaviy kasb-hunar maktablari va litseylar, biznes-maktablar shakllanmoqda. Oliy ta’lim sohasida markazdan belgilash o’rniga kadrlar tayyorlashning mintaqiviy va demokratik printsiplariga amal qilish siyosati o’tkazilmoqda, oliy o’quv yurtlari ko’paymoqda, universitetlar safi kengaydi. Respublika ehtiyojlariga javob bera oladigan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar klassifikatori ishlab chiqildi. Oliy maktabda ko’p bosqichli o’qish tizimiga o’tildi, bilimning Yangi sohalarida kadrlar tayyorlash boshlandi. Reyting tizimi va test usuli asosida abiturient va talabalarning bilimdonligini xolisona baholash usullari joriy qilindi. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Yangi talablarga muvofiq ravishda aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashga keng yo’l ochilgan. Oliy attestatsiya xay’ati faoliyat ko’rsatayapti. Iqtidorli o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha maqsadli davlat siyosati amalga oshirilayapti. Maxsus fondlar yaratildi va qobiliyatli yoshlarni xorijdagi yetakchi o’quv va ilmiy markazlarida o’qitish tashkil qilindi. Aspirant va talabalar uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, buyuk allomalar nomi bilan atalgan stipendiyalar joriy qilingan. O’quv-ta’lim va fan sohalarida xalqaro aloqalar kengaymoqda. Bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin munosabatlar o’rnatilmoqda. Ta’lim sohalarida hukumatlararo bitimlar tuzilgan. Ta’lim jarayonining maxmuniga oid muammolar sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilmoqda. O’quv rejalari va o’quv dasturlariga o’sib kelayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, odamiylik elementlari kirib bormoqda. Gumanitar, iqtisodiy-ijtimoiy fanlar turkumi butunlay yangidan ko’rib chiqilmoqda. Ta’limning barcha tabaqalariga ma’naviyat, iqtisod va huquq asoslarini o’rganish kiritilmoqda, chet tillarini o’rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Yuqoridagi kabi o’zgarishlar va yutuqlar kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur uchun baza bo’lib xizmat qilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining yangi o’zbek modeli quyidagi tuzulmalardan iborat: umumiy ta’lim; maktabgacha ta’lim; boshlang’ich ta’lim (I-IV-sinflar); umumiy o’rta ta’lim (I-IX-sinflar); uch yillik o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi. Umumiy ta’lim tizimida o’qitish olti-yetti yoshdan boshlanadi17. Umumiy ta’lim majburiy hisoblanadi. Maktabdan tashqari ta’lim uzluksiz ta’limning ajralmas qismidir. U o’quvchi yoshlarning iste’dodi va qobiliyatini o’stirishga yo’naltirilgani bois ularning xohishlari, istak va qiziqishlariga qarab dars soatlari va predmetlari belgilanadi. Oliy professional ta’lim, odatda, o’n sakkiz yoshdan boshlanadi va o’qish muddati davlat ta’lim standartlari doirasida kamida to’rt yil davom etadi. Oliy professional ta’lim bakalavrlik va magistraturadan iborat. Oliy maktabdan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan bo’lib, shaxsning kasb-korligi bo’yicha ta’limiy, ma’naviy va ma’rifiy qiziqishlari qondiriladi. Oliy maktabdan keyingi ta’lim oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, doktorantura va h.k.) amalga oshiriladi. Ta’lim tizimini isloh etish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy-siyosiy iqlim keskin o’zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi, inson jamiyatdagi o’rnini ongli ravishda o’zi belgilaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “jamiyat yangilash, erkin demokratik davlatni shakllantirish, taraqqiyot va ravnaq yo’lidagi barcha sa’y-harakatlarimizni biz aynan ana shu tamoyil asosida tashkil etishimiz kerak”. Download 249.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling