1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi
O‘zbekistonda siyosiy ong va madaniyatni shakllantiruvchi siyosiy fanlarga munosabat masalasi
Download 249.54 Kb.
|
O‘zbekistonda siyosiy ong va madaniyatni shakllantiruvchi siyosiy fanlarga munosabat masalasi.
O‘tgan davr ichida O‘zbekistonda siyosiy fanning muammolari va yutuqlarini munozara qilish, yurtimiz siyosatshunoslarining xozirgi kundagi ilmiy ishlarini taqdim etish, siyosiy tadqiqotlarni yaqin kelajakka mo‘ljallangan maqsad va vazifalarini aniqlab olish bugungi kunning dolzarb masalalari hisoblanadi. Shu maqsadda o‘tkazilayotgan “XXI asrda O‘zbekistonda siyosiy fanining rivojlanishi” mavzusidagi Respublika miqiyosidagi ilmiy konferensiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, 2017-yilning yanvar oyida qabul qilingan «2017 -2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi»ning 4.4. qismida «ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish» vazifasi qo‘yilgan. Ushbu vazifa qo‘shimcha ravishda 2019-yilgi Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning uchinchi bosqichi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 208-bandida yanada aniqlashtirilgan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan davlatimiz oldiga qo‘yilgan yangi vazifalar doirasida nafaqat siyosiy fanlarga oid fundamental nazariy tadqiqotlarga, balki siyosiy konsalting, siyosiy marketing, siyosiy menedjment, PR va reklama kompaniyalari, debatalar, davlat siyosiy qarorlarini tahliliy qo‘llab-uvatlash kabi zamonaviy amaliy xizmatlarning o‘rni kuchayib ularga talab tobora ortib boradi. Zamonaviy siyosiy fanlar O‘zbekistonda 1990-yillar boshidan rivojlana boshladi. SSSRning parchalanishi va buning oqibatida O‘zbekiston Respublikasini mustaqillikka erishishi ushbu fanning dastlabki rivojlanish nuqtasi deb e’tirof etish mumkin. Siyosatshunoslik darslik sifatida esa mamlakatning oliy ta’lim muassasalarida 1993-yildan boshlab joriy etila boshlandi. Siyosatshunoslik va shunga yaqin bo‘lgan fanlarga dearli dunyoning barcha davlatlarida talab katta va rivojlanib kelmoqda, va bu fan O‘zbekiston uchun xam o‘ta muhim. Shu bilan birga, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni nafaqat oliy ta’lim yurtlarida, balki «aql markazlari» darajasida xam rivojlantirish lozim. Umuman olganda bugungi kunda davlat siyosatini sifatli tahliliy tadqiqotlar bilan qo‘llab-quvatlash uchun nafaqat davlat, balki nodavlat tahliliy xizmatlarga talab mexanizmlarini rivojlantirish kerak. Turli aql markazlari ekspertlari konsultativ xizmatlari davlat siyosatini yanada mukammal va sifatli bo‘lishiga katta hissa qo‘shadi. Afsuski, siyosatshunoslik fan sifatida bizning mamlakatimizda boshqa davlatlardagi siyosiy fanlarga nisbatan rivojlanishdan ancha ortda qolmoqda. Bugungi kunga kelib chet davlatlarda ushbu fanda yangi g‘oyalar, nazariyalar, izlanish usullari va ilm-fan maktablari (yo‘nalishlari) ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston siyosatshunoslari uchun o‘ta muhim va mas’uliyatli vaqt keldi, ya’ni, XXI asr talablariga xamda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga mos ravishda izlanishlarga turtki berish. Mustaqil davlat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan omillardan biri siyosiy madaniyatdir. Siyosiy madaniyat ancha murakkab xodisa. Chunki siyosiy madaniyat ma’lum darajadagi siyosiy ilmni, mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish (jarayoni) qobiliyatini, qatiy siyosiy e’tiqodni, o’zini tuta bilish, boshqara olish va o’zgalar manfaatini ustun qo’ya bilish qobiliyati kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Siyosiy madaniyatni ifodalovchi bu belgilar juda qo’l keladi. Masalan, hozirgi demokratiya jarayonida huquqiy jamiyatga o’tish davri uchun ham odamlar, xalqning siyosiy madaniyati darkor. Hozirgi milliy uyg’onish va umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishi davrida ham yaxshini yomondan, kerakligini keraksizdan ajratib olish ommaning siyosiy madaniyatga bog’liq. Bizning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatimizda amal qilishi lozim bo’lgan siyosiy madaniyat turlari, ko’rinishlari, shakllari bo’sh yerda emas, balki o’zbek xalqining ko’p asrlik davri davomida yaratgan, ulkan va nodir ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni asos qilib olgan holda qaror topmoqda. Prezident I.A.Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida uqtirib o’tganidek, - “hozirgi kunda shakllanib qaror topayotgan yangi demokratik mazmunli siyosiy madaniyat, avvalo jumhuriyat aholisining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi, chuqur ildizlari o’tmishdagi an’anaviy jamoatchilik turmush tarziga borib taqaladigan ma’naviy-madaniyat asoslari, O’zbekiston xalqiga xos xususiyatdir: kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar haqida g’amho’rlik, ochiq ko’ngillik, odamlarning millatidan qat’iy nazar, ular bilan o’zaro xayrihohlik munosabatlarida muloqat qilishi, har bir fuqaro siyosiy ongida va siyosiy madaniyatida keng o’rin egallagan, boshqalar kulfatlariga hamdardlik va o’zaro yordam tuyg’usi o’zbek xalqi asrlar davomida amalga oshirib kelayotgan siyosiy munosabatlar me’yorini ko’rsatadi”10. O’zbeklar siyosiy madaniyatiga xos belgilardan yana biri – bu o’z diyoriga, o’z Vataniga bo’lgan cheksiz va chuqur mehr-muhabbat, uning tinchligi, xavfsizligi, ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat qilish ruxining kuchliligi, ilm fanga, bilimlarga, ma’naviyat-ma’rifatga doimiy chanqoqligidir. Keyingi yillarda xalqimizning o’zligini anglashi, mustaqil, erkin davlat, demokratik jamiyat qurishga bo’lgan xoxish-irodasi nechog’li kuchli ekanini mamlakatimiz sotsial-iqtisodiy va siyosiy hayotda bo’layotgan o’zgarishlar to’liq tasdiqlamoqda. Shunday bo’lsada, Prezident I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida ta’kidlaganidek, - “aholining siyosiy faolligi ham zamon talablari darajasida emasligini, hamon sust ekanini qayta-qayta aytishiga to’g’ri kelmoqda. Siyosiy madaniyatni yuksaltirish kerak”, - deydi Prezidentimiz. Odamlar hokimiyat qarorlari qanday qabul qilinishini, uning ijrosi qanday nazorat qilinayotganini bilishlari, bu qarorlarni tayyorlash va amalga oshirishda faol ishtirok etishlari zarur. Boshqacha qilib aytganda, “jamiyat markazda va joylarda saylangan hokimiyat o’z taqdirini qay tarzda hal etayotgani, ularning istiqbolini qay tarzda belgilayotganidan xabardor bo’lib turishi kerak”.11 Hozirgi tub o’zgarishlar jarayonida, mulkchilik munosabatlari o’zgarayotgan ishbilarmonlik, tadbirkorlik, kichik korxonalar, turli bank va jamg’arma jamoalari keng tarmoq otib borayotgan bir vaqtda to’g’ri so’zlik, o’z so’zi ustidan chiqish kabi ma’naviy va siyosiy madaniyat omillari nihoyatda zarur. Masalan, chet ellarda odamlar orasida, ayniqsa, siyosatdonlar, biznesmenlar, olimlar va huquqshunoslar doirasida qog’ozbozlik emas, so’zga ishonish katta rol o’ynaydi. O’z faoliyatida so’zi ustidan chiqmagan, ishi bilan so’zi bir bo’lmagan odam jamoatchilik ichida mutaxassis sifatida mavqesini tushiradi. Demak siyosiy madaniyatni oshirishda, jahon tajribasining yaxshi tomonlarini o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik e’lon qilingandan keyin o’tgan muddat davomida fuqarolar, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar o’zaro munosabatlarida ham, siyosiy muloqat tarzlarida hali juda muhim ijobiy o’zgarishlar sodir etilib, ular keyingi yillarda o’tkazilgan prezdentlik saylovlari, Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi, Oliy Majlisga bo’lib o’tgan saylovlar, ikki palatali parlament, prezident muddatini 5 yildan 7 yilga o’zgartirish bilan bog’liq referendum va shu kabi yirik siyosiy hayot voqea-xodisalarida namoyon bo’ldi, barcha fuqarolar siyosiy faolliklarida Yangi jamiyat siyosiy madaniyatining nisbatan yuksak darajasi va sifati o’z ifodasini topdi. Ommaviy yoki guruhiy siyosiy madaniyat darz ketayotgan pallalarda davlat hokimiyatining mas’ul rahbarlari – boshqaruvchi siyosiy elita yetarli darajada sovuqqonlik, xushyorlik namunalarini ko’rsatib, juda ko’p sodir bo’lishi ehtmol bo’lgan mojaro-to’qnashuvlarning oldini olishga muvaffaq bo’ldilar va bu bilan o’zlarining siyosiy madaniyatlari darajasi omma siyosiy madaniyat darajasidan ancha yuqori ekanligini hayot tajribasi sinovlaridan o’tqazdilar. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yangi jamiyatga xos qonunlar, qarashlar, normalar hayotimizga kirib qela boshladi. Shu bilan birga sharqxona madaniyat, milliy merosimizga tayanish ham yangilanayotgan siyosiy madaniyatimizda samarali o’rinni egallamoqda. chizma Siyosiy madaniyatni o’zgartirishdagi qiyinchiliklar respublika aholisining madaniy-tarixiy mintalitetini o’zgartirish zarurligi bilan bog’liq. Demokratik institutlar, demokratiya amaliyoti ildiz otgan sari O’zbekistonda siyosiy madaniyat Yangilana va takomillasha boradi. Qadimdan ma’lumki, davlat hokimiyatining vujudga kelishi bilan uni kim yoki kimlar boshqarishni masalasi ko’ndalang bo’lib qoladi. Davlat hokimiyati tashkil topishi jarayonida uni boshqaradigan odamlar guruhi ham shakllana boradi. Demak, bu ikki jarayon davlat hokimiyatining tug’ilishi hamda uni amalga oshiradigan ijtimoiy-siyosiy guruhning shakllanishi, bir-biri bilan dialektik uzviy bog’liqlikda yonma-yon, barobar sodir bo’ladi. Demak, millat hokimiyatining vujudga kelishi uni amalga oshiradigan mutaxassis kadrlar korpusi shakllanishi zaruriyatini tug’diradi. O’z navbatida, mazkur zaruriyat tufayli tayyorlangan kadrlar davlat hokimiyatini izchil va omilkorlik bilan amal qilish dinamikasini ta’minladi. Davlat hokimiyatining amal qilish ko’lami kengayib, jamiyatni boshqarish jarayonlari murakkablashib va chuqurlashib borgani sari bu ishlarga mutassadi bo’lib qolgan odamlarni tayyorlash, tanlash, joy-joyiga qo’yish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, quyi mansablardan yuqori mansablarga ko’tarish kabi chora-tadbirlar majmuasi kadrlar siyosati sifatida shakllana boradi yoki boshqacha aytganda, kadrlar masalasi bilan shug’ullanish va uni hal qilish rejalarini amalga oshirish davlat hokimiyati kadrlar siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi. Kadrlar masalasi va uni hal qilish, borasidagi siyosat har qanday davlat hokimiyatining, iqtisodiy-xo’jalik, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, mafkuraviy, mudofa-muhofaza, hayot sohalarining uyg’un va mustaqil ravishda ishlab turishini doimiy ta’minlashdan iboratdir. Uning asosiy mazmunini kadrlar tayyorlash tizimini vujudga keltirish, ularga eng zamonaviy boshqarish mahoratini o’rgatish, eng ilg’or boshqarish tajribalarini ayriboshlash vositasida ommalashtirish, jamiyatni boshqarish san’atini takomillashtirib borish haqida qayg’urish, kadrlar qayta o’qishlari va malaka oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, tajribali va yoshi ulug’ kadrlar bilan yonma-yon yosh iste’dodli kadrlarni chiniqtirish kabi chora-tadbirlar tashkil etadi. Ana shu mazmundagi vazifalarning uzoq muddatga mo’ljallangan majmuasi kadrlar siyosatidagi strategik yo’nalish, ularni amalga oshirish vositalari, usullari, uslublarini qo’llash esa kadrlar siyosatidagi taktik yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. Yangicha fikrlovchi kishilarni tayyorlamasdan, tarbiya qilmasdan o’z oldimizga qo’ygan vazifa va maqsadlarni ro’yobga chiqara olmaymiz. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti qiyinchiliklari har qadamda o’z ta’sirini ko’rsatayotgan, mustaqil davlatlarning ko’pchiligida ta’lim tizimini isloh qilish u yoqda tursin, balki, mavjud ta’lim-tarbiyaning o’zida beqarorlik va qiyinchiliklar sezilib turgan bir davrda O’zbekiston o’z ko’lami va ahamiyati, mazmun va mohiyati jihatidan beqiyos va yechimi juda katta moddiy sarf-xarajatlar bilan bog’liq bo’lgan g’oyat ulkan muammo kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishga qaror qilindi. Xo’sh, uning bosh maqsadi, sababi v vazifalari, zaruriyat va mohiyati nimalarda edi? Prezidentimiz “Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblarida aytganidek, “Umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli tafakkuri har xil “ilmlar”dan ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan insonlargina fuqarolik jamiyat barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga qodir bo’ladi”12. Demak, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa ozod va obod Vatanni, huquqiy, demokratik davlatni, fuqarolik jamiyatini qurib bo’lmaydi. Chunki, huquqiy, demokratik davlat barpo etishdek buyuk maqsad va ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohatlarimiz samarasi, taqdiri avvalombor, zamon talablariga to’la javob beradigan yuqori, har tomonlama malakali, ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlash bilan bevosita bog’liq ekanligini aslo unutmasligimiz kerak. Mamlakatimizning mustaqillik yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq boy-madaniyatimizni tiklash, uni yanada rivojlantirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish muammosi qo’yilganining maqsadi va sababi ham ana shundadir. O’zbekiston davlat hokimiyati ishlab chiqib, amalga oshirilayotgan kadrlar siyosatida erkinlik, ijodkorlik, tashabbusrolik, yaratuvchilik muhitini vujudga keltirish ko’zda tutilgan bo’lib, unda barcha mutaxassis kadrlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy axloqiy muammolarning samarador yechimini ishlab topishga, ro’y-rost fikrlashuvga undaydigan demokratik shart-sharoitlar yaratib berish mo’ljallanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida kadrlar siyosati xususida fikr yuritib quyidagilarni yozgan edi. “... bozorning o’zgaruvchan sharoitlarida mehnat qilishga layoqatli bo’lgan o’zimizning yuqori malakali mahalliy kadrlarimiz O’zbekiston mustaqilligini tasavvur qilish qiyin”.13 O’zbekiston ham boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi jamiyat ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilishi bilan bog’liq bo’lgan murakkab davrda kadrlar masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Chunki, jamiyatni idora etishning Yangi munosabatlari mehanizmi va usullari tamomila boshqacha tus olgan holda o’ziga xos murakkablashib boradi. Ana shunday sharoitda kadrlar siyosati yana ham muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biriga aylanadi. Bu dolzarb muammoni har jihatdan puxta va mukammal holda oqilona hal etish har qanday davlatning, u qaysi ijtimoiy-siyosiy tizimda bo’lishdan qat’iy nazar, eng zaruriy va mas’uliyatli vazifalardan biriga aylanishi ob’ektiv qonuniyatdir. Chunki, hayot oqimini, jamiyatning iqtisodiy-siyosiy rivojlanishidagi yo’lini belgilab olish va amaliy hayotga to’g’ri yo’naltirish har tomonlama bilimdonlikni, katta hayotiy tajribani taqozo etadi. SHuning uchun ham Yuksak aqliy kamolotga erishgan, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash, tanlash va ulardan to’g’ri, o’z o’rnida bilib foydalanish har qanday davlatning yutug’ini ta’minlovchi, rivojiga-rivoj qo’shuvchi bosh omil hisoblanadi. Mustaqil O’zbekiston davlatini rivojlantirish jarayoni kadrlar siyosatida munosib o’rin egallashi uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar resspublika iqtisodiyotini har tomonlama taraqqiy ettirishlari, ularning intensiv omillardan oqilona foydalanishlari, xalq xo’jaligini boshqarishda iqtisodiy usul va vositalarni joriy etishlari, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning moddiy va ma’naviy manfaatdorliklarini birinchi o’ringa qo’yishlari kerak. Ayni vaqtda ilm-fan yutuqlari, Yangi texnika va texnologiyalarga asosiy e’tiborni qaratib, ishlab chiqarishda amaliy hamkorlikini vujudga keltirish, har qanday Yangi tashabbusni ilmiy asoslarga qo’ya bilish, olimlar va muhandislar jamiyatni Yangilashda hamkorlik asosida astoydil ishtirok etishlarini ta’minlash zarur. Bu vazifani ado etish ayni ilm fan va texnika-texnologiya mutaxassis kadrlar ham tayyorlab berishni ta’minlaydi. Barqarorlikni saqlab qolish imkoniyatlarini izlash va ishbilarmonlarni qo’llab-quvvatlash sohasida Respublikada olib borilayotgan ishlar, 1997 yilda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunlar va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi hujjatlarning qabul qilinishi va ularni hayotga tatbiq etish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlarda o’z aksini topmoqda, bular yaqin kelajakda o’z samaralarini bera boshlaydi.14 XX asr oxirida sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan intellektual davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy musobaqa fan-texnika va texnologiyalar va pirovard-natijada ta’lim sohasiga ko’chdi. Chunki, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirmay turib, raqobatga qodir iqtisodiyot bo’lishi mumkin emas. Bu borada O’zbekiston Respublikasida kasbiy ta’lim “Milliy dastur” asosida shunday harakatlanmog’i kerakki, u mamlakatimiz va xorijda fan-texnika, texnologiya hamda iqtisodiyot sohalarida bo’lajak taraqqiyotni hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlay oladigan bo’lmog’i darkor. Har tomonlama yetuk kadrlarning yangi avlodi istiqbolga monand vazifalar qo’yish va ularni yechishga qodir, yuqori saviyada fikrlash madaniyatga ega, siyosiy-ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy axborotlar dunyosida mustaqil o’z yo’lini topa oladigan bo’lishi kerak. Milliy dastur bunday talablarga mos keladigan kadrlarni tayyorlash uchun yangi modelni – kadrlar tayyorlashning O’zbekiston modelini nazarda tutadi. Bu modelning asosini quyidagilar tashkil etadi. shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti bo’lib, ta’limiy xizmatlarning iste’molchisi va yaratuvchisidir (o’quvchi-o’qituvchi tandemi); uzluksiz ta’lim – malakali kadrlar tayyorlash tizimining o’quv-ilmiy ishlab chiqarish va tarbiyaviy bazasidir; davlat va jamiyat – malakali kadrlar tayyorlash va ularga bo’lgan zaruriyatning asosiy kafolatchisi; fan – yuqori malakali kadrlarni yetishtiruvchi va iste’molchisi; iqtisodiyot kadrlarga asosiy buyurtmachi bo’lib, tayyorlangan mutaxassislarning sifatiga baho beradi, shunga yarasha kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlaydi. Mazkur model uch qutbga ega. Birinchi qutb – shaxs uzluksiz ta’lim tizimida bilimlarni iste’mol qilish va yaratish borasida o’zining fuqarolik burchini to’la-to’kis amalga oshiruvchi inson. Ikkinchi qutb – davlat va jamiyat, shaxsning fuqarolik burchlari samarali amalga oshirilishida va iqtisodiyot tarmoqdarini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo’yicha milliy vazifalarni hal qiladi. Uchinchi qutb iqtisodiyot bo’lib, u davlat byudjeti yoki kontkrakt asosida o’zi uchun zarur bo’lgan kadrlar yetishtirishni moddiy-texnika bazasi va moliya bilan ta’minlaydi. Milliy dastur kadrlar tayyorlash tizimining ana shu uchala qutbini o’zaro qutbiy uzviy birlashtirishni ta’minlovchi barcha shart-sharoitlar, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy psixologiya va boshqa shart-sharoitlar yaratilishini ko’zlaydi. Kasbkorlik va ijtimoiy ma’noda o’qituvchining shaxsiga alohida e’tibor talab etadi. Prezident I.A.Karimov O’zyuekiston Respublikasi Oliy Majlis I chaqiriq IX sessiyasida so’zlagan nutqida ta’kidlaganidek, o’qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag’batlantirish, o’z ishi, kasbidan mamnun bo’lishini ta’minlash lozim15. Bu vazifalarning hal qilinishiga Milliy dasturning “Qishloq maktabining taraqqiyoti”, “Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash”, “Ilmiy va pedagogik kadrlar”, “Ijtimoiy muxofaza” nomli maqsadi dasturlari yo’naltirilmoqda. Milliy dasturda ikkinchi qutb bo’lgan davlat va jamiyatga alohida o’rin ajratiladi. Davlat va jamiyat raqobatbardosh mahsulot yarata oladigan va xizmatlar ko’rsata ish qobiliyatiga ega malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafolatini oladi. Chunonchi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va malaka oshirish huquqining amalda bajarilishini; kafolatli ta’limning himoya qilinishini; davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minlanishini; o’qish, yashash va dam olish shart-sharoitlarini ta’minlash borasidagi vazifalarni yechishda o’zini-o’zi boshqaruvning ortib borishini; o’quvchilar hamda pedagogik kadrlarning ijtimoiy muhofazasini; jismonan salomatligi cheklangan shaxslarning kasbiy ta’lim olishini; o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilarga konsul’tatsiyalar berish, psixologik-pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yordam ko’rsatish va maslahatlar berish markazlari ko’paytirilishini kafolatlaydi. Dastlabki ikki qutb, shaxs, davlat va jamiyat qutblari orasini to’ldiruvchi uchinchi qutb iqtisodiyot hisoblanadi. Bir jihatdan, iqtisod kadrlar tayyorlash tizimi uchun tayanch bo’lsa, ikkinchi tomondan iqtisod o’ziga zarur va malakali kadrlarning iste’molchisidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi har bir shaxs hamda davlat va jamiyat manfaatlari, iqtisodiy holat va raqobatbardoshlik bilan bog’liq bo’lgan bir qator muammolarni yechishga yo’naltirilgan. Prezident I.A.Karimov “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gapirar ekan, uni “Mustaqilligimizning, bugungi va ertangi hayotimizning kafolati hisoblanadi”16, - degan edi. Milliy dasturning maqsad va vazifalari, mustahkam ilmiy asosga tayanadi. Birinchidan, Milliy dastur negizida tizimli yondashuv yotadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimining samarali ishlashiga ta’sir ko’rsatuvchi o’zaro bog’langan barcha omillar ko’rib chiqiladi. Quyidagi yo’nalishlarni qamrab olgan o’n to’rtta maqsadli yo’nalish tizimli yondashuv natijasi hisoblanadi. Download 249.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling