1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi


-mavzu. O‘zbekistonda siyosiy madaniyatni yuksaltirish muammolari


Download 249.54 Kb.
bet28/32
Sana21.06.2023
Hajmi249.54 Kb.
#1644287
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
10-mavzu. O‘zbekistonda siyosiy madaniyatni yuksaltirish muammolari.



  1. O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga xosligi.

  2. O‘zbekistonda shakllanayotgan siyosiy madaniyatning omillari.

  3. O‘zbekistonda siyosiy ong va madaniyatni shakllantiruvchi siyosiy fanlarga munosabat masalasi.




  1. O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga xosligi.

Mamlakatimizda ijtmoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda siyosiy sohada davlat va jamiyat boshqaruv tizimiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallab Taraqqiyot strategiyasida ham davlat boshqaruvini isloh etish, parlament va siyosiy partiyalar rolini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish kabi masalalarning qamrab olinishi mamlakatimiz siyosiy hayotida keng qamrovli islohotlar olib borilayotganligidan dalolat beradi.


Amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi esa bevosita xalqimizning siyosiy ongi va madaniyatining rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Yuqorida qayd etib o‘tilgan islohotlar esa shaxs siyosiy madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy-ma’naviy hamda umuminsoniy kadriyatlarga tayangan holda, milliy davlatchilik negizlarini shakllantirishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi Bu mamlakat siyosiy hayoti, siyosiy jarayonlar, siyosiy hokimiyatni idora etish, undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan insonlar (shaxslar), turli-xil ijtimoiy guruhlar, siyosiy institutlar va tashkilotlar, harakatlarning o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladi. Odatda, davlat hokimiyatini boshqarish va u haqdagi tasavvurlarni “siyosat” tushunchasi orqali ifodalaymiz. Global jarayonlar kechayotgan bugungi davrda “siyosiy madaniyat” degan istilohga ham tez-tez duch kelamiz. Siyosiy madaniyat bu — fuqarolarning siyosiy hokimiyat va siyosiy hayotga bo‘lgan munosabatidir. Bu munosabat fuqarolarning siyosiy hayotdagi faolligi bilan izohlanadi. Buning uchun esa shu yurtning har bir fuqarosi davlat qonunlari, hukumat qarorlari, Prezident farmonlaridan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib turishi darkor. Fuqarolarda siyosiy va huquqiy ong qanchalik yuqori bo‘lsa, siyosiy madaniyat ham shu darajada yuksala boradi. Har qanday fuqaro qaysi jabhada bo‘lmasin, o‘z siyosiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini, shu bilan birga burchlarini to‘la-to‘kis anglay olishi darkor. Zero, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Siyosiy madaniyatni yuksaltirish kerak. Odamlar hokimiyat qarorlari qanday qabul qilinishini, ularning ijrosi qanday qilinayotganini bilishlari, bu qarorlarni tayyorlash va amalga oshirishda faol ishtirok etishlari zarur”. Siyosiy madaniyatni o‘rganishning muhimligi umuminsoniy qadriyatlarni e’tiborga olmasdan biron-bir jiddiy masalani ko‘rib chiqib bo‘lmasligi bilan izohlanadi. Siyosiy madaniyat an’ana, milliy meros, geografik-siyosiy omil, tarixan vujudga kelgan ijtimoiy va etnik tuzilish, diniy e’tiqod kabilarni qamrab oluvchi ijtimoiy-tarixiy negizning tarkibiy qismidir. Siyosiy madaniyat shundayin hodisaki, u xalqning siyosiy ongi bilan birga o‘sib boradi. Siyosiy ongning o‘zi nima? Siyosiy ong bu xalqning davlat olib borayotgan siyosiy jarayonlarga munosabati ifodasidir. Misol sifatida muhim siyosiy jarayonlardan biri bo‘lmish saylov jarayonini keltirishimiz mumkin. Oddiy fuqaro xoh u ishchi bo‘lsin, xoh u ziyoli bo‘lsin, mazkur jarayonga befarq bo‘lmasligi darkor. Chunki u o‘zining ertasini kimning qo‘liga topshirayotganidan xabardor bo‘lishi hamda ushbu jarayonning bevosita ishtirokchisi bo‘lishi kerak. Keyingi yillarda siyosiy-ijtimoiy hayotda “siyosiy madaniyat”, “milliy ma’naviyat”, “siyosiy madaniyatning milliy modellari” tushunchalarining




  1. Download 249.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling