1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу,Traktor va avtomobillarning rivojlanish tarixi. Traktor va avtomobillarning tasnifi, asosiy qismlari
1-mavzu. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI. ICHKI YONUV DVIGATELLARI. DVIGATEL MEXANIZM VA TIZIMLARI Reja: 1. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning ahamiyati va rivojlantirish istiqbollari. Traktorlarning rivojlanish tarixi, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni; 2. Traktorlarning tasniflanishi va texnik ko‘rsatkichlari; Traktorlarni qishlq xo‘jaligida qo‘llanishi. 3. Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni; 4. Dvigatelning asosiy mexanizm va tizimlari; Dvigatellarning tasniflanishi. Tayanch iboralar: traktor, ichki yonuv dvigateli, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, ishchi jihozlari, g’ildirakli va zanjirli traktor, traktor turlari, krivoship-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi, dvigatel tizimlari, ish jarayoni, dvigatel turlari. 1.Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning ahamiyati va rivojlantirish istiqbollari. Traktorlarning rivojlanish tarixi, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni Qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga sanoat uchun ham xom- ashyo ishlab chiqaradi. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va yig’ishtirib olishda bir nechta texnologik jarayonlar (ishlar) qo’l mehnati, mashina va mexanizmlar hamda avtomatik vositalar yordamida bajarilishi mumkin. Qo’l mehnati bu dehqonchilikda bajariladigan ishlarning kishilar mehnati orqali bajarilishidir. Mexanizatsiyalashgan ishlar bu dehqonchilikda bajariladigan ishlar mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishidir. Bunda inson mehnatidan texnikalarni boshqarishda foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan ishlar bu dehqonchilikda bajariladigan ishlar avtomatik qurilmalar yordamida nazorat qilinishi va bajarilishidir. Bugungi kunda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo’l mehnatidan voz kechilishiga o’tilmoqda. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va yig’ishtirib olishda qo’l mehnatidan mexanizatsiyalashgan ishlarga o’tishda kishilar mehnatidan texnikalarni boshqarishda foydalanilgan. 1 kishi juda qattiq harakat qilsa 1 kunda 10 sotixgacha maydonni ag’darishi mumkin. Agarda yuqori unumli traktorga plugni agregatlab ishlatilsa 1 nafar mexanizator lalmikor maydonlarda 20…30 gektar yerni shudgor qilishi mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda mexanizatsiya vositalaridan foydalanish texnologik jarayonlarni (agrotexnik tadbirlarni) qisqa muddatlarda sifatli bajarish imkoniyatini beradi. Natijada ma’lum ekin maydonlaridan yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi. Dala sharoitlarida hamma vaqt ham insonning qo’l mehnati qilishi uchun sharoit yetarli bo’lmaydi. Dunyoda aholi sonining ko’payishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini oshishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun yer tabiiy resurslaridan, yangi tejamkor texnologiyalardan va serunum zamonaviy traktor va qishloq xo’jalik texnikalaridan foydalanib, oziq-ovqat xavfsizligi masalasini yechish imkoniyati yaratiladi. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish istiqbollari. Qishloq xo’jaligi rivojlangan mamlakatlarda barcha texnologik jarayonlarni nafaqat mexanizasiyalashtirish, balki avtomatlashtirish ham amalga oshirilmoqda. Hattoki, sanoatlashgan va to’liq avtomatlashgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish tizimi yo’lga qo’yilmoqda. Respublikamizda ham paxta yetishtirish va yig’ishtirib olishda ayrim paxta to’qimachilik klasterlarida mexanizatsiya vositalaridan foydalanish 85-90% gacha chiqmoqda. Hattoki ayrim issiqxonalarda qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va yig’ishtirib olish jarayonlari 100% mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Demak, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va yetishtiriladigan mahsulotlar tannarxini kamaytirish mexanizasiyalash va avtomatlashtirish tizimini yanada rivojlantirishni taqoza etadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling